M. F. Ziyayeva xirurgik kasalliKlar bilan og‘rigan va intensiv terapiyani o‘tayotgan beMorlarda HaMsHiraliK parvarisHi



Download 4,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet172/317
Sana29.06.2021
Hajmi4,15 Mb.
#105027
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   317
Bog'liq
xirurgik kasalliklar bilan ogrigan va intensiv terapiyani otayotgan bemorlarda hamshiralik parvarishi

Klinikasi.  Ichak  tutilishining  hamma  turlari  uchun  bir  qator 
umumiy belgilar xos: qorinda xurujsimon og‘riq, najas kelishi va 
yel chiqishi to‘xtaydi, meteorizm (qorin dam bo‘ladi), qayt qilish, 
intoksikatsiya kuzatiladi.
Ichak  tutilishining  ayrim  turlarida  ichak  tutilishining  aytib 
o‘tilgan  belgilardan  tashqari,  o‘ziga  xos  belgilari  kuzatiladi. 
Ichak tutilishining falajlik turida qorin anchagina dam bo‘ladi va 
peristaltika butunlay to‘xtaydi.
Spastik  turi  uchun  ichak  peristaltikasining  kuchayishi  bilan 
birga  xurujsimon  og‘riqlar  paydo  bo‘ladi.  Ichak  tutilishining 
spastik turi paralitik turiga o‘tishi mumkin.
Strongulatsion  tutilishda  qorinda  juda  qattiq  sanchiqsimon 
og‘riq  paydo  bo‘ladi.  Ichak  tutilishi  nechog‘li  yuqorida 
bo‘lsa,  qusish  shunchalik  ko‘p  bo‘ladi.  Biroq  ichakning  quyi 
bo‘limlaridan najas kelishi mumkin. Ichakning ayrim bo‘limlarida 
dam  bo‘lishi  sababli  qorin  asimmetriyasi  (Val  belgisi)  paydo 
bo‘ladi,  auskultatsiyada  ba’zan  tushayotgan  tomchi  tovushi 
eshitiladi  (Sklyarov  belgisi),  to‘g‘ri  ichak  ampulasi  kengayadi 


137
(Obuxov  kasalxonasi  belgisi).  Bemorning  ahvoli  nihoyatda  og‘ir 
bo‘ladi,  arterial  bosimi  pasayadi,  pulsi  ipsimon  bo‘lib  qoladi, 
sovuq  ter  chiqadi,  lablari  va  barmoqlarining  uchi  ko‘kimtir  tus 
oladi,  ko‘zlari  kirtayadi,  tovushi  jarangdorligini  yo‘qotadi,  oyoq-
qo‘llari muzday bo‘lib qoladi, biroq es-hushini yo‘qotmaydi. Tana 
harorati,  odatda  normal  bo‘ladi.  Ichakning  jonsizlanishi  tutash 
peritonitga olib keladi.
Obturatsion  ichak  tutilishida,  agar  ichak  bo‘shlig‘ining 
qisman tiqilib qolishi mavjud bo‘lsa, klinikasi asta-sekin vujudga 
keladi. Ichakning olib keluvchi qovuzlog‘ida najas tutilib qoladi, 
bu  xamirsimon  konsistensiyadagi  o‘smaga  o‘xshash  tuzilma 
ko‘rinishida aniqlanadi.
Ichakning  to‘la  tutilishida  bemor  ko‘p  qusadi,  qusuqdan 
najas  hidi  keladi,  qabziyat  bilan  kuchli  ich  ketishi  birin-ketin 
almashinib turadi. Bunga intoksikatsiya qo‘shiladi.
Invaginatsiyada  klinik  manzara,  odatda  tez  ro‘y  beradi, 
qusish,  qorinda  og‘riq  bo‘ladi,  paypaslab  ko‘rilganda  elastik 
konsistensiyadagi silindrsimon tuzilma aniqlanadi, o‘ng yonbosh 
sohasi ichiga tortib ketadi, najasda qon paydo bo‘lishi mumkin. 
Invaginatsiya  ko‘pincha  bolalarda  bo‘ladi.  Quyi  invaginatsiyada 
invaginat  anal  teshikdan  tashqariga  chiqishi  mumkin  (to‘g‘ri 
ichak tushishidan farq qilish zarur).

Download 4,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   317




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish