M. F. Ziyayeva xirurgik kasalliKlar bilan og‘rigan va intensiv terapiyani o‘tayotgan beMorlarda HaMsHiraliK parvarisHi


orqa  chiqaruv  yo‘lining  yoriqlari



Download 4,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet201/317
Sana29.06.2021
Hajmi4,15 Mb.
#105027
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   317
Bog'liq
xirurgik kasalliklar bilan ogrigan va intensiv terapiyani otayotgan bemorlarda hamshiralik parvarishi

orqa  chiqaruv  yo‘lining  yoriqlari.  Bunga  to‘g‘ri  ichak 
shilliq  pardasining  anal  teshik  sohasida  zich  najas  massalari, 
yot  jismlar  va  shu  kabilardan  oz-moz  shikastlanishi  sabab 
bo‘ladi.  Avvaliga  shilliq  pardaning  chiziqli  shikasti  aniqlanadi. 


156
Keyinchalik  yoriq  chuqurlashadi,  shilliq  parda  osti  qavatigacha 
yetadi, uning chetlari zichlashadi.
Klinikasi.  Defekatsiya  vaqtida  qattiq  og‘riq  bo‘ladi,  ba’zan 
ozroq  qon  yoki  seroz-qon  aralash  suyuqlik  paydo  bo‘ladi. 
Yoriq  ko‘pincha  ich  qotishi  bilan  o‘tadi.  Ko‘zdan  kechirishda 
terining  o‘tuvchi  burmasi  sohasida  «chegaradosh  do‘mboqcha» 
ko‘rinishida  qalin  tortib  tugaydigan  uzunasiga  ketgan  oval 
shakldagi yoriq aniqlanadi. Sfinkter tonusi oshganligi, yoriqning 
chetlari va tubi zichlashganligi qayd qilinadi.
Davosi.  Yoriq  yangi  bo‘lganda  konservativ  davo  qilinadi. 
Birinchi  navbatda  qabziyatni  bartaraf  etish  zarur.  Buning  uchun 
parhez  ovqatlar  tanlash  kerak.  Bu  ichning  muntazam,  yumshoq 
kelishini  ta’minlaydi.  Bemorga  kanakunjut  yoki  parafin  moyi, 
makkai  sano  va  krushina  qaynatmasi  ichiriladi.  To‘g‘ri  ichakka 
50–100  ml  dan  iliq  zaytun  moyi  yuboriladi,  belladonnali 
shamchalar  buyuriladi,  kaliy  permanganat  yoki  ichimlik  soda 
solingan vannaga o‘tirish, mikrohuqnalar tayinlanadi.
Konservativ davo kor qilmaydigan surunkali yoriqlarda to‘g‘ri 
ichak  sfinkterini  mahalliy  anesteziya  ostida  qayta  cho‘ziladi. 
Bunda yoriq yanada kattalashadi va bitishi tezlashadi. Davolashda 
qiyin bo‘lgan hollarda yoriq kesiladi va choklar solinadi.
bavosil
Bavosil  deganda  to‘g‘ri  ichak  venoz  chegaralarining  varikoz 
kengayishi tushuniladi va qon ketish, og‘riq bilan kechadi.
Joylashishiga  ko‘ra  ichki  va  tashqi  bavosil  farq  qilinadi.  Ichki 
bavosilni  ko‘rib  bo‘lmaydi  va  uni  barmoq  bilan  yoki  rektoskopik 
tekshiruvda  aniqlanadi.  Tashqi  bavosil  tugunlari  anal  teshik 
yaqinida  ko‘rinadi.  Qator  hollarda  bu  tugunlarning  yallig‘lanishi 
kuzatiladi.  Bavosilga  ich  qotishi,  homiladorlik,  uzoq  vaqt  o‘tirish 
natijasida kichik chanoqdagi qon dimlanishi holatlari sabab bo‘ladi.
Klinikasi.  Bavosil  tugunlarining  shunchaki  kattalashuvi 
og‘riqqa  sabab  bo‘lmasligi  va  bemorni  bezovta  qilmasligi 
mumkin. Biroq qa tor hollarda ichki bavosil tugunlari katta bo‘lib, 


157
sfinkterning  berkitish  faoliyati  yetarli  bo‘lmaganda  tashqariga 
chiqib qoladi. Bu sfinkter faoliyatini yanada pasaytiradi. Bunday 
holat to‘g‘ri ichakdagi najasning chiqishiga olib keladi, bu esa, o‘z 
navbatida,  anal  teshik  sohasini  kichraytiradi,  terisi  bichiladi  va 
og‘riydi.  Qator  hollarda  defekatsiya  paytida  oz-moz  qon  ketishi 
kamqonlikka olib kelishi mumkin.
Bavosil  tugunlari  tromboflebitida  orqa  chiqaruv  yo‘li  soha­
sida  kuchli  og‘riq  paydo  bo‘ladi,  bu  og‘riq  defekatsiya  vaqtida 
kuchayadi. Bavosil tugunlari ko‘kimtir tusga kirgan, taranglashgan, 
ustini fibrinoz parda qoplagan, shilliq pardasining ayrim joylarida 
yaralar paydo bo‘ladi.
Davosi. Asoratlanmagan bavosilda ich qotishining oldini olish 
uchun  parhez  tartibga  solinadi.  Ich  qotganda  kanakunjut  moyi 
va  parafin  moyi  buyuriladi.  Teri  bichilganda  kaliy  permanganat 
solingan  vannalarga  o‘tiriladi.  Qon  ketishi  ko‘p  bo‘lganda 
gemostatik vositalar: vikasol, kalsiy xlorid, gemofobin va boshqalar 
qo‘llaniladi. Bavosil tugunlari trombozida 5% li kaliy permanganat 
eritmasi  solingan  iliq  vannaga  o‘tiriladi.  Antikoagulantlar 
qo‘llaniladi. Presakral novokain blokadalari yaxshi natija beradi.
Agar  bavosilda  qonashga  va  yallig‘lanishga  moyillik  bo‘lsa, 
operatsiya  qilib  davolanadi.  Yallig‘lanishning  o‘tkir  davrida 
operatsiya  qilish  mumkin  emas.  Bavosil  tugunlari  bog‘lab 
qo‘yiladi.  Bir  necha  kun  o‘tgach,  bavosil  tugunlari  ko‘chib 
tushadi.  Operatsiyadan  keyingi  davrda  ich  kelishini  bir  necha 
kunga to‘xtatib qo‘yiladi. Buning uchun bemor kletchatkasi kam 
ovqatlar  yeydi  va  unga  kuniga  3  marta  8–10  tomchidan  opiy 
nastoykasi  beriladi.  Defekatsiya  aktidan  keyingi  bemor  kaliy 
permanganat  (pushti  rang  eritma)  yoki  soda  eritmasi  (30–40  g) 
solingan vannaga o‘tiradi.

Download 4,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   317




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish