M. F. Ziyayeva xirurgik kasalliKlar bilan og‘rigan va intensiv terapiyani o‘tayotgan beMorlarda HaMsHiraliK parvarisHi


reanimatsiya  va  intensiv  bo‘lim  hamshirasining  huquq-



Download 4,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet235/317
Sana29.06.2021
Hajmi4,15 Mb.
#105027
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   317
Bog'liq
xirurgik kasalliklar bilan ogrigan va intensiv terapiyani otayotgan bemorlarda hamshiralik parvarishi

reanimatsiya  va  intensiv  bo‘lim  hamshirasining  huquq-
lari:
kichik tibbiy xodimlarining ishini nazorat qilish;
 

ilmiy amaliy konferensiyalarda ishtirok etish.
 

2.5. terminal holatlar
Organizmda o‘tkir rivojlanayotgan kasalliklar (shok, miokard 
infarkti,  ko‘p  qon  yo‘qotish,  zaharlanish)  va  shikastlar  tufayli 
kislorod  yetishmovchiligi  paydo  bo‘lishi  bilan  terminal  holatlar 
yuzaga keladi.
Terminal  holatlar  yig‘ma  tushuncha  bo‘lib,  hayotiy  funksiya-
larning  haddan  tashqari  pasayib  ketishi  bilan  xarakterlanadi  va 
quyidagi bosqichlarga bo‘linadi:
talvasa oldi (agoniya oldi);
 

talvasa (agonal);
 

klinik o‘lim.
 

Agoniya oldi holati – bir necha daqiqadan bir necha soatgacha 
davom  etishi  mumkin.  Bu  davrda  bemorning  es-hushi  qisman 
saqlangan,  arterial  qon  bosim  60  mm.sim.ust.dan  past.  Dastlab 
taxikardiya so‘ngra esa bradikardiya kuzatiladi. Nafas olishi tez-
lashadi,  patologik  nafas  turiga  almashadi.  Bemorning  burun 
uchi,  barmoqlarining  ko‘karishi  kuzatiladi.  To‘qima  va  a’zolarda 
kislorod yetishmovchiligi belgilari kuzatiladi.
Agonal holat – miyaning po‘stlog‘i ishdan chiqadi. Bemor ning 
es-hushi yo‘qoladi. Markaziy asab sistemasi faoliyati so‘na bosh-
laydi. Nafas olish havoni yutish ko‘rinishida bo‘ladi. Qon bosimi 
va  reflekslarni  aniqlab  bo‘lmaydi.  Periferik  arteriyalarda  puls 


191
aniq lanmaydi.  Ko‘z  qorachiqlari  kengayadi,  yorug‘likka  reaksi-
yasi yo‘qoladi. Bu davr bir necha daqiqa davom etadi.
Klinik о‘lim – bu organizmning markaziy asab sistemasi, na-
fas va yurak faoliyati to‘xtagandan keyin bir necha daqiqa davom 
etadigan holatdir. Bu holat hayot bilan o‘lim o‘rtasidagi holatdir. 
Bu davrda qon aylanishi va nafas to‘xtashi kuzatiladi, ammo or-
ganlarda  qaytmas  o‘zgarishlar  sodir  bo‘lmagan  bo‘ladi.  Shuning 
uchun  bu  bosqichda  bemorni  qaytadan  hayotga  qaytarish  mum-
kin bo‘ladi. Yurak urishi va nafas olishi to‘xtaydi, ko‘z qorachig‘i 
kengayib,  uning  reflekslari  yo‘qoladi.  Bunday  holatda  5–6  da­
qiqadan kechikmay reanimatsiya usullarini qo‘llab bemorni tiril-
tirish  imkoni  bo‘ladi.  5  daqiqadan  so‘ng  to‘qimalarda  qaytmas 
o‘zgarishlar sodir bo‘lib, biologik o‘limga o‘tadi.
biologik o‘lim
Biologik  o‘lim  bevosita  klinik  o‘limdan  keyin  boshlanib, 
qaytmas  jarayon  hisoblanadi  va  bunda  organizmni  tiriltirish-
jonlantirishning  imkoni  qolmaydi.  Bu  jarayon  barcha  to‘qi ma-
lardagi  nekrotik  jarayon  bo‘lib,  bosh  miya  po‘stlog‘i  neyron-
laridan  boshlanib  qon  aylanishi  to‘xtaganidan  keyin  bir  soat 
ichida  sodir  bo‘ladi.  Keyingi  2  soat  ichida  esa  barcha  ichki 
organlar  hujayralarining  o‘lishi  kuzatiladi  (teri  nekrozi  esa  bir 
necha soatdan keyin, ba’zan esa sutkadan keyin sodir bo‘ladi).

Download 4,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   317




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish