O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti


  Mavzu: Kirish. «O’zbek va rus tillarining qiyosiy tipologiyasi»



Download 0,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/69
Sana30.06.2021
Hajmi0,71 Mb.
#105642
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   69
Bog'liq
ozbek va rus tillarining qiyosiy tipologiyasi

1.  Mavzu: Kirish. «O’zbek va rus tillarining qiyosiy tipologiyasi» 

fanining  

maqsad va vazifalari. 

 

 



Ingliz,  rus  va  o’zbek  tillarini  qiyoslab  o‘rganish  bo‘yicha  bir  qancha  nazariy  va  amaliy 

ishlarni  bajargan  tilshunos  olim  J.Bo‘ronovning  ta’riflashicha,  qiyosiy  tipologiya  umumiy 

lingvistik  tipologiyaning  bir  qismi  bo‘lib,  «u  ikki  yoki  undan  ortiq  aniq  tillar  sistemalarini, 

tillardagi  ma’lum kategoriyalarni deduktiv ravishda alohida o‘rganadi, tillar sistemalaridagi 

lingvistik hodisalarni bir­biri bilan taqqoslab, umumiy tipologik qoida va qonunlar yaratadi. 

 

Ikki  til  sistemasini  ikki  yoqlama  qiyoslashda  har  bir  qiyoslanayotgan  til  sistemasining 



bayon  etilgan  materiali  alohida-alohida  qiyoslanadi.  Har  bir  qatlam  birligining  o‘ziga  xos 

xususiyati,  boshqa  qatlamlardagi  birliklarning  o‘o’zaro  aloqalari  hisobga  olinadi» 

(J.Bo‘ronov. Ingliz va o’zbek tillari qiyosiy grammatikasi. – T., 1973. 70-bet). 

 

Qiyosiy tipologiya  harakterologiya hamda universal grammatika kabi yo‘nalishlarni  o‘z 



ichiga oladi. Bu yo‘nalishlarning har ikkalasi ham tilarni qiyoslash bilan shug‘ullanadi. Biroq 

ularning farqli jihatlari ham mavjud bo‘lib, harakterologiya tilardagi faqat bir xil qatlamlarni 

taqqoslaydi, universal grammatika esa tillarni taqqoslashda grammatik  vositalardan tashqari 

leksik vositalarni ham inobatga oladi.  

 

Olim M.Irisqulovning e‘tirof etishicha, ko‘plik kategoriyasi universal grammatika nuqtai 



nazaridan quyidagi vositalarni o‘z ichiga oladi: 

2.  Ko‘plik shaklini hosil qiluvchi qo‘shimchalar. 

3.  Son turkumiga kiruvchi so‘zlar. 

4.  Ayrim olmoshlar. 

5.  Jamlovchi otlar. 

6.  So‘zshakllarni o‘zgartiruvchi fonetik hodisalar (mas. flektiv tillarda). 

 

Universal  grammatika  qardosh  bo‘lmagan  tillar  sistemalarini  qiyoslashda  qo‘l  keladi. 



Shuningdek,  u  tarjima  nazariyasi,  leksikografiya,  metodika  fanlari  uchun  juda  muhim  asos 

yaratib beradi. 

Bundan  tashqari,  qiyosiy  tipologik  tadqiqotlar  natijasida  olingan  til 

sistemasiga  oid  dalillar  tillar  universaliyalari  va  umumiy  tipologik  qonun  yaratishda 

ishlatiladi.  Qiyosiy tipologiya  faqat tillar sitemasidagi  o‘xshashliklarga tayanibgina  qolmay, 

balki  sistema  birliklaridagi  turlilik  va  ma‘lum  kategorial  ma‘nolar  ifodalanishidagi 

qatlamlararo farqlarini ham o‘ganadi. 

 

Ma‘lumki,  o’zbek  tili  Oltoy  tillar  oilasining  turkiy  guruhiga  mansub  bo‘lib,  tipologik 



jihatdan  u  agglyutinativ  tillar  guruhiga  kiradi.  Rus  tili  esa  dunyodagi  eng  yirik    oila 

hisobo’langan  Hind­Yevropa  tillari  oilasining  slavyan  guruhiga  mansub  bo‘lib,  tipologik 

tasnifga ko‘ra, flektiv til hisobo’lanadi.  

 

«O’zbek  va  rus  tillarining  qiyosiy  tipologiyasi»  fani  filologik  mutaxassisliklar  uchun 



asosiy  fanlardan  biridir.  Ushbu  fan  o’zbek  va  rus  tillarining  zotiy  tabiati,  qurilish 

qonuniyatlari,  ularni  qiyoslab,  chog‘ishtirib  o‘rganish  metodologiyasi  va  metodlari,  o’zbek 

va rus tillari sistemalaridagi o‘xshashlik va farqlarni aniqlash kabi masalalar haqidagi fandir. 

Fanning  asosiy  maqsadi  qiyosiy  tipologiya,  agglutinativ  va  flektiv  tillar,  ularning  qurilish 

qonuniyatlari, ular  o‘o’rtasidagi umumiylik  va xususiyliklarni aniqlash, ularni  chog‘ishtirib, 

qiyoslab o‘rganish  haqida bilim berishdir.  

 

«O’zbek  va  rus  tillarining  qiyosiy  tipologiyasi»  bosh  maqsadga  bo‘ysundirilgan 



quyidagilar haqida ma‘lumot berishni vazifa qilib qo‘yadi: 

 

- qiyosiy tipologiya haqida umumiy ma‘lumot; 



 

-agglutinativ va flektiv tillarning o‘ziga xos xususiyatlari; 

 

- tillarni qiyoslab o‘rganish metodologiyasi; 



 

- ikki tilga xos fonemalarni qiyoslab o‘rganish; 

 

- o’zbek va rus tillarining lug‘aviy tarkibini qiyoslab o‘rganish; 



 

- tillarning morfologik sathiga oid farqlarni aniqlash; 




 

 



-qiyoslash yordamida tillar o‘o’rtasidagi sintaktik   umumiylik 

va 


xususiyliklarni 

aniqlash. 

 

Tilni  o‘rganish  va  tavsiflash  turli  usul  va  uslubo’lar  bilan  amalga  oshiriladi.  Masalan, 



«Hozirgi o’zbek adabiy tili» kursi bir tilni tavsiflash namunasi hisobo’lanadi. Bunda o’zbek 

tiliga mansub xususiyatlar, uning qurilish qonuniyatlari faqat bir til, ya‘ni o’zbek tili misolida 

bayon  qilinadi.  Tilni  bunday  o‘rganish  fanda  xususiy  tilshunoslik  deb  yuritiladi.  Qiyosiy 

tipologiya  esa  umumiy  tilshunoslikning  tarkibiy  qismlaridan  biri  bo‘lib,  unda  tillar 

o‘o’rtasidagi  umumiyliklar  va  har  bir  tilning  o‘ziga  xos  xususiyatlari,  o‘xshashliklar  va 

farqlar  o‘rganilib,  tillarning  qiymati  belgilanadi.  Masalan,  hozirgi  kunda  Yevropaning  bir 

qator  rivojlangan  mamlakatlarida  qabul  qilingan  yevro  pul  birligining  qiymati  uni  boshqa 

shunday  birliklar,  masalan,  AQSH  dollari  yoki  Angliya  funt­sterlingi  bilan  qiyoslanganda 

ma‘lum bo‘ladi.  

 

Bundan xulosa chiqarish  mumkinki,  qiyosiy tipologiya  ma‘lum tilning  qiymatini,  o‘ziga 



xosliklarini,  qo‘llanish  va  taraqqiy  etish  imkoniyatlarini,  unda  mavjud  belgilarning 

mohiyatlarini aniqlashda qo‘l keladi.  

 

Ma‘lumki,  sobiq  Ittifoq  davrida  «tilimizning  davr  talabiga  mos  ravishda  takomillashib 



borishida asosiy rol o‘ynagan» rus tilining qonuniyatlarini o’zbek tiliga ham tiqishtirish,  ular 

o‘o’rtasidagi  o‘xshashliklarni  izlash  hollari  yuz  berdi.    Ammo  keyingi  o‘n­o‘n  besh  yil 

ichida,  ayniqsa,    mustaqillik  yillarida  o’zbek  tilshunosligining  taraqqiyoti  yo‘lida  qilingan 

ishlar,  xususan,  tilga  sistema  sifatida  yondashish,  tilning  qurilish  qonuniyatlarini  struktural 

jihatdan  o‘rganish,  til  birliklari  o‘o’rtasidagi  turlicha  semantik  (paradigmatik,  graduonimik, 

partonimik,  iyerarxik  va  h.k.)  munosabatlarni  aniqlash  yordamida  o’zbek  tilining  yangi 

imkoniyatlari,  lug‘aviy  va  grammatik  birliklarning  mohiyati,  flektiv  tillarda  bo‘lmagan 

xususiyatlari kashf etildi. 

 

Shu bois, tilshunoslikda to‘plangan  ma‘lumotlar asosida  o’zbek  va rus tillarini  yangicha 



nuqtai  nazardan  chog‘ishtirib  o‘rganish  hozirgi  kunning  dolzarb  masalalaridan  biri 

hisobo’lanadi.  

 

«O’zbek  va  rus  tillarining  qiyosiy  tipologiyasi»  fani  tilshunoslik  fanlari,  shuningdek 



tarjima nazariyasi, etnologiya, etnografiya va barcha filologik fanlar bilan aloqadorlikka ega 

va unda o‘rganiladigan masalalar bu fanlardagi muammolar bilan bog’lanadi. 

 

Fanning asosiy bo‘limlari kirish, fonetika, leksika, morfologiya va sintaksisdan iborat.  



 

Bu  boimlarda,  agglutinativ  va  flektiv  tillar,    o’zbek  va  rus  tillarining  fonetik,  leksik, 

morfologik  va  sintaktik  sathlariga  xos  bo‘lgan  xususiyatlar    o‘o’rtasidagi    umumiyliklar  va 

farqli jihatlar qiyosiy usul bilan o‘rganiladi. 

 


Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish