Oilada huquqiy munosabatlarning maqsad va vazifalari.
Ma'lumki, inson oilada rivojlanadi va kamol topadi. Oila bu
ota-ona, er-xotin, farzandlarva qarindosh-urug'lardan tuzilgan
jamoa bo'lib, oila a'zolari o'rtasida mulkiy va shaxsiy huquq,
majburiyatlarini vujudga keltiradi. O'zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasining XIV - "Oila" bobida oila jamiyatning asosiy
bo'g'inidir hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo'lish
huquqiga ega deyilgan. Oila qonunlarining asosiy vazifalari
oilani mustahkamlash, oilaviy munosabatlarni ishonch,
hurmat, hamjihatlik, bir-biriga yordam berish, oila oldidagi
burch va majburiyatlarini his qilish va o'z huquqlarini himoya
qilishdan iboratdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |