Tashqi manbalar hisobidan kapitalni jalb qilish. Garchi bank tashqi manbalar
hisobidan kapitalni jalb qilishga majbur bo‘lsa, buning uchun bir necha usullardan
foydalanishi mumkin: 1) oddiy aksiyalarni sotish; 2) imtiyozli aksiyalarni sotish; 3)
kapital harakteridagi qarz majburiyatlari emissiyasi; 4) aktivlarni sotish; 5) asosiy
vositalarni, jumladan binolar ijarasi. Bank o‘z kapitali miqdorini oshirishning qaysi
usulini tanlashi ko‘p omillarga bog‘liqdir. Bunday omillarning eng asosiysi - bank
aksiyadorlarining daromadiga ta’siri omilidir. Undan tashqari bu masalaning hal etilishi
bankning riskga ta’sirchanligi, bank nazoratining ta’siri, aktivlar va majburiyatlar
bozorining holati bilan bog‘liqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |