O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti



Download 0,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/69
Sana30.06.2021
Hajmi0,71 Mb.
#105642
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   69
Bog'liq
ozbek va rus tillarining qiyosiy tipologiyasi

Ravishdosh 

 

O‘zbek tilida ham, rus tilida ham ravishdosh fe’l shakli bo‘lib, ham fe’llik, ham ravishlik 



belgilariga ega.  

Ravishdoshda  ham  harakat-holat  ma’nosi  bor,  shuning  uchun  fe’lga 

o‘xshab o‘timli va o‘timsiz bo‘ladi, nisbat ma’nosini ifodalaydi, shuningdek fe’l kabi o‘ziga tobe 

bo‘lgan so‘zni boshqarib keladi.  Shu bilan birga ravishdosh ravish kabi ish-harakat va holatning 

belgisini bildiradi, uning so‘rog‘iga javob bo‘lib, ravishga xos sintaktik vazifalarni bajaradi. Rus 

tilida  ravishdosh  sifatdoshga  o‘xshab  belgini  ifodalagani  uchun    причастие  negizini  saqlab 

qolgan,  ammo  unda  jarayon  ma’nosi  ham  mavjudligi  uchun  mazkur  negiz  oldidan  дее

(действие-harakat) affiksi qo‘shilib, деепричастие nomi hosil qilingan. 

 

Har ikki tilda ravishdoshlar qo‘shimcha harakatni bildirish bilan birga gapda holat, payt, 



sabab,  kabi  ma’nolarni  ifodalab  keladi.  Har  ikkala  tilda  ham  ravishdosh  fe’lning  o‘zgarmas 

shakli hisoblanadi. Ammo o‘zbek va rus tillaridagi ravishdoshlar o‘rtasida ham  ayrim tafovutlar 

bor bo‘lib, ular quyidagilarda namoyon bo‘ladi: 

1)  O‘zbek tilida yuqorida qayd etilgan ma’nolardan tashqari, maqsad ma’noli ravishdoshlar 

ham  bor:  Bu  yerga  sizni  ko‘rgani  keldim.  Rus  tilida  maqsad  ravishdoshi  bo‘lmagani 

uchun  bunday  o‘rinlarda  maqsad  tobe  gapli  qo‘shma  gap  qo‘llanadi:  Я  пришёл  сюда, 



чтобы встретиться с вами. 

2)  Rus  tilida  barcha  fe’l  shakllaridgi  kabi  ravishdoshlarda  ham  vid  farqlanadi.  Ravishdosh 

qaysi  fe’ldan  yasalgan  bo‘lsa,  o‘sha  fe’lning  vidini  saqlaydi:  делая,  сделав;  получая, 

получив  va  hokazo.  Odatda  nesovershenniy  vid  ravishdoshi  harakat-holat  voqe 

bo‘layotgan  paytni,  sovershenniy  vid  ravishdoshi  esa,  asosan,  harakat-holatdan  oldin 

voqe  bo‘lgan  harakatni  ifodalaydi.  Masalan:  Сидя  у  камина,  старик  рассказывал 

детям  сказки.  –  Kamin  (olovi  yonib  turgan  o‘choq)  yonida  o‘tirib,  qariya  bolalarga 

ertak  aytib  berardi;  Посидев  у  речки,  туристы  продолжили  путь.  –  Soy  bo‘yoda 

oboroz o‘tirgach, sayohatchilar yo‘lida davom etishdi.             

3)  O‘zbek  tilida  har  qanday  fe’lning  ravishdosh  shaklini  hosil  qilish  mumkin  (yozayotib, 



ichayotib),  rus  tilida  esa  ayrim  fe’llardan  mutlaqo  ravishdosh  hosil  qilib  bo‘lmaydi. 

Masalan,  umuman,  «пиша»  письмо  yoki  «пия»  чай  deyilmaydi.  Bunday  fe’llardan 

pristavkalar  yordamida  sovershenniy  vid  hosil  qilingandagina,  o‘tgan  zamon 

ravishdoshini yasash mumkin: написав письмо, выпив чай. 

4)  O‘zbek  tilida  majhul  nisbatdagi  ravishdoshlar  ham  bor,  rus  tilidagi  fe’llardan  esa 

ravishdoshlarning  majhul  nisbat  shakli  deyarli  hosil  qilinmaydi.  Nutqda  kamdan-kam 

hollarda  ishlatiladigan  будучи  приглашаем,  будучи  вызван  kabi  analitik  shakllarga 

istisno  tariqasida  qaraladi.  (Mas.:  Будучи  приглашаем,  он  не  явился  на  свадьбу.  –  U 



talkif qilingan bo‘lsa-da, to‘yga kelmadi). 

5)  O‘zbek tilida ayrim ravishdoshlar takror holda qo‘llanadi: yura-yura charchadi; yig‘lay-



yig‘lay uxladi. Rus tilida bunday hodisa yo‘q. 

6)  O‘zbek  tilida  fe’lning  barcha  shaklida  bo‘lganidek  ravishdoshda  ham  bo‘lishli-

bo‘lishsizlik  ma’nosi  bor.  Rus  tilida  ravishdoshlarning  bo‘lishsiz  shakli  mavjud  emas, 

bunday  ma’noni  hosil  qilish  uchun  ravishdoshdan  ajratib  yoziladigan  не  inkor 

yuklamasidan foydalaniladi.  

7)  Rus  tilida  ravishdosh  ravish  kabi  как?  когда?  почему?  при  каком  условии?  kabi 




 

34 


so‘roqlarga  javob  bo‘lib,  gapda  hol  vazifasida  keladi.  O‘zbek  tilida  esa  ravishdoshning 

bir  qancha  sintaktik  vazifalari  mavjud  bo‘lib,  u  harakat  tarzi  shakllarini  yasashda  faol 

ishtirok  etadi.  Bunda  ko‘makchi  qism,  odatda,  shaxs-son  va  zamonni  ifodalaydi.  Rus 

tilida  bunday  imkoniyat  bo‘lmagani  uchun  ularning  ma’nosi,  asosan,  sovershenniy  vid 

fe’llari  bilan  beriladi:  kutib turaman  –  подожду; o‘ylab  ko‘ramiz  – подумаем;  suzib 

o‘tasan  –  переплывёш;  irg‘ib  turdi  –  вскочил;  Shuningdek,  o‘zbek  tilida  ravishdosh 

ergash  gapni  bosh  gapga  bog‘laydi:  Bahor  kelib,  kunlar  isiy  boshladi;  O‘zi  mustaqil 

kesim  vazifasida  ham kela oladi:  Ishning  boshi  boshlanguncha;  Bundan tashqari,  fe’lga 

shaxs-son qo‘shimchasini biriktiradi: o‘ylabman; aytibsan; boribmiz va hokazo. 

8)  Rus tilida sovershenniy vid ravishdosh infinitiv yoki o’tgan zamon negiziga  yoki вш (-

ши) suffikslarini qo’shish bilan yasaladi: сказав, выпивши,  занёсши.    Nesovershenniy 

vid ravishdoshlar esa  yoki  suffikslari bilan yasaladi: крича, услыша, делая, читая



неся; O‘zbeklar nutqida ravishdosh nihoyatda ko‘p uchraydi, shuning uchun bo‘lsa kerak 

uni hosil qiluvchi qo‘shimchalar ham tilimizda g‘oyat bisyor. 

9)  Rus  tilida  ravishdosh  o‘ziga  tobe  bo‘lgan  so‘zlar  bilan  birgalikda  деепричастный 

оборот (ravishdoshli birikma)ni hosil qiladi va u bir butun yaxlit holda ajratilgan izoh hol 

vazifasini  bajarib,  kesimga  bog‘lanadi:  Победив  чемпиона  мира  по  боксу  Николая 

Валуева, Руслан Чагаев продемонстрировал свои способности всему миру. – Boks 

bo‘yicha  jahon  chempioni  bo‘lgan  Nikolay  Valuyevni  yengib,  Ruslan  Chagayev  o‘z 

qobiliyatlarini bitun dunyoga namoyish qildi. 


Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish