Qo‘shimcha kapitalga bo‘lgan ehtiyojni qondirishni rejalashtirish. Tijorat
banklari kapital miqdorini oshirishga qaratilgan amaliyotni faol olib borayotgan paytda,
qo‘shimcha kapitalga bo‘lgan ehtiyojni qondirishning uzoq muddatli rejalashtirilishi
zarurati yuzaga keladi. Banklarda bunday rejalashtirishning ko‘plab usullari
qo‘llanilishiga qaramasdan, ularning ko‘pchiligi o‘z tarkibiga quyidagilarni oladi:
1 – bosqich. Bankning umumiy moliyaviy rejasini tuzish. Bank Kengashi va
boshqaruvi birinchi navbatda qanday turdagi bank ularga kerakligini aniqlashlari kerak.
Buning uchun kelgusi asosiy savollarga javob berish zarur: bank qanchalik darajada
yirik bo‘lishi kerak? uzoq muddatli perspektivada bankning daromadliligi qanday
bo‘lishi kerak?
Barcha banklar kapital miqdorini rejalashtirishni kelgusida ko‘rsatmoqchi bo‘lgan
xizmatlar bilan muvofiqlashtirishga majburdirlar. Bank ko‘rsatmoqchi bo‘lgan
xizmatlarining qaysi biri riskli (ayniqsa bankrotlik va daromadlilik darajasining
o‘zgarishi riskiga ) ekanligini aniqlab olishi zarur. Yangi xizmatlarning ba’zi turlari
risklarni kamaytirib, kapitalga bo‘lgan talabni pasaytiradi, boshqalari esa aksincha
riskni ko‘paytirib, kapitalga bo‘lgan talabni oshiradi. Albatta, bank yangi xizmatlarni
taklif qilishi bilan risklarni kamaytirishi va kapitalga bo‘lgan talabni pasaytirish
jarayoni, birinchi navbatda bankni qanchalik sifatli boshqarishga bog‘liq ekanligini
doimo inobatga olish zarurdir.
Qo‘shimcha kapitalni jalb qilishga bo‘lgan talabni rejalashtirishning birinchi
bosqichi, bank operatsiyalari va bank siyosatini amalga oshirish protsedurasida hech
qanday o‘zgarishlar bo‘lmasligidan kelib chiqqan holda, taxminiy moliyaviy balanslarni
ishlab chiqish va bo‘lishi mumkin bo‘lgan natijalar tahlilini o‘tkazishni o‘z ichiga oladi.
Boshqaruvchilar bank faoliyatining mumkin bo‘lgan (salbiy yoki ijobiy) natijalariga
tayyor bo‘lishlari kerak, chunki uzoq muddatli kapital bank mablag‘lari manbalari
o‘rtasida eng qimmati hisoblanadi.
2 – bosqich. Bank o‘z maqsadlariga erishish uchun zarur bo‘lgan kapital miqdorini
aniqlash. Banklar kapitalning ikki turdagi chegaralovchilari bilan to‘qnash kelishini
bilishlari zarur, ulardan biri bank faoliyatini tartibga soluvchi organlar bo‘lsa, ikkinchisi
– kapital bozoridagi investorlardir. Bozor no‘qtai nazaridan, aksionerlik kapitalining
juda katta miqdori, qarz mablag‘larining samaradorligi va ularni kelgusi
investitsiyalashning daromadliligini pasaytiradi. Risk darajasiga nisbatan kapitalning
juda kam bo‘lishi esa, investorlarda bankning daromadliligi barqaror emas degan fikr
o‘yg‘otadi. Bu holatda bank aktivlarining kursi tushadi, omonatchilar va boshqa
kreditorlar o‘z mablag‘lari uchun yuqori daromad to‘lashni talab qila boshlashadi.
3 – bosqich. Ichki manba – taqsimlanmagan foyda, hisobidan jalb qilinishi mumkin
bo‘lgan kapital miqdorini aniqlash. Bank joriy foydaning qancha qismini o‘z
aksionerlariga dividend tariqasida to‘lashini, qancha qismi bank ixtiyorida kelgusi
rivojlanishni qo‘llash uchun taqsimlanmagan holda qolishi kerakligini aniqlab olishi
kerak. Taqsimlanmagan foyda bankning kapitalga bo‘lgan talabini to‘liq yoki hech
bo‘lmaganda
bir
qismini
qondirishga
yetarli
bo‘lishi
bank
daromadini
prognozlashtirishning asosida bo‘lishi zarur.
4 – bosqich. Bank maqsadi va talabiga mos keluvchi kapital manbasini aniqlash va
baholash. Kapitalning «yaxshi» manbasini tanlash bir necha aspektlarni o‘z ichtga
oladi: bozor sharoiti (garchi yangi aktivlar yoki qarz majburiyatlarining emissiyasi zarur
bo‘lsa), mavjud aksionerlarning huquqlari va manfaatlari hamda bankning kelgusi
daromadliligi prognozlarining ishonchliligi. Bank kapitaliga mablag‘larni jalb qilish,
bankning moliyaviy siyosatiga qarab, ichki va tashqi manbalar hisobiga amalga
oshirilishi mumkin. Mazkur ishni xorijiy bank tajribasidan kelib chiqqan holda
quyidagicha ifodalash mumkin:
1. Ichki manbalar:
- taqsimlanmagan foydani oshirish;
2. Tashqi manbalar:
- oddiy aksiyalarni sotish;
- imtiyozli aksiyalarni sotish;
- uzoq muddatli qarz majburiyatlari;
- aktivlarni sotish;
- asosiy fondlarni sotish yoki uni bank tomonidan ijaraga olinishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |