1.2-rasm. Dengiz gilli jinslaridagi qum, chang va yaproqsimon gil zarralari:
turbulent mikrostruktura.
Jins hosil qiluvchi gilli minerallarga quyidagilar kiradi: kaolinit,
montmorillonit, gidroslyuda.
Grunt tarkibida ko„pincha organik (1.3-rasm) moddalar ham uchraydi.
Cho„kindi tog„ jinslarida bir yerga yeg„ilgan shakl sifatida (torfyaniklar, ko„mir
qatlami, slaneslar) yoki sochilgan holatda bo„ladi.
25
1.3-rasm. Paleogen argillitli mineral zarraning yuzasidagi bakteriyalar.
Organik moddalarga boy bo„lgan gruntlar platformali fatsiyalarga va tog„
oldi egilmalarida rivojlanishi tugayotgan fatsiyalarga xosdir. Ular asosan kam suvli
qo„ltiqlar, lagunalar, limanlar, qayirlar, botqoqliklar, ko„llarda va boshqalarda keng
tarqalgan.
Organik moddalar, ayniqsa uning eng ko„p chirigan (gelifitsirlangan) qismi -
gumus uchun gidrofillik, yuqori suv sig„imi, yuqori plastiklik, kam suv o„tkazish,
kuchli siqilish va boshqalar tavsiflidir.
Grunt tarkibida bo„lgan organik moddalarning hamma turlari, qachonlardir
yashagan organizmlarning buzilishidan qolgan mahsulotlar qoldig„i hisoblanadi.
Ularning bir xillari cho„kindiga uning yig„ilish davrida tushganlar, boshqalari jins
shakllangandan so„ng kirib kelganlar. Organik qoldiqlarning chirishi ular
yotqizilgandan so„ng amalda mikrobiologik jarayonlarda ishqorlanishi hisobiga
boshlanadi. Birinchi galda organizmlar bilan yengil o„zlashtiriladigan tirik va
o„simlik to„qimalari, uglevodlar, oqsillar, yog„larning bir qismi; so„ng
mikrobiologik va kimyoviy chirishga eng turg„un mo„mlar va ligninlar chiriydi.
Organik qoldiqlarning chirishi va sintezi jarayonlari natijasida yengil
gidrolizlashadigan past molekulyar birikmalar, bitumlar va gumin moddalari hosil
bo„ladi va yeg„ila boshlaydi.
Organik moddalarning zichligi 1,25-1,80 g/sm
3
dan oshmaydi, ularning
issiqlik sig„imi gillarga nisbatan ikki marotaba ko„pdir.
Organik moddalarni gruntda tarqalishi bo„yicha uchta guruhga ajratish
26
mumkin: sochilgan, lokal va regional.
Gruntda sochilgan organik moddalar yuqa fraksiya, zarrachalar yuzasida
«plyonka» yoki «ko„ylak» holida, umuman olganda grunt qatlamida taxminan bir
tekis tarqalgan bo„ladi. Tog„ oldi rivojlanishi to„xtagan platformali fatsiya va
fatsiyalarda, kichik suv havzalari yotqiziqlarida, laguna, liman, stares, botqoqlik,
ko„llar va boshqalarda sochilgan organik moddalar keng tarqalgan bo„ladi.
Lokal tarqalgan organik moddalar ma‟lum fatsiyalar (masalan, qari yotqiziq,
botqoqlik va boshqalar)da bo„ladi va gruntlarda organizmlarni bir yerga lokal
yig„adi. Organik moddalarning lokal tarqalishiga – ko„mir qatlamlari, il qatlamlari,
torflar misol bo„ladi. Organiklarning lokal tarqalgan joylari – texnogen gruntlar
(ahlatxonalar, suv havzalari cho„kindisi, madaniy qatlamlar) bo„lishi mumkin.
Organik moddalarning regional tarqalishi qaysidir geologik davrlarda tirik
organizmlarning ko„milishi yuz bergan ma‟lum regionlarda bo„ladi. Misol uchun
torfli gruntlarga boy hududlarda G„arbiy Sibirning markaziy va shimoliy
botqoqliklarini keltirish mumkin. Bundan tashqari organik moddalarning regional
tarqalishini tropik iqlimli hududlarning hozirgi yotqiziqlarida kuzatiladi.
David George Priceni fikricha [2] tuproqlar tarkibida sabzavot va hayvonot
olamining kam miqdorda bo„lsa ham qoldig„i uchraydi va u tuproqning xossasiga
kuchli ta‟sir qilishi mumkin. Masalan kolloidli organik moddaning gilda kam
miqdorda bo„lishi uning plastiklik chegarasini oshirib, siqiluvchan qilib qo„yadi.
Organik moddalar tarkibidagi sementni boshqarishni qiyinlashtiradi.
Manfiy haroratda gruntdagi bug„li namlik kristallashadi va muzga aylanadi.
Hosil bo„lgan muz muzlagan gruntning asosiy komponentlaridan biri hisoblanadi.
Muz – o„ziga xos bo„lgan mineral bo„lib, avval ko„rib o„tilgan mineral va
organik birikmalardan o„zining tarkibi, tuzilishi va xossasi bilan sezilarli
farqlanadi. Odatiy termodinamik sharoitda (harorat 0
o
C dan kam bo„lgan va
atmosfera bosimida) muz geksagonal strukturaga ega. Bunday strukturada suvning
oltita molekulasi o„qi bo„yicha o„lchami b=0,9Å bo„lgan to„g„ri geksogonal
yacheyka hosil qiladi. Suv molekulasi ichidagi kislorod va vodorodning o„zaro
bog„liqli - 40% ionli va 60% vodorodli bo„ladi. Suv molekulasi ichidagi vodorod-
27
kislorodning o„zaro va ikki qo„shni molekula orasidagi masofasi, mos ravishda
1,00 va 1,76Å ga teng. Muz strukturasidagi vodorod bog„liqlikning energiyasi 18,8
kDj/molni tashkil qiladi. Muzning zichligi suv zichligidan o„rtacha 9% kam va
0,91 g/sm
3
(0
o
C da) ga teng. Muz kristallari uchun aniq bilinuvchi plastik
deformatsiya xosdir. Muz yuqori dielektrik o„tkazuvchanlikka ega bo„lib, uning
qiymati suvga nisbatan 20-30% ko„p bo„ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |