M. F. Ziyayeva xirurgik kasalliKlar bilan og‘rigan va intensiv terapiyani o‘tayotgan beMorlarda HaMsHiraliK parvarisHi



Download 4,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet285/317
Sana29.06.2021
Hajmi4,15 Mb.
#105027
1   ...   281   282   283   284   285   286   287   288   ...   317
Bog'liq
xirurgik kasalliklar bilan ogrigan va intensiv terapiyani otayotgan bemorlarda hamshiralik parvarishi

Jigar komasi
Jigar  komasi  –  metabolik  komaning  shakllaridan  biri  bo‘lib, 
jigar  funksiyalarining  keskin  buzilishi,  intoksikatsiya  tufayli 
rivojlanadi.
Gepatoserebral yetishmovchilikning 3 tipi farqlanadi.
Birinchi  tip  –  jigar-hujayraviy,  destruktiv  koma.  Aksariyat 
hollarda  bemor  komaga  olib  kelgan  patologik  holat  bilan  davo-
lanayotganda shifoxonada yuzaga keladi.


236
U  gepatotsitlarning  total  yoki  subtotal  nekrozi  bilan  bog‘liq 
bo‘lib,  80%  dan  ortiq  holatlarda  o‘limga  olib  keladi.  Virusli  ge­
patit В va С og‘ir kechganda, to‘rt xlorli uglerod, fosfor, rangpar 
poganka bilan zaharlanganda va ba’zi dori vositalari ta’sirida yu-
zaga keladi.
Ikkinchi  tip  –  portal  tizimli  aylanib  o‘tuvchi  koma.  U  jigar 
bo‘laklari  arxitektonikasining  turg‘un  o‘zgarishi  va  portokaval 
venoz  anastomozlarning  hosil  bo‘lishi  bilan  bog‘liq.  Komaning 
bu tipi jigarning spirtli ichimliklar va virus ta’sirida yuzaga kel-
gan sirrozida kuzatiladi.
Uchinchi tip – terminal holat yoki gipokaliemik jigar komasi, 
surunkali jigar kasalliklari natijasida yuzaga keladi. Bu holat ka-
liy ionlarining o‘tkir yo‘qotilishi, kompensatsiyalanmagan va na-
fas bilan bog‘liq bo‘lmagan alkaloz tufayli toksikligi oshib ketgan 
ammiak ta’sirida rivojlanadi.
Davolash  tamoyili  –  bemor  zudlik  bilan  yonbosh  holatda 
shifoxonaning reanimatsiya bo‘limiga yotqiziladi.
Jigar  komasi  o‘tkir  jigar  kasalliklari  va  surunkali  gepatit,  ji-
gar  sirrozida  yuzaga  keladi.  Modda  almashinuvining  buzilish 
jarayoni oqibatida rivojlanadi. Bundan tashqari jigar distrofiyasi, 
glukogenning  kamayishi,  intoksikatsiya,  oqsil  almashinuvining 
buzilishi kabi omillar ham komaning rivojlanishiga sabab bo‘lishi 
mumkin.
Klinikasi:  bemorda  umumiy  darmonsizlik,  ishtahaning  pasa-
yishi,  jigar  o‘lchamining  kichrayishi,  keskin  sariqlik,  uyqusiz-
lik  va  qo‘zg‘alish  paydo  bo‘ladi.  Teri  osti  qon  quyilishi,  burun-
dan,  buyrakdan  qon  oqishi  mumkin,  najas  rangsizlanadi.  Og‘ir 
holatdagi  komada  hushidan  ketish,  axilik  najas  paydo  bo‘ladi. 
Jigar o‘lchami juda kichrayadi. Siydikda oqsil va silindrlar paydo 
bo‘ladi.

Download 4,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   281   282   283   284   285   286   287   288   ...   317




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish