M. F. Ziyayeva xirurgik kasalliKlar bilan og‘rigan va intensiv terapiyani o‘tayotgan beMorlarda HaMsHiraliK parvarisHi



Download 4,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet273/317
Sana29.06.2021
Hajmi4,15 Mb.
#105027
1   ...   269   270   271   272   273   274   275   276   ...   317
Bog'liq
xirurgik kasalliklar bilan ogrigan va intensiv terapiyani otayotgan bemorlarda hamshiralik parvarishi

davolash.  Shokda  birinchi  yordam  ko‘rsatish  va  davolash 
unga  olib  keluvchi  sabablarni  bartaraf  etish  quyidagi  tartibda 
bajariladi:
nafas  yo‘llarini  tozalash  va  o‘tkazuvchanligini  tiklash, 
 

intubatsiya va o‘pkani sun’iy ventilatsiya qilish;
tashqi  qon  oqishini  to‘xtatish,  jarohatga  aseptik  bog‘lam 
 

qo‘yish;
og‘riqsizlantirish;
 

immobilizatsiya qilish;
 

vena ichiga qon va qon o‘rnini bosuvchi suyuqliklar yuborish 
 

va gemoglobinning 100 g/l dan past bo‘lmasligini kuzatish;
bemorni  shikastlangan  joydan  ehtiyotlik  bilan  olib  chiqish 
 

va tezlik bilan shifoxonaga olib borish.
Shikastlanish  shokida  reanimatsiya  tadbirlarining  turi  hayot 
uchun zarur organlar faoliyatining buzilishini tiklashga qaratilgan 
bo‘lishi  kerak.  Shokni  davolash  markaziy  asab  sistemasi 
faoliyatini  normallashtirish,  og‘riqqa  qarshi  kurash,  sirkulat-
siyadagi  qon  hajmini  to‘ldirish,  tomirlar  tonusini  ko‘tarish,  gaz 
almashinuvi,  buyrak,  jigar  faoliyatlarini  va  boshqa  holatlarini 


221
normallashtirish  kabi  maqsadlarni  nazarda  tutgan  holda  amalga 
oshiriladi.
Shikastlanishning  og‘ir  belgilarini  yo‘qotish  va  kamaytirish 
bilan  birga  bemorni  ruhan  tinchlantirish  kerak.  Bu  maqsadda 
singan  suyak  sohasi  novokain  eritmasi  bilan  infiltrativ,  g‘ilofli 
anesteziya,  qovirg‘alararo  blokada  qilish  kabi  og‘riqsizlantiriladi 
yoki  umumiy  narkoz  usullari  qo‘llaniladi.  Shu  bilan  birga 
reopoliglukin  500  ml  sutkasiga  2  marta  yuborish,  analgetiklar 
2  ml, 50% analgin 1–2 ml, baralgin 5 ml tomir ichiga yuboriladi, 
omnopon,  pantopon  1 % – 1  ml  va  1–2  ml  l %  li  promedol  teri 
ostiga yuboriladi. Og‘riqsizlantirish uchun azot oksidi bilan yengil 
narkoz berish ham yaxshi natija beradi. Kalla, ko‘krak shikastlarida 
vagosimpatik  novokainli  blokada,  qorin  va  chanoq  shikastlarida 
paranefral  blokadalari  qilingandan  keyin  ular  5–6  daqiqa  o‘tgach 
ta’sir qiladi va og‘riqsizlantirish 5–6 soatgacha davom etadi.
Bemorga transport immobilizatsiyasi qilinadi.
Nafas  yo‘llarining  o‘tkazuvchanligini  tiklashni  kuzatib 
borish  zarur,  chunki  nafas  o‘lishning  buzilishi  o‘tkir  nafas 
yetishmovchiligiga olib keladi.
Tashqi  va  ichki  qon  oqishi  tufayli  vujudga  kelgan  shokda 
sirkulatsiyadagi  qon  hajmini  (SQH)  to‘ldirish  zarur.  Davom 
etayotgan qon oqish paytida qon hajmini to‘ldirish mumkin emas. 
Shuning  uchun  ham  avval  oqayotgan  qon  to‘xtatilib,  so‘ngra 
uning  o‘rnini  to‘ldirmoq  zarur.  Buning  uchun  turli  xil  kolloid 
eritmalar vena orqali yuboriladi.
Sintetik  kolloid  eritmalar  poliglukin,  reopoliglukin,  jelatinol 
quyiladi.
Tuzli  eritmalar  –  ringer,  laktosol,  natriy  xloridning  izotonik 
eritmasi asesol, disol, trisol kabilar quyiladi.
Sirkulatsiyadagi  qon  hajmi  tiklanganligini  arterial  va  mar-
kaziy venalardagi bosimning ko‘tarilishi bilan aniqlanadi.
Shokning  hamma  bosqichlarida,  qon  tomirga  albatta 
antigistamin preparatlar (dimedrol, suprastin, pipolfen) inyeksiya 
qilinadi.


222
Shok  paytida  har  doim  nafas  buzilishi  kuzatiladi.  Ko‘krak, 
umurtqa  pog‘onasi  va  orqa  miya  shikastlarida  va  elektr  shi-
kastlarida  nafas  olishning  buzilishi  ko‘proq  namoyon  bo‘ladi. 
Bunday  holatda  kislorod  ingolatsiyasi  qilinishi  kerak.  Yengil 
shikastlarda kislorod burun orqali qo‘yilgan kateter bilan beriladi. 
Og‘ir  shokda  esa,  bemor  o‘pkasi  apparat  orqali  uzoq  muddat 
sun’iy ventilatsiya qilinadi va gipoksiya bartaraf qilinadi.
Modda  almashinuvi  buzilishining  oldini  olish  va  normal-
lashtirish uchun 4%  li natriy gidrokarbonat (200–300 ml), natriy 
laktat  (200  ml)  vena  ichiga,  10–15  ml  5%  li  askorbin  kislota, 
1–2  ml vitamin B
1
, B
6
, B
12
 eritmalari yuboriladi.
Gipokalsemiya rivojlangan taqdirda 10% kalsiy xlor, glukoza 
insulin bilan prednizolon 30–60 mg vena ichiga yuboriladi. Vena 
ichiga plazma, oqsil gidrolizati, albumin (10–20), 200 ml yuborish 
bilan  organizmdagi  oqsillar  yetishmovchiligi  (gipoprotenemiya) 
bartaraf qilinadi.
Tromboemboliyaning  oldini  olish  uchun  5.000  birlikdan  ge-
parin har 6 soatda inyeksiya qilib turiladi.
Kontrikal 40–60 birlikda yuboriladi.
O‘tkir  buyrak  yetishmovchiligida  esa  diuretiklar  –  peritoneal 
yoki ekstrokorporal dializ qilinadi.
Bemorlar zarur bo‘lsa zond orqali ovqatlantiriladi va umumiy 
gigiyenik choralar amalga oshiriladi.

Download 4,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   269   270   271   272   273   274   275   276   ...   317




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish