Bog'liq xirurgik kasalliklar bilan ogrigan va intensiv terapiyani otayotgan bemorlarda hamshiralik parvarishi
biologik o‘lim belgilari Murda dog‘lari – qonning tanani pastki qismlariga
to‘planishidan terining o‘ziga xos ko‘kimtir-binafsha rang yoki
qizg‘ish binafsha rang tusga kirishi. Bu dog‘lar yurak faoliyati
to‘xtaganidan 2–4 soatdan keyin paydo bo‘ladi.
Murdaning qotishi – skelet mushaklarining qisqarishi va
dag‘allashishi va bo‘g‘imlarda passiv harakatlarga qarshilik
paydo bo‘lishi. U yurak faoliyati to‘xtaganidan 2–4 soatdan keyin
sodir bo‘lib, 1 sutkadan keyin maksimum darajaga yetadi va 3–4
sutkadan keyin yo‘qoladi.
192
Murdaning parchalanishi – kech muddatlarda sodir bo‘lib,
to‘qimalarning yiringli parchalanishi bilan namoyon bo‘ladi.
Parchalanishning muddatlari ko‘pincha tashqi muhit sharoitlariga
bog‘liq.