7. Shu’ba korxonalarning nazorat paketi bo‘lmagan aksiyalari. Uning hisobiga
bank boshqa tarmoqlarning korxonalarida ulushga ega bo‘lishi mumkin.
2-bob. Bank kapitalining miqdorini hisoblash va uning yetarliligi.
Mamlakatimiz banklari orasida o‘ziga xos nufuzga ega bo‘lgan respublika
Davlat-tijorat Xalq banki Samarqand viloyat hududiy filialining ayni kunlarda 20 ta
markaziy filiali, 49 ta mini bank, 211 ta shahobcha va sayyor kassalari, shuningdek 36
ta mahsus kassalari faoliyat ko‘rsatmoqda. Ulardagi 1289 nafar xodimlar tomonidan
jismoniy va huquqiy shaxslarga moliyaviy xizmat ko‘rsatib kelmoqda.
Bugungi kunga
kelib bank xizmatlaridan foydalanayotgan mijozlari soni 439,5 ming taga yetdi.
Ularning 3,8 mingtasini korporativ mijozlar, shuningdek, kichik biznes va tadbirkorlik
sub’ektlari tashkil etsa, 435,7 mingtasi jismoniy shaxslardan iborat.
2009 yil yakunlariga ko‘ra, bankning jami aktivlari 55,4 mlrd.,4 mlrd. So‘mga
ko‘payishiga erishildi. Jami aktivlarning 45638,0 million so‘mi, ya’ni 82,4 foizi
daromad keltiruvchi aktivlarni tashkil qildi.
2009 yil yakunlariga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, bank kapitali 2666,7 million
so‘mga yoki ushbu ko‘rsatkich yil boshiga nisbatan 614,9 million so‘mga ko‘payishga
erishganiga guvoh bo‘lamiz. Yagona moliyaviy dastur asosida faoliyat yuritilgani bois,
bankimiz joriy yilning uchinchi choragini 323,9 million so‘m sof foyda bilan yakunladi.
2009 yil 25 iyulda o‘tkazilgan navbatdan tashqari Davlat-tijorat Xalq banki aksiyadorlar
yig‘ilishida ustav kapitalini qo‘shimcha aksiyalar joylashtirish orqali oshirish to‘g‘risida
qaror qabul qilindi.Joriy yilda bank ustav kapitali 30 mlrd. So‘mga oshirildi va e’lon
qilingan ustav kapital qo‘shimcha ravishda 60 000 dona oddiy aksiyalar yopiq tarzdagi
joylashtirish orqali 130 mlrd. So‘mga yetkazildi.Qo‘shimcha tarzda chiqarilgan
aksiyalar joylashtirilishi yakuni bo‘yicha Xalq banki ustav kapitalida aksiyadorlar
ulushi quyidagicha tashkil etdi: O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi – 66,3 mlrd.
So‘m (51,0%), O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki – 63,7 mlrd. So‘m (49,0%).
Xalq bankida mijozlar manfaatlarining doimo ustuvorligi bois,ham ko‘rish mumkin.
Chunonchi, 2010 yil 1 yanvar holatiga resurs bazasi 52,1 mlrd. So‘mni tashkil qilib,
ushbu ko‘rsatkich yil boshiga nisbatan 19,2 mlrd. So‘mga ko‘paydi. Mazkur
ko‘rsatkichlarning asosan jismoniy va yuridik shaxslarning bankka jalb qilingan
mablag‘lari hisobidan o‘sishiga erishildi. Bu esa, o‘z navbatida, bank filiallarining
hududlarni rivojlantirish dasturlariga kiritilgan investitsion loyihalarni moliyaviy
qo‘llab-quvvatlash, ishlab chiqarish jarayonlarini texnik va texnologik yangilash va
modernizatsiyalash jarayonlarida bankning ishtirokini kengaytirish va iste’mol bozorini
kreditlash orqali aholi farovonligini oshirishdagi bank tomonidan amalga oshirilayotgan
ishlarni yanada jonlantirish imkoniyatlarini oshirdi. Erishilayotgan yutuqlar ham shunga
yarasha bo‘layapti. Buni raqmlardan
Bankning Samarqand viloyat filiallari tomonidan bankning barqarorligi, uning
raqobatdoshligini oshirish nuqtai-nazaridan optimal va har taraflama muvozanatlashgan
kredit portfelini shakllantirish asosida bir qator ishlar olib borilmoqda.
Joriy yil 1 aprel holatiga ko‘ra, viloyat bo‘yicha jami kredit qo‘yilmalari 52,7 mlrd.
So‘mdan iborat bo‘lib, shundan 34,5 mlrd. So‘mini uzoq muddatli kreditlar va 4,7 mlrd.
So‘mdan ortig‘ini agrar soha sub’ektlariga ajratilgan imtiyozli kreditlar hamda 911,9
million so‘mini lizing amaliyotlari bo‘yicha ajratilgan mablag‘lar tashkil etadi. Bank
filiallari tomonidan ajratilgan bu mablag‘lar, asosan tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan
oziq-ovqat va noziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishni kengaytirishga hamda
dehqon-fermer xo‘jaliklari faoliyatlarini rivojlantirishga xizmat qilmoqda.
Ma’lumki, mamlakatimizda oxirgi yillarda nooziq-ovqat iste’mol tovarlari ishlab
chiqarishni kengaytirish masalasiga katta e’tibor qaratilayotir. Bunday maqsadlardagi
loyihalarni moliyalashtirish esa Xalq banki Samarqand viloyat filiali jamoasining
doimiy diqqat e’tiborida. Ushbu yo‘nalishlarga o‘tgan yili 2,4 mlrd. So‘m yo‘naltirildi.
Joriy yilning birinchi choragi davomida esa 1,2 mlrd. So‘mga yaqin miqdorda kreditlar
ajratilib, korxona va tashkilotlar tomonidan yangi ishlab chiqarishni tashkil etish va
kengaytirish evaziga 125 nafar ish o‘rni yaratildi.
Bundan tashqari, «Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili» Davlat dasturiga muvofiq
bank tomonidan qator ishlar amalga oshirildi, Chunonchi, chetdan naslli mollar sotib
olib kelish uchun 155,0 million so‘m parrandachilik xo‘jaliklarini tashkil qilish uchun
581,0 million so‘m, xizmat ko‘rsatish va servis sohalarini rivojlantirish uchun 632,9
million so‘m, qurilish materiallari ishlab chiqarishga 230,0 million so‘m miqdorida
maqsadli kreditlar ajratilgan.
Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining «Qishloq xo‘jaligi korxonalari g‘alla
yetishtirish harajatlarini tijorat banklari tomonidan imtiyozli kreditlash» qarori ijrosini
ta’minlash yuzasidan joriy yil g‘alla hosilini yetishtirish uchun 341 ta fermar xo‘jaligiga
3,9 mlrd. So‘mdan ortiq miqdorda imtiyozli kreditlar ajratildi.
Viloyat filiallarida Vazirlar Mahkamasining «Plastik kartochkalar asosida hisob-
kitob qilish tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori
talablaridan kelib chiqqan holda, maqsadli tadbirlarning amalga oshirilishi davom
ettirilmoqda. O‘tgan 2009 yil davomida bank mijozlariga jami 17,4 ming dona plastik
kartochkalar emissiya qilindi. Fuqarolarga chakana savdo sub’ektlarida harid qilingan
tovarlar mahsulotlar, shuningdek, korxona va tashkilotlar tomonidan ko‘rsatilgan
xizmatlar uchun naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirish imkoniyatlarini yaratish
maqsadlarida joylarda chakan savdo va pulli xizmat shahobchalarida 472 ta savdo
terminallari, bank filiallarida 1 tadan bankomat va infokioskalar o‘rnatildi. Terminallar
orqali 2009 yil davomida o‘tkazilgan transaksiyalar xajmi 226,3 mlrd. So‘mdan ortiqni
tashkil etdi, shundan savdo aylanmalari 223,4 mlrd so‘mdan iborat bo‘ldi.
Aholining bo‘sh pul mablag‘larini omonatlarga jalb qilish bank jamoasining muhim
vazifalaridan biri hisoblanadi, — deydi bankning Jamg‘arma ishlarini rivojlantirish va
qimmatli qog‘ozlar sho‘’basi mudiri Jalol Qurbonov. — Bu borada ko‘rilgan chora-
tadbirlar natijasida 2010 yil 1 yanvar holatiga mavjud bo‘lgan 9,1 milliard so‘mlik
muddatli va jamg‘ariluvchi omonatlar qoldig‘i joriy yilning 1 aprel holatiga kelib 9,6
milliard so‘mga yetkazilishiga yoki 491,1 million so‘mga oshirilishga erishildi. Aholi
omonatlari xajmining o‘sishida bank mijozlari uchun manfaatli va jozibali shartlarga
asoslangan yangi omonat turlarining amaliyotga joriy qilinishi ham muhim o‘rin tutdi.
Natijada, yangi «Ko‘klam-2» omonatiga 207,1 million so‘m, «Sayohat-2» yutuqli
omonatiga 7,3 million so‘m, «Navro‘zi olam» yutuqli omonatiga 43,3 million so‘m
miqdoridagi bo‘sh pul mablag‘lari jalb qilinib, bank filiallari resurs bazasining
kengayishi hamda investitsion salohiyatining mustahkamlanishiga zamin yaratdi.
Aholiga bank xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida
tizim tarmog‘ini kengaytirish va optimallashtirish yuzasidan maqsadli tadbirlar amalga
oshirildi. Jumladan, Vazirlar Mahkamasining 511-sonli qarori ijrosini ta’minlash
maqsadida aholiga foydalanilgan elektr energiyasi, gaz uchun to‘lovlarni amalga
oshirilishida qulaylik yaratish maqsadida tuman va gaz elektr tarmoqlar korxonalari
qoshida 33 ta maxsus kassalar faoliyati tashkil etildi. Xalq banki muassasalari orqali
o‘tgan yil davomida aholidan 18,9 milliard so‘mdan ortiq miqdordagi kommunal
to‘lovlar qabul qilindi.
O‘zbekiston Respublikasining «Fuqarolarning jamg‘arib boriladigan pensiya
ta’minoti to‘g‘risida»gi qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi
hukumat qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, Xalq bankining barcha filiallarida
tegishli bo‘linmalar tashkil etilib, ularga alohida mutaxassislar tayinlandi.
2010 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra taqdim etilgan 580,8 ming nafar tizim
ishtirokchisiga oid ma’lumotlar yagona bazaga kiritilib, hisobvaraqlari ochilishi
ta’minlangan va boriladigan pensiya daftarchalari tarqatilgan.
Xulosa qilib aytganda, yuqorida keltirilgan raqamlar shuni ko‘rsatadiki, Xalq banki
Samarqand viloyat filiali jamoasi bank tizimini rivojlantirishga qaratilgan hukumat
dasturlarining izchillik bilan ijrosini ta’minlashda ishtirok etgan holda, mijozlarga
namunali moliyaviy xizmatlar ko‘rsatmoqda.
Xalq banki — mening, sizning, uning ... demak, aholining barcha toifalari uchun
xizmatga tayyor ekanligi amalga oshirilayotgan ishlardan yaqqol ko‘rinib turibdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |