O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti


читал книгу (Men bu vaqtda kitob o‘qiyotgan edim); Cейсас я читаю



Download 0,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/69
Sana30.06.2021
Hajmi0,71 Mb.
#105642
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   69
Bog'liq
ozbek va rus tillarining qiyosiy tipologiyasi

читал книгу (Men bu vaqtda kitob o‘qiyotgan edim); Cейсас я читаю книгу (Hozir men 

kitob o‘qiyapman)   kabi gaplarda читать fe’li haqiqatan ham tugallanmagan harakatni, Я 

почитал книгу (Men kitob o‘qidim); Я прочитал книгу (Men kitobni o‘qib chiqdim) kabi 

gaplarda  esa  nihoyasiga  yetgan  harakatni  ifodalamoqda.    Ammo  Ирода  запела  (Iroda 



kuylab  yubordi);  Воробьи  зачирикали  (Chumchuqlar  sayray  boshladi)  gaplaridagi  петь, 

чирикать  fe’llarining    совершенный  вид    shakli  endi  boshlanayotgan  jarayonni 

anglatmoqda.  Shuning  uchun  rus  tilidagi  fe’llar  xususida  so‘z  yuritayotganda  ruscha 

sovershenniy  vid,  nesovershenniy  vid  istilohlarini  qo‘llash,  bizningcha,  maqsadga 

muvofiqdir.  

 

Odatda rus tilidagi fe’llarning aksariyati nesovershenniy vid shaklida bo‘ladi. Fe’llarning 



sovershenniy vid shakli, asosan, nesovershenniy vid fe’llari oldidan turli pristavkalar (при-, 

про-, на-, с-, о-, по-, за-, в-, из-, от-, у-, до-, при-, пере-, раз- va h.k.)ni,  ba’zan esa  fe’l 

o‘zagiga –ну- suffiksini qo‘shish orqali hosil qilinadi. Masalan, писать (yozmoq), написать 



(yozib  bo‘lmoq),  записать  (yozib  olmoq)  yoki  толкать  (itarmoq),    толкнуть  (itarib 

yubormoq), кричать (baqirmoq), крикнуть (baqirib yubormoq).  

 

Bundan  tashqari  rus  tilida  fe’lning  bu  ikki  shakli  urg‘u  yordamida  ham  bir-biridan 



farqlanishi mumkin: насып’ать – нас’ыпать. 

 

Fe’lning sovershenniy vid shaklini –ыва, -ива suffikslari yordamida yana nesovershenniy 



vid shakliga aylantirish mumkin: закончить – заканчивать, записать – записывать.   

 

Ba’zan  nesovershenniy  vid  fe’lining    sovershenniy  vid  shakli  suppletiv  yo‘l  bilan  ham 



hosil bo‘lishi mumkin.  

               Nesovershenniy vid                             Sovershenniy vid 



                    брать                                              взять  (olmoq) 

                    говорить                                        сказать (aytmoq, demoq) 

                    класть                                            положить (qo‘ymoq) 

 

               ловить                                            поймать  (tutmoq) 

 

 

O‘zbek  tilida  fe’llar  odatda  bu  tarzda  turlarga  ajratilmaydi.  Shuning  uchun  rus  tilidagi 



sovershenniy va  nesovershenniy  vid  fe’llari  yordamida  farqlanadigan  ma’nolar o‘zbek tilida 

harakat tarzi shakllari orqali beriladi.  

Shuni  ham  e’tirof  etish  kerakki,  harakat  tarzi 

shakllari  vid  kategoriyasiga  nisbatan  semantik  jihatdan  boyroq  hisoblanadi.  Chunki 

ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmalari nafaqat tugallanganlik yoki takroriylik, balki davomiylik, 

qodirlik,  sinash,  kutilmaganlik,  boshlanish,  bir  marta  bajarish  kabi  bir  qator  qo‘shimcha 

ma’nolarni  ham  ifodalay olish  xususiyatiga ega. Buni o‘zbek va rus tillarida birgina aytmoq 

fe’lini  qiyoslash  orqali  isbotlash  mumkin.  Masalan:  aytdi  –  сказал,  aytib  qo‘ydi  –  сказал, 



ayta boshladi – начал говорить,  ayta oldi – смог сказать,  aytib berdi – рассказал,  aytib 

soldi – сказал,  aytib ko‘rdi – сказал,  aytib chiqdi – сказал,  aytib o‘tdi – упомянул, aytib 

turdi – пересказывал, aytib tashladi – сказал,  aytib bo‘ldi – рассказал.  

 

Ko‘rib  turganimizdek,  ruscha  fe’llardagi  sovershenniy,  nesovershenniy  vid  shakllari 



orqali  yuqoridagi  ma’nolarning  hammasini  ham  yuzaga  chiqarib  bo‘lmaydi.  To‘g‘ri,  biror 

matn  o‘zbek  tilidan  rus  tiliga  tarjima  qilinganda  tarjimon  ushbu  ma’nolarning  barchasini 

imkon  qadar  ifodalashga  harakat  qiladi,  ammo  bunda  vid  kategoriyasining  o‘zi  yetarli 

bo‘lmaganligi uchun tilning boshqa turli vositalaridan foydalanadi.  

 

Rus tilida ham ko‘makchi va yetakchi fe’lli so‘z qo‘shilmalari bor bo‘lsa-da, ular o‘zbek 



tilidagidek ko‘p emas. Ikki tilda mavjud bunday qo‘shilmalarning bir-biridan farqi shundaki, 

o‘zbek tilida odatda avval –b (-ib), -a (-y) shaklidagi yetakchi, so‘ngra ko‘makchi fe’l kelib, 

tuslovchi  affikslar  ana  shu  keyingisiga  qo‘shiladi.  Rus  tilida  esa  tuslangan  ko‘makchi  fe’l 

oldin, yetakchi fe’l keyin keladi va u infinitiv (o‘zgarmas) shaklda bo‘ladi. Masalan: Рустам 



стал изучать английский язык. – Rustam ingliz tilini o‘rgana boshladi;       Гуля начала 

заниматься спортом  –  Guli sport bilan shug‘ullana boshlad;i  Мой друг продолжает 

жить на Юге – Mening do‘stim haligacha Janubda yashab yuribdi. 


 

31 


 

Rus  tilida  ham  nesovershenniy  vid  fe’llarini  sovershenniy  vidga  aylantirish  jarayonida 

hosil  qilinadigan  ayrim  ma’nolar  bor  bo‘lib,  o‘zbek  tilida  ularni  ifodalash  uchun  tilning 

boshqa  vositalaridan  foydalanishga  to‘g‘ri  keladi.  Masalan,  подписать  –  ostiga  yozmoq 



(imzo  qo‘ymoq  ma’nosida  ishlatiladi),  надписать  –  ustiga  (sirtiga)  yozmoq,    дописать  – 

oxirigacha yozib  tugatmoq, недописать – oxirigacha yozishga ulgurolmay qolmoq.   

 

 



 


Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish