N. M. Kayumova


 Karimova O. Huquqshunoslik. Toshkent, 2009



Download 18,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet152/423
Sana28.06.2021
Hajmi18,65 Mb.
#103948
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   423
Bog'liq
Maktabgacha pedagogika F.Qodirova 2019

13 Karimova O. Huquqshunoslik. Toshkent, 2009.

273


amalga  oshiriladi.  Voyaga  yetmagan  bola  qonunga  muvofiq 

to'la muomala layoqatiga  ega  deb  e'tirof etilsa,  u  o'z huquq va 

majburiyatlarini, himoya huquqini mustaqil amalga oshirishga 

haqlidir.  Oilada  bolaga  taalluqli  har  qanday  masala  hal 

etilayotganida bola o'z fikrini bildirishga, so'zlashga haqlidir.

Bolaning familiyasi ota-onaning familiyasiga qarab belgila­

nadi.  Ota-ona  turli  familiyada  bo'lganda  ota-onaning kelishu- 

viga binoan bolaga ota yoki  onaning familiyasi beriladi.  Milliy 

an'analarga muvofiq boboning ismi  bo'yicha  familiya berilishi 

mumkin.


Fuqarolik  holati  dalolatnomalarini  qayd  etish  bo'limi 

ota-onaning  birgalikdagi  arizalariga  binoan  bola  16  yoshga 

to'lguncha  uning  manfaatlarini  e'tiborga  olib,  uning  ismini 

o'zgartirishga (ota yoki onaning) haqlidir.

Ota-onalar o'z farzandlariga teng huquq va majburiyatlarga 

egadirlar.  Nikohda  bo'lmagan,  voyaga  yetmagan  bolalari 

bo'lgan  ota-onalarning  bolalari  16  yoshga  to'lishlari  bilan 

ota-onalik  huquqlarini  mustaqil  ravishda  amalga  oshirishga 

haqlidir.  Ota-ona  o'z  bolalarining  sog'lig'i,  jismoniy,  ruhiy, 

ma’naviy  va  axloqiy  kamoliga  g'amxo'rlik  qiladi  va  buning 

uchun javobgar hisoblanadi.

Ota-onalik huquqlarini  amalga  oshirishda  bolaga  nisbatan 

shafqatsizlik,  qo'pollik,  mensimaslik, jismoniy qadr-qimmatni 

kamsitish,  haqoratlash  yoki  ekspluatatsiya  qilish  qonunga 

ziddir.  Farzandlar  oldidagi  burchlarni  bajarmasalar  ota- 

onalikdan sud qarori orqali mahrum qilinadi.

Oila munosabatlari O'zbekiston Respublikasi “Oila Kodeksi"- 

da ham o'z ifodasini topgan. Quyidagi hollarda ota-onalar ota- 

onalikdan mahrum etiladi:

-   Ota-onalik  majburiyatlarini  bajarishdan  bosh  tortish, 

aliment to'lashdan bo'yin tovlash;

-   O'z  bolasini  uzrsiz  sabablarga  ko'ra  tug'ruqxona  va 

boshqa muassasalardan olishdan bosh tortsa;

-   Bolalarga  nisbatan  shafqatsiz  munosabatda  bo'lsa, 

jumladan, jismoniy, iqtisodiy, ruhiy ta’sir ko'rsatilganda;

274



-   Surunkali  ravishda  ichkilikbozlik  yoki  giyohvandlikga

mubtalo bo'lgan taqdirda;

-   O'z  bolalaririing  hayoti,  sog'lig'i yoki  er-xotinning hayoti,

sog'lig'iga  qarshi  qasddan  jinoyat  sodir  etilganda  ota- 

onalik huquqidan mahrum qilinadi.

Farzandlar  voyaga  yetgandan  keyin  o'z  ota-onalariga 

g'amxo'rlik  qilishlari  lozim.  Maktabgacha  ta'lim  bo'yicha 

qabul  qilingan  qonunlar  va  me'yoriy  hujjatlar  bilan  ishlash 

jarayonida  biz  vasiylik  va  homiylik  kabi  iborani  uchratamiz. 

Vasiylik va homiylik tuman yoki shahar hokimiyatining qarori 

bilan belgilanadi.

Vasiylik  -   14  yoshga  to'lmagan  va  sud  tomonidan  ruhiy 

kasalligi yoki zaifligi tufayli muomalaga layoqatsiz deb topilgan 

shaxslarga belgilanadi.

Homiylik  -   14  yoshdan  18  yoshgacha  bo'lgan  o'smirlarga 

hamda  kasalligi  tufayli  mustaqil  ravishda  o'z  huquqlarini 

amalga  oshira  olmaydigan  voyaga  yetgan  shaxslarga, 

shuningdek  sud  tomonidan  layoqati  cheklangan  shaxslarga 

nisbatan belgilanadi.

Maktabgacha  pedagogika  fanini  talabalarga  o'qitish 

jarayonida ularda O'zbekiston davlati tomonidan qabul qilingan 

qonunlarga  nisbatan  yuksak  hurmat  tuyg'usini  uyg'otish 

va  o'z  hayotida  ulardan  oqilona  foydalanish  ko'nikmalarini 

shaklllantirish muhim vazifadir.




Download 18,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   423




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish