O‘tuvchi turdagi suvlar. Ularga osmotik jarayonlar va kapillyar
kondensatsiyada hosil bo„lgan suvlar taalluqli ekanligi avval aytib o„tildi.
Kapillyar suvlari (1.12, 1.13-rasmlar) kapillyar-ajralgan, osilgan, xususiy
kapillyarlarga bo„linadi. Kapillyar-ajralgan suvlar g„ovaklik burchaklaridagi, yoki
tutash suvlar, yoki grunt suvlarining kapillyar-harakatsiz suvi deb (Dolgov) ham
ataladi. Kapillyar-ajralgan suvlar, odatda, zarralar va g„ovaklikning qisilgan
uchastkalarini tutash joylarida hosil bo„ladi. Suvning bu xili qumlarda 3-5%,
supeslarda – 4-7% namlikda uchraydi. Gilli gruntlarda kapillyar-ajralgan
suvlarning miqdori to„g„risida ma‟lumotlar hozircha yo„q.
47
Do'stlaringiz bilan baham: |