ta’siriga qarshi kurashish xalqaro masalalardan biri hisoblanadi. Hozirgi vaqtda
shovqin kasalliklar sonini ko’paytiruvchi omillardan biri deb qaralmoqda. Olimlar
asab, yurak-tomir, va yara kasalliklarni, shahar axolisida hamda yumushi shovqin
bilan bog’liq bo’lgan ba’zi bir kasbdagi ishchilarda quloq og’irligi kasalliklarining
navbatda eshitish organini shikastlaydi. Odam qulog’ining eshitish apparati
hujayralari va nervlariga ta’sir etadigan kuchli shovqinga qarshi hech qanday
sun’iy himoya yo’q. Tovushni izolyatsiyalaydigan vositalari yo’q sharoitlarda
odamning jismoniy va aqliy ish qobiliyati pasayadi.
28
Shovqin markaziy nerv sistemasiga yomon ta’sir etib, bosh miya po’stlog’i
hujayralarini holdan toydiradi. Shovqin ta’sirida kishi yaxshi uxlay olmaydi, tez
charchab qoladi, diqqat-e’tibori susayadi, harakat uyg’unligi, gavda muvozanati
buziladi, umumiy ish qobiliyati va mehnat unumdorligi pasayadi. Shovqinning
organizmga uzoq vaqt ta’sir etishi natijasida markaziy nerv sistemasi faoliyatining
buzilishi gipertoniya kasalligini paydo qiluvchi omillardan biridir. Shovqinning
doimiy tazyiq etib turishi kishining asabini buzadi. Dam olish vaqtidagi va uyquda
orom olib kuchga-kuch qo’shilish paytidagi shovqin kishining salomatligiga juda
yomon ta’sir etadi.
Ko’pgina davlatlarda, xususan, O’zbekistonda shovqinga qarshi kurashish
hamda uning ta’sir etish darajasini kamaytirish dolzarb muammoga aylanmoqda.
Bunda texnologik uskunalar, transport vositalarining shovqinini pasaytirish chora-
tadbirlari muvaffaqqiyatli amalga oshirilmoqda. Ishlab chiqarish sharoitini
sog’lomlashtirish va kishilarning, ayniqsa, tungi paytlarda normal dam olishini
ta’minlash bo’yicha kompleks injener-texnik va tashkiliy chora-tadbirlar ishlab
chiqilmoqda.
Shovqin uni keltirib chiqaruvchi sabablarga ko’ra turli usul va vositalar
yordamida pasaytiriladi. Shovqindan himoyalanish maqsadida texnik choralar,
me’morchilik va loyihalash ishlari, ma’muriy choralar, tarbiyaviy ishlar olib
boriladi. Texnik choralar olib borishda transport vositalaridan chiqadigan
shovqinlarni kamaytirish maqsadida ular texnik tomondan takomillashtiriladi.
Loyihalash ishlarida shaharni qurishda shovqinni kamaytirish uchun nimalarga
e’tibor berish kerakligi aniqlab loyiha tuziladi. Ma’muriy choralar tizimida ortiqcha
shovqin chiqarmaslik to’g’risida maxsus qaror va standartlar ishlab chiqilgan.
Tarbiyaviy choralarni olib borishda kishilar jamoat joylarida o’zlarini qanday
tutishlari, boshqalarga xalaqit qilmaslik qoidalari o’rgatiladi. Shuningdek,
shovqinni kamaytirish maqsadida yo’llarni kengaytirish, ko’kalamzorlashtirish
29
ishlari amalga oshiriladi. Chunki yo’lning 1 metr kengayishi shovqinni 4-6 dB ga
kamaytiradi, daraxtlar va boshqa o’simliklar esa shovqinni yutadi.
Yevropa tadiqot loyihasi NORAH (Noise-Related Annoyance, Cognition,
and
Health)
doirasida
nemis
olimlari
tadqiqot
o'tkazib,
odamlar
mashinalarning shovqiniga qanchalik ko'p uchrasalar, ularda yurak xuruji
paydo bo'lishi ehtimoli shunchalik ko'proq bo'lishini aniqladilar. Tadqiqot
Deutsches Ärzteblatt International portalida chop etildi.
Tadqiqot davomida olimlar Reyn-Mayn hududida yashovchi aholi
haqidagi ma`lumotlarni tahlil qilib va ularni avtomobillar, poyezd va
aerodromlar yaqinida yashovchilardan ajratib, bunday odamlarning yashash
manzili va 2014-2015 yillarda yurak xurujidan o'lish darajasi o'rtasida
bog'liqlik borligini aniqladilar. Bunda eng kam xatar samolyotlar shovqinini
eshituvchilarda aniqlandi, olimlarning fikricha, buning sababi avtomobil va
poyezdlardan farqli, samolyotlar shovqini 65 dB dan ko'proq darajada
saqlanmaydi.
Olimlarning fikricha, aniqlangan natijalar bunday shovqin nafaqat yurak
xurujiga moyillikning paydo bo'lishi sababi hisoblanishi, balki uning
rivojlanishiga ta`sir qilishidan darak bermoqda va shuning uchun transport
shovqinini bartaraf etish uchun tegishli choralar qabul qilish lozim.