2.12. o‘tkir miokard infarkti bilan og‘rigan bemorlarda
hamshiralik parvarishi
Hozirgi vaqtda yurak qon tomir sistemasi kasalliklari ko‘p
uchraydi. Jahon Sog‘liqni saqlash tashkilotining bergan ma’lu-
motlariga ko‘ra, inson o‘limiga sabab bo‘luvchi kasalliklardan
birinchi o‘rinda yurak qon-tomirlar sistemasi xastaliklari turadi.
Bu kasalliklarning rivojlanishi aqliy ishlar bilan shug‘ullanadigan
odamlar sonining ko‘payishi va fan-texnikaning rivojlanib bori-
shiga bog‘liqdir. Yurak qonni harakatlantirib uni inson a’zolari
va to‘qimalariga yetkazib berib turadigan a’zodir. U old koks
oralig‘iga joylashib, sog‘lom odam yuragining asosi chap tomon-
da 2 qovurg‘a damida, uchi 5 qovurg‘a oralig‘ida turadi, yurak
hajmi 250–300 gr ni tashkil etadi. Yurak 3 qavat:
ichki endokard;
–
o‘rta miokard;
–
tashqi perikarddan tuzilgan.
–
Arteriyalar – qonni yurakdan olib ketuvchi qon tomirlar.
239
Venalar – qonni yurakka olib keluvchi qon tomirlar.
Kapillar – arteriya va venalarni bir-biriga bog‘lab turuvchi
bir qavatli eng mayda tomirlardir, ular moddalar va gazlar alma-
shinuvini amalga oshiradi.
Yurak qon-tomir sistemasi kasalliklarining asosiy klinik belgi-
lari va tekshirish usullari.
Qon aylanish sistemasi kasalliklarining o‘ziga xos klinik bel-
gilari yurak o‘ynashi, uning to‘xtab-to‘xtab urishi (aritmiya),
yurak sohasida og‘riq, hansirash, nafas qisishi (bo‘g‘ilish), shish,
sianoz va boshqalar.
Yurak o‘ynashi. Sog‘lom odam tinch holatda va sezilarli
fizik kuchlanishda ham yurak urishini sezmaydi, faqatgina
fizik zo‘riqishda (masalan, zo‘r berib yugurgandan so‘ng) yurak
urishi tezlashishi bilan uning qattiq urayotganini sezadi, tana
harorati yuqori darajaga ko‘tarilganda ham yurak o‘ynashi sez-
iladi.
Yurak ritmining buzilishi – aritmiya deb ataladi. Aritmiya
yurakning to‘xtab-to‘xtab, xuddi xayolida muzlab, to‘xtab qolgan-
day, qisqa kuchli urishi tushuniladi. Yurakning to‘xtab-to‘xtab
urishi bir marotaba yoki davomli bo‘lishi mumkin. Bu holat
yurak qisqarishining buzilishiga sabab bo‘ladi.
Yurak sohasidagi og‘riq yurak kasalligining muhim simp-
tomidir. Og‘riq ko‘pincha to‘sh sohasida bo‘lib, ba’zan harakatni
to‘xtatganda yoki nitroglitserin qabul qilganda o‘tadi.
Hansirash. Yurak muskullarining to‘satdan bo‘shashishi sa-
babli hansirash kelib chiqadi (xuddi nafas qisish xurujiday), bu
hol yurak astmasi xuruji deb ataladi.
Shish yurak yetishmovchiligining xarakterli belgisidir,
aniqrog‘i o‘ng qorincha yetishmovchiligi. Yurak kasalliklarida
shish asosan pastdan boshlanadi, bemor yotgan paytda shish bel
va dumg‘aza sohasida aniqlanadi.
Sianoz. Lablar, burun uchi, barmoqlar ko‘karadi va yurak
yetishmovchilik belgilaridan biri bo‘lib, shishdan oldin kelib
chiqadi. Ko‘pincha akrosianoz kuzatiladi.
240
So‘rab-surishtirish. Qon aylanish sistemasi zararlanganda be-
mor hansirash, vaqti-vaqti bilan bo‘g‘ilib qolish, yurak o‘ynashi
va yurak ishida to‘xtalish bo‘lib turishi, yurak sohasi hamda to‘sh
ortidagi og‘riqlar, yo‘tal, qon tuflash, badanida shishlar borligidan
noliydi. Yurak kasalliklarida hansirash paydo bo‘lishning sababi
gazlar almashinuvining buzilib chala oksidlangan mahsulotlar-
ning qonda to‘planib qolishidir.
Shishlar paydo bo‘lganda, birinchi galda venalar bilan kapil-
larlarda o‘tkazuvchanlik kuchayib, qonda to‘qimalarga suyuqlik
o‘tadi. Bemor ko‘zdan kechirilganda, hammadan avval uning
vaziyati, teri qoplamlarining rangiga ahamiyat beriladi. Yurak
yetishmovchiligining xarakterli belgisi shishdir. Shish ko‘pincha
(ayniqsa, yurak yetishmovchiligining dastlabki davrlarida) oyoq-
larda, ba’zan u odam dam olganida yoki kechasi uxlab turgani-
dan keyin tez yo‘qolib ketadi.
Yurak sohasi tekshirilganda, do‘ppayib chiqib turgan joyi
(yurak yoki aorta anevrezmasi) borligini, yurak uchi zarbining
ancha kuchayganini bilsa bo‘ladi.
Yurak fonendoskop yoki stetoskop bilan eshitib ko‘riladi.
Normada ikkita yurak toni eshitiladi. I sistolik ton yurak qisqarib
(sistola), chap bo‘lma qorincha klapani bilan o‘ng bo‘lma qorincha
klapanlari bekiladigan va miokard tarang tortiladigan paytda yu-
zaga kelsa, II diastola vaqtida paydo bo‘ladi va aorta klapani bi-
lan o‘pka stvoli klapanining berkilishidan kelib chiqadi. Sog‘lom
odamda sistolik arterial bosim simob ustuni hisobidan 110 mm
dan to 140 mm gacha borishi mumkin.
Miokard infarkti (MI) – bu miokardning ishemik nekrozi
bo‘lib, koronar qon oqimining miokardni kislorodga bo‘lgan ehti-
yojini o‘tkir qondirmasligi tufayli rivojlanadi. Qon aylanishining
buzilishi yurak toj tomirlarining birortasini tromb bilan berkil-
ib qolishi yoki ateroskleroz tugunchalari tufayli qon tomirlari-
ning torayishiga olib keladi. Natijada ishemik nekroz rivojlanadi.
Tromb hosil bo‘lishda qonning ivish xususiyati yuqori bo‘lishi
ahamiyatga egadir. Uzoq muddat yurak-tomirlarining torayishi
241
ham ikkilamchi trombozga va nihoyat miokard infarktiga olib
keladi.
Yurak mushaklarining zo‘riqishi, ruhiy qo‘zg‘alish kabilar in-
farktning rivojlanishida qo‘shimcha omillar hisoblanadi. Infarkt
oldi davrida uning rivojlanishiga sabab bo‘lgan ayrim omillar-
ni o‘z vaqtida aniqlash bilan miokard infarktining oldini olish
mumkin. Infarkt oldi holatida bir necha marta stenokardiya xu-
ruji tez-tez takrorlanishi, xurujda og‘riq kechishining kuchliligi,
davomiy ligi, og‘riqning jismoniy zo‘riqish yoki tinch holatda
paydo bo‘lishi, nitroglitserin ta’sirida og‘riqning pasayishi yoki
davom etishi va shu kabi o‘zgarishlar tez-tez takrorlanib turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |