Yangi asrning ikkinchi o‘n yilligida ekologik sof energiya texnologiyalari
uylarimizni, korxonalarimizni va transport vositalarining energiya ta’minotini
o‘zgartirmoqda. Kelgusi o‘n, yigirma yilliklarda bundan ham tubdan o‘zgarishlar
bo‘lishi mumkin, chunki ekologik sof energetikadan foydalanish sur’ati va dunyo
bozori tezlashmoqda.
Ekologik toza energetika tizimi ehtimolliligi xilma-xil, shu bilan birga, yangi
texnologiyalar undan keng foydalanish imkonini yaratmoqda. Jumladan,
sellyulozali etanol; vodorodli yoqilg‘i elementlari; atom energetikasining kelgusi
avlodi, fotoelektr quyosh batareyasi va deyarli ko‘mir chiqindisini chiqarmaydigan
stansiyalar dunyo mamlakatlari iqtisodiyotini ko‘proq ekologik toza muqobil
energiya manbai ta’minotiga qayta yo‘naltirmoqda.
Qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalardan foydalanishga dastlab bir
qadar salmoqli mablag‘ sarflansa-da, ular iqtisodiy jihatdan o‘zini oqlaydi.
An’anaviy yoqilg‘i bilan ishlaydigan energetika tufayli havoga chiqayotgan
oltingugurt, azot, uglerod oksidlari uzoq masofaga tarqaladi. Bundan tashqari, ular
yomg‘ir suvlari bilan qo‘shilib, kislota birikmalariga aylanadi hamda yomg‘ir
tarkibida yerga tushib, o‘simliklarga, tuproqqa salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Atrof-
muhitda bunday kislotalarning ko‘payishi oqibatida, og‘ir metallar oziq-ovqatlarga
55
va pirovardida shu mahsulotlar orqali inson organizmiga ta’sir ko‘rsatadi. Bunda
bir zarar ikkinchi bir zararni ham o‘zi bilan birga olib keladi.
Ekologik toza bo‘lgan qayta tiklanadigan energiya manbalari atrof-muhitga
ziyon yetkazmaydi. Aytish kerakki, bu manbalar odatda yetarlicha katta bo‘lgan
aholi manzillari va yirik sanoat korxonalarini to‘la ta’minlash imkoniyatiga ega
emas. Ular chekka qishloq, mahalla, kichik inshootlarni energiya bilan ta’minlaydi.
Mamlakatimizda qayta tiklanadigan ekologik toza energiya manbalarini qo‘llash
katta istiqbolga ega va ekologik, ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan ham samaralidir.
Hozirgi kunda dunyo hamjamiyati oldida turgan muhim masalalardan biri
global miqyosda inson havfsizligini, xususan uning bir elementi bo'lmish ekologik
xavfsizlikni ta'minlash masalasidir. Bu borada juda ko'p izlanishlar olib
borilmoqda. Ayniqsa, har qanday yangilikning o'ziga yarasha ijobiy xususiyatlari
bo'lgani holda uning salbiy jihatlari ham bo'y ko'rsatib boraverishi hech kimga sir
emas. Misol qiladigan bo’lsak avtomobillar bizning uzog’imizni yaqin qilib, bir
joydan ikkinchi joyga tezda yetib olishimiz uchun qulay vositadir. Bu
avtomobillarning ijobiy jihati bo’lsa, salbiy jihati esa ulardan chiqadigan zararli
gazlar va shovqindir.
Butun dunyoda energetik inqiroz hukm surayotgan vaziyatda qayta tiklanadigan
energiya manbasi yana ham ommabop bo‘lib bormoqda. Bu haqda O’zbekistonning 1-
prezidenti Islom Karimov «Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O‘zbekiston sharoitida
uni bartaraf etishning yo‘llari va choralari» nomli asarida O‘zbekiston uchun inqirozni
bartaraf etish va jahon bozorida yangi marralarga chiqishning ishonchli yo‘llaridan biri
sifatida elektroenergetika tizimini modernizatsiya qilish, energiya iste’molini
kamaytirish hamda energiyani tejashning samarali tizimini joriy etish choralarini
amalga oshirish lozimligini, mavjud resurslardan, birinchi navbatda, elektr va energiya
resurslardan nechog‘li tejamli foydalana olishimizga bog‘liq ekanligini alohida qayd
qilib o‘tgan edilar. Hozirgi paytda qazib olinadigan yoqilg‘ilar — ko‘mir, neft, tabiiy
56
gaz va uran zaxirasi dunyo energetika balansining asosi hisoblanadi.
Energoresurslarini hozirgi darajada iste’mol qilishda dunyodagi neft zaxirasi — 45–50
yilga, tabiiy gaz — 70–75 yilga, toshko‘mir — 165–170 yilga, qo‘ng‘ir ko‘mir —
450–500 yilga yetishi mumkin. Iqtisodiyotning kelajakdagi rivojlanishi, aholining
o‘sishi va mavjud an’anaviy energiya ta’minoti hisobga olinsa, energiya ta’minoti mos
ravishda ortib boradi. Undan tashqari, qazib olingan yoqilg‘ilarni ishlatish atrof-
muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Oxirgi 5-yil mobaynida quyosh energetikasi sohasiga yo‘naltirilgan yalpi
investitsiyalar hajmi 520 milliard
dollarni, jumladan, faqat 2012-
yilning o‘zida 143 milliard dollarni
tashkil etdi. Quyosh stansiyalari
tomonidan
2012-yilda
ishlab
chiqarilgan jami elektr energiyasi
113
milliard
kilovatt-soatni,
jumladan,
fotoelektr
stansiyalar
bo‘yicha 110 milliard
kilovatt-soatni tashkil etdi. (10-rasm)
Yurtimizning 1-prezidenti I.A. Karimovning “Muqobil energiya manbalarini
yanada rivojlantirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida” gi farmonda izohlaganlaridek,
iqtisodiy taraqqiy etgan va rivojlanib borayotgan mamlakatlarda uglevodorod xom
ashyosining jaxon miqyosidagi zaxiralari kamayib borayotgan sharoitda
iqtisodiyotning barqaror rivojlanishi va raqobatbardoshligini oshirishning eng
muxim omili sifatida muqobil energiya manbalaridan amalda foydalanish bo‘yicha
ishlanmalar jadal suratlar bilan olib borilmoqda.
Hozirgi zamon ilmiy-texnika taraqqiyoti sharoitida shovqin tashqi muhitning
jiddiy salbiy omillaridan biri bo’lib qoldi. Shaharlarning yuksalishi, transport va
10-rasm. Qayta tiklanuvchan energiya manbaalariga
kiritilgan xalqaro investitsiyalar (mlrd $)
57
sanoatning jadal rivojlanishi, ishlab chiqarish va turmushda yangi texnika (kuchli
motorlar, elektr uskunalari, kompressorlar, radio, televidiniya, ro’zg’or asboblari va
boshqalar) ning qo’llanilishi shovqin manbalarining ko’payishiga sabab bo’lmoqda.
Misol qilib olsak Rossiya poytaxti Moskva shahrining 70% hududida shovqin
miqdori me’yordan ortiqdir. Ba’zi aholi yashash joylarida shovqinning me’yoridan
15-25 dBA gacha baland ekanligi kuzatildi. Aholi shikoyatlarinig 32% shovqinnig
balandgiga to’gri keldi. Aholi orasida o’tkazilgan so’rovlar natijasida
shovqinning ekologik muammolar orasida kuchli “uchlik”ka kirishi ma’lum bo’ldi.
Shovqinning salbiy ta’siri muammosi global harakter kasb etadi. Buni Yevropa
yashil komissiyasi keltirgan hisobotidan ham ko’rish mumkin: Yevropa aholisining
20% shovqin miqdori 65 dBA dan yuqori hududlarda, tahminan 40% aholi esa
shovqin miqdori 55-65 dBA bo’lgan hududlarda istiqomat qiladi.
Avtomobil transporti, izli va havo transportlari shaxarlardagi asosiy shovqin
manbalaridir. Shovqin boshqa ko’ngilsiz omillar, chunonchi: tebranma harakat,
chang, tutun, gaz bilan ta’sir etganda odamga kuchli ta’sir qiladi. Ba’zi yirik
shaharlarda shovqin darajasi sanoat shovqini kuchi (80-100 dBA) ga tenglashib
boradi. Shovqin va uning kishilar salomatligiga ko’rsatadigan salbiy ta’siriga qarshi
kurashish xalqaro masalalardan biri hisoblanadi. Hozirgi vaqtda shovqin kasalliklar
sonini ko’paytiruvchi omillardan biri deb qaralmoqda. Olimlar asab, yurak-tomir,
va yara kasalliklarni, shahar axolisida hamda yumushi shovqin bilan bog’liq
bo’lgan ba’zi bir kasbdagi ishchilarda quloq og’irligi kasalliklarining ko’payib
borayotganligini shovqindan deb qaramoqdalar. Shovqin birinchi navbatda eshitish
organini shikastlaydi. Shovqinning doimiy tazyiq etib turishi kishining asabini
buzadi. Dam olish vaqtidagi va uyquda orom olish paytidagi shovqin kishining
salomatligiga juda yomon ta’sir etadi. O’zbekistonda shovqinga qarshi kurashishga
davlat miqyosidagi muammo sifatida qaralmoqda. Odam organizmiga shovqin
ta’sir etishining oldini olish uchun qator tashkiliy, texnik va meditsina tadbirlari
58
ko’riladi. Texnologik uskunalar va turli xil transportlarning shovqinini pasaytirish
tadbirlari muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda, ishlab chiqarish sharoitini
sog’lomlashtirish va kishilarning ayniqsa tungi paytlarda normal dam olishini
ta’minlash bo’yicha kompleks injener-texnik va tashkiliy choralar ishlab
chiqilmoqda. Shunga qaramasdan yurtimizda yil sayin jadal suratlarda ortib
borayotgan avtotransport vositalaridan chiqayotgan shovqinga qarshi kurash
dolzarbligicha qolmoqda.
Bugungi kunda rivojlangan
davlatlarda aholi yashash joylarini
shovqindan
himoyalash
maqsadida, samarali va nisbatan
arzonroq hisoblangan “ekran”
lardan foydalanilmoqda. (11-rasm)
Shovqindan himoyalovchi ekranlar
aholi yashash joylarida shovqin
muammosini sezilarli yoki to’liq darajada bartaraf etibgina qolmasdan, shahardagi
tanqis hisoblanadigan yer maydonlarini tejab, shovqin miqdori me’yoridan ortiq
hududlarda ham aholi yashashi uchun yoki, ijtimoiy soha binolarini qurish
imkonini yaratib beradi.
Birgina Germaniyadagi avtobanlarning o’zida (mahalliy va temir yo’llardan
tashqari) har yili o’rtacha 277 000 m
2
shovqindan himoyalovchi ekranlar
o’rnatiladi. Bu ekranlar barcha normalarni hisobga olgan tarzda o’rnatiladi va
ularning yagona vazifasi shovqindan himoya qilishdir. 1975-2005 yillarda
shovqindan himoyalovchi ekranlar uchun davlat 1,8 mlrd yevroga yaqin mablag’
ajratdi. Xuddi shuncha mablag’ni qurilish firmalari ham sarfladilar. Bu
monofunksiyali inshoot uchun anchagina katta mablag’ deganidir. Ammo haddan
tashqari ko’p bo’lmagan mablag’ bilan bu inshootni ko’p funksiyali qilish imkoni
mavjud.
11-rasm. Shovqindan himoyalovchi ekranlar
59
12-rasm. Shovqindan himoyalovchi ekranlar
Do'stlaringiz bilan baham: |