Birinchisi, transport magistrallaridan tarqalayotgan shovqinni bartaraf etuvchi
tadbirlarni turli omillar talabi bo‘yicha loyihalash;
Ikkinchisi, turli hil himoya uskunalari qurilmalarini qo‘llash;
34
Uchinchisi, transport tezligini pasaytirish va shahar aholi hududidan tashqarida
yordamchi tranzit o‘tkazuvchi ko‘chalar tashkil qilish yordamida transport
shovqinini pasaytirish.
Shaharlarni shovqindan muhofaza qilish chora-tadbirlarida ko‘cha va yo‘llar
atrofida “bino ekranlar” hamda estakada, yo‘l o‘tkazgich va ko‘priklar qurish
joylashtirish yaxshi samara beradi. Shovqinni bartaraf etishda qo‘llaniladigan
ushbu bino-inshoatlarni shovqin tarqalayotgan tomonda ko‘p qavatli garajlar,
ustaxonalar, omborxonalar joylashtirish tavsiya qilinadi. Bunday imoratlar turar-
joylar hududlari uchun shovqindan muhofaza qiluvchi to‘siq vazifasini bajaradi.
Shuningdek, turar joylar hududlarida joylashgan avtomagistrallar 2 barobar
uzoqlashtirilsa, shovqin 3 dBA ga kamayadi. Daraxtlar va butalar shovqindan
muhofaza qilishda ahamiyati uncha katta emas, ya’ni eni 10 metrli oraliq shovqinni
bor-yo‘g‘i 1dBA ga kamaytiradi.
“Tig‘iz payt” soatida ifloslantiruvchi moddalar hamda avtomobil oqimi
tarkibi, yo‘laklarning soni va boshqarish tizimi “Harakatni tashkillashtirish
darajasi” ga bog‘liqligi matematik statistika usullari bilan aniqlanadi.
Avtomobil harakatlanganda shovqin avtomobil dvigateli, shassisi, turli
mexanizmi va qurilmalari hamda inshoatlarning yo‘l qoplamasi bilan o‘zaro ta’siri
natijasida vujudga keladi.
Salbiy oqibatlarsiz inson tomonidan uzoq vaqt davomida eshitilishi mumkin
bo‘lgan shovqin miqdori 80-90dBA ni tashkil etadi.Toshkent ko‘chalarida va
avtomobil yo‘llarining chetlaridagi hududlarda shovqinning darajasi 80-90 dBA va
undan ham yuqori darajada bo‘ladi hamda odamlarning sog‘lig‘iga kuchli ta’sir
ko‘rsatadi. Avtomobil shovqinini pasaytirishda quyidagi usullar ishlatiladi:
- Sirpanuvchi podshipniklarni qo‘llash;
- Shovqin yutuvchi va shovqindan tusuvchi moslamalarni qo‘llash;
35
- Maxsus shovqin yutuvchi konstruksiyalarni qo‘llash;
- Maxsus muhandislik inshoatlarini (ko‘prik, yo‘l o‘tkazgichlar va er osti
yo‘llari)ni qo‘llash zarur.
Shahar turar joy qurilmalarida shovqin manbai asosan avtomobil, tramvay va
temir yo‘l transporti, temir yo‘l transport ob’ektlari, fuqoro aviatsiyasi samolyot
va vertolyotlari, kommunal-transport va sanoat korxonalari, ochiq transformator
podstansiyalari, nasos qurilmalari va qozonxonalar bo‘lishi mumkin.
Turar-joy qurilmalarida shovqin keltirib chiqaruvchi manbalar doim bir
joyda turuvchi, harakatda bo‘lgan, doimiy darajadagi shovqin tarqatadigan va
doimiy bo‘lmagan (uzuq-uzuq) kabi turlarga turkumlanadi.
Doimiy shovqinning me’yorlangan omil tovush bosimi L ning oktavali
darajasi, chastotaning oktavali polosasida dBA bo‘ladi. Doimiy shovqinni
tahminiy baholash uchun tovush darajasi LA, dBA. dan foydalaniladi.
Transport oqimlaridan bo‘lgan tovushning ekvivalent darajasi LA ekv. ni
transport oqimining yaqinroq polosasidan 7,5 m. masofada joylashgan nuqtasi
uchun ko‘cha-yo‘l tarmoqlari kartasining ishlab chiqish qo‘llanmasida keltirilgan
nomogramma bo‘yicha aniqlanishi lozim.
Transport oqimlarining miqdoriy tavsiflari bo‘lmay, ko‘cha va yo‘llarning
toifasi ma’lumotlar bo‘lgan holda, transport shovqining ekvivalent tovush
darajasini 1- jadval (SHNQ 2.07.01-03) bo‘yicha aniqlash lozim.
Jadval 1
Ko‘cha oqimlarining shovqin tavsiflari
Yo‘llar va ko‘chalar
Qatnov qismining
ikkala yo‘nalishda
LA
ekv
, dBA
36
toifalari
harakat tasmalari soni
ekvivalent tovush
darajasi
1
2
3
Tez yurar yo‘llar
Umumshahar ahamiyatidagi
magistral ko‘chalar va yo‘llar:
To‘xtovsiz harakat
Tartibga solinadigan harakat
Tumandagi harakat
Mahalliy ahamiyatidagi
ko‘chalar va yo‘llar:
Turar-joy o‘ylari joylashgan
ko‘chalar
Sanoat va kommunal-ombor
rayonlarning yo‘llari
6
8
6
8
4
6
4
6
2
4
2
4
86
87
84
85
81
82
81
82
73
75
79
81
Jadval 1.1
Relsli transportning shovqin tavsiflari
Relsli
transport
ko‘chma
tarkibining turi
Tovushning ekvivalent darajasi, dBA, harakat intensivligida,
par/soat
1
2
3
4
5
6
8
10 15 20 30
37
Yo‘lovchi poezdi
68
71
73
74
75
76
77 78 80 81
-
YUk poezdi
77
81
82
83
84
85
86 87 89 91
-
Elektropoezd
-
71
72
73
74
75
76 77 79 81 82
Tramvay
-
-
-
60
61
62
63 63 65 66
-
Metropoezd
-
-
-
-
-
63
64 65 67 68 69
Toshkent shahrida xalqaro KMK va mahalliy aeroport mavjud. Aeroport va
aerodromlarni amaldagi talablariga muvofiq seliteb hududdan uchish havfsizligini
va davlat standartlari belgilagan yo‘l qo‘yiluvchi aviatsiya shovqinini ta’minlovchi
masofaga joylashtiriladi.(Jadval 1.2)
Jadval 1.2
Ta’sir vaqti
Tovushning maksimal darajasi (dBA)
Kunduzi soat 7 dan 23 gacha
85
Kechasi soat 23 dan 6 gacha
75
Toshkent shahrida aeropot shahar ichiga kirib qolgan samolyotlarning
uchish trassalari turar-joy qurilmalaridan tashqarida, suv havzalari, ko‘m-ko‘k
maysazorlar, sanitar-himoya zonalari, avtomobil va temir yo‘llarning ajratish
polosalari ustida qilinishi lozim.
Temir yo‘l magistrali atrofida joylashgan shaharda yuk poezdlarini
shaharga kiritmay o‘tkazib yuborish uchun aylanib o‘tadigan temir yo‘l ko‘zda
tutilishi lozim.
Toshkent yirik shahar bo‘lganligi uchun shaharda Quyliq, Sergeli uzoq
rayonlar va markaz orasidagi aloqa uchun mo‘ljallangan tezyurar avtoyo‘llar
38
barpo etish istiqbolli ko‘rinadi. Tezyurar avtoyo‘llarning shakllantirishni
ekologik ahamiyati quyidagilardan iborat:
- shaharlararo tranzitning katta qismini shahar hududi atrofidagi aylanma
va halqa yo‘llar tizimiga jalb etish;
-bosh transport oqimlarini markaziy rayonlardan ajratish (urinma halqa
yo‘llar);
- agarda murakkab relef sharoitida qurilishlar adir joylarda shunday
joylashishi kerak. Bunda magistral qurilishdan yuqoriroq yoki qurilish
magistraldan yuqorida joylashishi lozim.
Yo‘l atrofidagi shovqindan himoyalash inshootlariga quyidagilar
taaluqlidir:
- to‘kmada joylashgan magistral yo‘llar;
- qazilmada joylashgan magistral yo‘llar;
- estakadada joylashgan magistral yo‘llar.
Bunda shaharning er osti fazosidan foydalanishlari va transportni
piyodalardan ajralishi yuz beradi, ya’ni piyoda makoni vujudga keladi.
Aholi yashash zonasini shovqindan himoyalash nuqtai nazaridan
zonalashtirish tamoyili samaradorliroq hisoblanadi.
Shovqindan himoyalash maqsadida magistral hududlarni mintaqalash.
A-magistral oldi hududini mintaqalashtirish sxemasi (Fransiya):
I-II-tuproq kavalerini o‘z ichiga olgan shovqindan himoyalash poyaslari:
1- shovqin manbai
2- aholiga xizmat ko‘rsatuvchi zararsiz sanoat korxonalari va muassasalar;
39
3- qavatlari bo‘yicha mintaqalangan va turar joy xonalari bir tarafga
yo‘naltirilgan turar-joy qurilishi.
Magistrallararo hududning ichkariga qarab turar-joy binolari qavatlilik sonini
asta-sekin oshirib borish tamoyili ham samarali hisoblanadi.
Horijda yo‘llarni ketma-ket «ajratish» (huddi daraxt shoxlari kabi), piyoda va
transport yo‘llarini ajratib, harakatning beto‘xtovligiga va oqimliligiga erishish
orqali bog‘lamlar soni eng kam bo‘lishi bilan tavsiflanadigan (undagi
bog‘lanishning yagona shakli odatdagi chorraha o‘rniga oddiy birikuv) ko‘cha-yo‘l
tarmog‘i qurilishning organik tizimi keng tarqalgandir.
Mazkur sohada olib borilgan nazariy ishlar tadqiqot natijalari tahlili bo‘yicha
quyidagi tavsiyalarni belgilash mumkin:
1. Toshkent shahar hududidagi unumli foydalanish maqsadida kichik
ko‘chalarni seyraklashtirish, shuningdek, himoya inshoatlarini ko’paytirish;
2. Turar-joylarda transport harakati zichligi oshib ketganda uning ta’sirini
kamaytirish maqsadida transport oqimlarining boshqa yordamchi ko‘chalar
orqali boshqarish;
3. Imkon qadar ko‘priklar qurish orqali transport tugunlarini echish zarur.
Shovqindan himoya qilish nuqtai nazaridan 1-variantga qiyosiy qulayligi baho
berilgan bo‘lsa, bunda transport vositalarining umum shahar miqyosidagi
ko‘chalardagi harakati jarayonida shovqinning darajasi keskin ortib ketmaydi.
Parallel magistrallar ko‘chalar orasidagi masofaning kengayib borishi bilan
shovqindan himoya qilish choralari son ehtiyoji kamayib boradi yoki aholi uchun
noqulay sharoit maydon ham kamayib boradi. N. K. Kryushinning tavsiyalariga
binoan magistrallar orasidagi maydon 20 dan 100 GA bo‘lishi maqsadga
muvofiqdir. Bunda noqulay sharoitda yashayotgan aholi soni maydonlarining
kattalashuvi shahar transporti faoliyatiga noqulaylik muammolarini keltirib
40
chiqaradi va maxsus ravishda transport tarmoqlarini qurishni talab qiladi. SHuning
uchun, shaharning ko‘cha-yo‘l tarmoqlarini siyraklashtirishda chiziqli zichlik
miqdorini 1.5 km/km2 atrofida chegaralanishi N.K.Kryushinning tadqiqotlarida o‘z
isbotini topgan.
Barcha turdagi shaharlararo, shahar ichi, shahar atrofidagi transport
vositalarining rivojlanishi bilan transportning atrof muhitga bo‘lgan nomaqbul
ta’sirlari
(akustik
diskomfort,
tebranish,
zararli
gazlar,
transport
kommunikatsiyalari
yotqizilish
natijasida
tabiat
majmuasidan
ekologik
aloqalarning buzulishi) bilan bog‘liq ekologik va gigienik masalalarning
murakkabligi oshib bormoqda.
Transport tizimining turli unsurlari atrof muxitga o‘zining tavsifi va
masshtabi bo‘yicha turlicha ta’sir ko‘rsatadi. (jadval 1.3)
Jadval 1.3
Nomaqbul
ta’sirning turi
Avto
Temir
yo‘l
Suv
transpor
ti
Havo
transp
orti
Metro
poli-
ten
Tramv
ay
Mono
rels
1.Havoning
ifloslanishi
Q
q
Q
Q
-
-
-
2.To‘proqning
ifloslanishi
Q
-
-
Q
-
-
-
3.Suvning
ifloslanishi
Q
-
Q
-
-
-
-
4.Shovqin
Q
q
Q
Q
Q
Q
-
5.Tebranish
Q
q
-
-
Q
Q
Q
41
6.Elektromagniti
k
-
-
-
-
Q
-
Q
7.Xudud
tuzilishining
geomorfologik
buzulishi
-
-
-
-
Q
-
-
Transportning nomaqbul ta’sirini neytrallashni ta’minlaydigan asosiy
rejalashtirilgan yo‘l - xududiy ajratishlar. CHunonchi guruhlangan joylashtirish
tizimda transport aloqasini shakllantirish vaqtida qimmatli landshaftlar, qishloq
xo‘jaligi va o‘rmonlar xududdan transport aloqalarning chiziqli unsurlari uchun
trassalashga yo‘l qo‘yilmaydi.
Shaharsozlikda istiqboldagi transport muammolarini echish barcha turdagi
xalqaro, shahar ichidagi va shahar atrofidagi transport (temir yo‘l, avtomobil, havo
va dengiz transporti)ning rivojlanganligiga bog‘liq bo‘ladi. O‘z navbatida, yirik
shaharlardagi transport infrastrukturasi-ning rivojlanishi uning ta’sirida atrof-
muhitga ko‘rsatiladigan noxush ta’sirlar (akustik diskomfort, vibratsiya,
transportning
atrof-muhitni
ifloslantirishi,
transport
kommunikatsiyalarini
joylashtirishda tabiiylikning kamayishi evaziga ekologiyaning buzilishi va h.k.)
ushbu shaharning ekologik va gigienik masalalarini echish ahamiyatini oshiradi.
Shaharsozlik me’yorlarida mikrorayon qurilish chizig‘ini, masalan, shahar
magistral ko‘chasining qatnov qismidan 30m gacha uzoqlashtirish mumkin. Bu
masofada shovqin darajasi taxminan 8 dBA gacha pasayishi mumkin. Biroq,
shaharlarda er tanqisligini hisobga olgan holda bu echimni hamma joyda ham
qullab bo‘lmaydi. Rivojlangan mamlakatlarda bu masala tezkor ko‘cha va yo‘llar
atrofida maxsus shovqin qataruvchi ekranlarni qurish bilan echiladi. Shovqindan
himoyalovchi ekranlarning samaradorligi juda yuqori bo‘lib, muhimi, turarjoy
maskanlarida uchun komfort sharoitni yaratgan holda, shahar erlarini tejaydi.
42
Respublikmizda shaharlarida hozirgi kunda transport shovqinidan saqlash
asosan, ko‘kalamzorlashtirish yordamida amalga oshirilmoqda. Transport qatnov
qismidan himoyalovchi 1-2 qatorli buta va daraxtlarning shovqindan himoyalash
samarasi juda past bo‘lib, taxminan 2-3 dBA ni tashkil etadi.
Transport shovqinidan himoyalashning eng samarali yo‘li shaharning bosh
rejasi ishlanishida e’tibordan chetda qolmasligi kerak. Masalan, aeroportlarning
kategoriyasi bo‘yicha shahardan me’yoriy talabda belgilangan uzoqlikda
joylashtirish, turli yuk tashuvchi trassalarni maxsus himoya zonalar orqali utkazish,
shaharni aylanib utishi, tezkor yo‘llarni boshqa ko‘cha va yo‘llardan himoyalash va
turli sathlarda tashkil etish, maxsus sanitar zonalarga rioya qilish, turar-joylarni
shovqindan himoyalash vositasida himoya ekranlaridan foydalanish maqsadga
muvofiqdir.
Jadval 1.4 – Shovqindan himoya qiluvchi inshootlar klassifikatsiyasi
Mezon
Do'stlaringiz bilan baham: |