M. F. Ziyayeva xirurgik kasalliKlar bilan og‘rigan va intensiv terapiyani o‘tayotgan beMorlarda HaMsHiraliK parvarisHi



Download 4,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet274/317
Sana29.06.2021
Hajmi4,15 Mb.
#105027
1   ...   270   271   272   273   274   275   276   277   ...   317
Bog'liq
xirurgik kasalliklar bilan ogrigan va intensiv terapiyani otayotgan bemorlarda hamshiralik parvarishi

Anafilaktik shok
Allergik  reaksiyaning  bir  turi  bo‘lib,  organizmga  kirgan 
yot  oqsil  va  organik  kimyoviy  moddalarga  nisbatan  qarshi 
reaksiyasidir.  Anafilaktik  reaksiya  organizmga  dori  preparatlari, 
jumladan  antibiotiklar,  diagnostika  preparatlari  kiritilganda, 
hasharotlar  chaqqanda  hamda  oziq-ovqat  mahsulotlaridan  so‘ng 
ham rivojlanishi mumkin.
Anafilaksiya – o‘z­o‘zini himoya qilish degan so‘zdan kelib chiq­
qan va ko‘pincha allergen parenteral yuborilganda yuzaga chiqadi.
Shokning  klinik  belgilari:  teriga  toshmalar  toshishi,  tosh-
malarning butun badanga tarqalishi, burun bitishi, aksirish, burun 


223
oqishi,  nafas  olishning  qiyinlashuvi,  quruq  yo‘tal,  xushtaksimon 
nafas, teri, lab, tirnoqlarning ko‘karishi, bosh aylanishi, nutqning 
buzilishi, ko‘ngil aynishi, qusish, qorindagi og‘riq.
Anafilaktik shokning rivojlanishi 3 ta shaklda kechadi:
yashin  tezligidagi  shok  –  shok  dastlabki  10  daqiqa  ichida 
rivojlanadi;
zudlik  bilan  rivojlanuvchi  shok  –  shokkacha  bo‘lgan  davr 
30–40 daqiqani tashkil etadi;
sekinlik bilan rivojlanuvchi shok – shokkacha bo‘lgan davr bir 
necha soatni tashkil etadi.
Anafilaktik shokning turlari:
teri;
 

serebral;
 

astmoid;
 

kardiogen;
 

abdominal.
 

Teri  shakli  –  terining  qichishi,  qizarishi,  eshakyemi  toshishi, 
toshmalarning  bir-biri  bilan  qo‘shilishi,  Kvinke  shish  paydo 
bo‘lishi  mumkin.  Teridagi  o‘zgarishlar  reaksiyadan  so‘ng  30–40 
daqiqadan keyin kelib chiqadi.
Serebral  shakli  –  bosh  og‘rig‘i,  ko‘ngil  aynishi,  paresteziya, 
hushdan  ketish,  tutqanoqlar,  beixtiyor  siyish  va  defekatsiya 
kuzatilishi  mumkin.  Bu  epilepsiya  tutqanoqlarini  eslatadi.  Agar 
adrenalin bilan davo qilinganda yuqoridagi o‘zgarishlar yo‘qolsa, 
anafilaktik shok diagnozi qo‘yiladi.
Astmoid  shakli  –  bo‘g‘ilish  ko‘rinishida  namoyon  bo‘ladi. 
Til,  hiqildoq,  traxeya  shishishi  oqibatida  yuqori  nafas  yo‘llari 
o‘tkazuvchanligi buziladi va nafas buzilishi kuzatiladi.
Kardiogen  shakli  –  yurak  sohasida  siquvchi  og‘riqlar,  taxi-
kardiya, ritm buzilishlari bilan namoyon bo‘ladi.
Abdominal  shakli  –  qorinda  shish,  og‘riq,  ko‘ngil  aynishi, 
qusish bilan namoyon bo‘ladi.
Davolash:
1.  Organizmga  allergen  tushishini  to‘xtatish  (jgut  bog‘lash, 
me’dani  zondlash).  Dori  allergen  vena  ichiga  yuborilgan  bo‘lsa, 


224
igna  venada  qoldiriladi  va  dori  moddalar  shu  igna  orqali 
yuboriladi.
2.  Bemorni  tekis  joyga  yotqizish,  toza  havo  kelishini  ta’-
minlash, traxeyani intubatsiya qilish, oksigenoterapiya.
3.  Adrenalin  yuborish,  teri  orasi,  vena  ichiga  va  ingalatsiya 
yo‘li  bilan  yuboriladi.  Allergen  kirgan  joy  atrofi  adrenalin  bilan 
inyeksiya qilinadi.
4.  Gormonlar  –  60–90  mg  (2–3  ml)  prednizolon  fiziologik 
erit mada tomir ichiga yuboriladi.
5.  Bronxospazmda  –  vena  ichiga  2,4%  –  10  ml  eufillin  yubo­
riladi
6.  O‘tkir  yurak  yetishmovchiligida  –  venaga  yurak  glikozid-
lari 0,05% – 0,5–l ml strofantin fiziologik eritmada tomir ichiga 
yuboriladi.
7. Yuqoridagi davo yordam bermaganda sun’iy nafas va yurak 
bilvosita massaj qilinadi.

Download 4,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   270   271   272   273   274   275   276   277   ...   317




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish