1.12-rasm. Manfiy zaryadlangan mineral zarrasining yaqinidagi osmotik-
yutilgan suvning hosil bo‘lishi: a – kationlar; b – anionlar; s – bog„langan suv
egallagan adsorblashgan qatlamning hududi; d-osmotik-yutilgan suv egallagan
ikkilamchi elektrli qatlamning diffuziya qismi; e – erkin suv egallagan ikkilamchi
elektr qatlamdan tashqari hudud; k – manfiy zaryadlangan zarralar.
a b
1.13-rasm. Gruntdagi kapillyar suvning holati: a – kapillyar-kondensirlashgan
suv; b – xususiy kapillyar suv; 1 – mineral; 2 – kapillyar suv; 3 – havo; 4 –
adsorblashgan suv.
Gruntning namligi oshgani sari kapillyar g„ovakliklar suv bilan to„la
boshlaydi. Bu holatda, grunt suvlari sathi bilan birlashadimi yoki yo„qligiga qarab
xususiy-kapillyar va osilgan suvlar hosil bo„la boshlaydi.
Xususiy kapillyar suvlari grunt suvi sathidan yuqoriga qarab ko„tarila
boshlanadi. Grunt ichida, bo„g„lanishda, kapillyar suvlarining miqdori
kamayganda, grunt suvlarining yangi qismini kapillyar g„ovakliklar hisobiga, bir
tomoni bilan suvga tushirilgan kapillyar trubkada ro„y beradigandek, uning
tiklanishi kuzatiladi.
Xususiy-kapillyar suvlarning harakati kapillyarlarning diametriga bog„liq
bo„ladi. Mikrokapillyarlarda (0,1-10 mkm) suvning kapillyarlardan ko„tarilishi
sekin va katta balandlikkacha, makrokapillyarlarda (0,01-1 mm) – tez va uncha
katta bo„lmagan masofagacha bo„lishi kuzatiladi. Bu hodisa kapillyarlarda
mustahkam bog„langan va kapillyar suvlarning har xil nisbati natijasida ro„y
48
berishi mumkin. Mustahkam bog„langan suvning hosil bo„lishi uni kapillyarlardan
ko„tarilishini sekinlatsa kerak.
Osilgan suvlar, ko„pincha, qumlarda ro„y beradi. Ular bir xil, shuningdek
qatlamli qatlamlarda yuqoridan namlanganda hosil bo„ladi. Bir xil tarkibli
qatlamlarda osilgan suvlarning hosil bo„lishi, qumning granulometrik tarkibiga va
boshlang„ich namlikka bog„liq bo„ladi. Yirik donali qumlarda osilgan suvlar hosil
bo„lmaydi.
Osilgan suvlar grunt suvlari sathiga bevosita bog„liqligi yo„qligi bilan
xususiy-kapillyar suvlardan farq qiladi. Shuning uchun osilgan suvlar grunt
suvlaridan suv ololmaydi. Gruntdagi suvning bunday holatini past tomoni suvga
tegib turmagan kapillyarlardagi suvning holati bilan solishtirish mumkin.
Quruq qumlarda osilgan suvlar yuqorigi gorizontlarda hosil bo„ladi: uning
qalinligi santimetr, ayrim hollarda detsimetrlar bilan o„lchanadi. Qatlamli qatlam-
larda osilgan suvlar granulometrik tarkibi har xil bo„lgan ikkita qatlam chegarasida
hosil bo„ladi. Gruntda ushlanib turishi mumkin bo„lgan osilgan suvning eng ko„p
miqdori eng kichik suv sig„imi yoki gruntning suv ushlab turish qobiliyati deb
ataladi.
Hamma kapillyar g„ovakliklari suv bilan to„lgan gruntning namligi kapillyar
suv sig„imi (W
C
) deb ataladi. Kapillyar suv sig„imiga teng namlikda, kapillyar
suvlardan tashqari, mustahkam bog„langan suvlar bo„lishini esda tutish kerak. U
grunt zarralarini atrofini o„rab olgani uchun kapillyar suvlarning harakatlanishi
uchun kerak bo„ladigan g„ovaklikning diametrini kichraytiradi. Kapillyar
suvlarning ultrakapillyar g„ovakliklarda harakati umuman bo„lmaydi, chunki ular
to„liq bog„langan suv bilan band bo„ladilar. Grunt bo„shlig„idagi bog„langan va
kapillyar suvlarning o„zaro nisbati N.A.Kachinskiy taklif qilgan chizmada (1.14-
rasm) aks etgan.
49
Do'stlaringiz bilan baham: |