N. M. Kayumova


"Bola huquqlari Deklaratsiyasi1' bo'yicha asosiy sanalar



Download 18,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet160/423
Sana28.06.2021
Hajmi18,65 Mb.
#103948
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   423
Bog'liq
Maktabgacha pedagogika F.Qodirova 2019

"Bola huquqlari Deklaratsiyasi1' bo'yicha asosiy sanalar:

1923-yil  -   Birinchi  “Bola  huquqlari  Deklaratsiyasi”  qabul 

qilindi.

1924  yil  -   "Bola  huquqlari  Jeneva  Deklaratsiyasi"  Millatlar 

ittifoqi tomonidan qabul qilindi.

1948-yil  -   Birlashgan  Millatlar  Tashkilotining  Bosh 

Assambleyasi  "Inson  huquqlari  haqidagi  umummilliy  dekla- 

ratsiya"ni qabul qildi.

1959-yil  -   Birlashgan  Millatlar  Tashkiloti  ikkinchi  "Bola 

huquqlari Deklaratsiya" sini qabul qildi.

1978-yiI  -   Polsha  hukumati  "Bola  huquqlari  haqida 

Konvensiya”ning  yangi  loyihasini  ishlab  chiqadi  va  uni  BMT



289


ning inson huquqlari bo'yicha hay'atga o'rganib  chiqish uchun 

tavsiya etadi.

1979-yil  -   Xalqaro  bolalar  yilida  "Bola  huquqlari  haqida 

Konvensiya" matnini ishlab chiqish uchun muvofiqlashtirilgan 

ishchi  guruh  tuzildi.  10  yil  davomida bu  guruh  izchillik bilan 

mulohaza va muzokaralar ustida ish olib bordi.

1989-yil  20-noyabrda -   Birlashgan  Millatlar Tashkilotining 

Bosh  Assambleyasi  tomonidan  "Bola  huquqlari  haqida 

Konvensiya" qabul qilindi.

1990-yil  2-sentabrda  -   Konvensiya  xalqaro  qonun  sifatida 

kuchga kirdi.

Deklaratsiya  ruhini  saqlab  qolgan  ushbu  "Bola  huquqlari 

to'g'risidagi  Konvensiya"  oxirgi  30-yillar  ichida  kelib  chiqqan 

zamonaviy muammolarni:

-  Atrof-muhitni muhofaza qilish;

-  Giyohvand moddalardan saqlanish;

-  Turli  xildagi  bolalar  zo'ravonligining  oldini  olish  kabi 

muammolarni o'zidaifoda etadi.

O'zbekiston  Respublikasi  1992-yilda  Birlashgan  Millatlar 

Tashkilotiga  a'zo  bo'ldi  va  “Bola  huquqlari  to'g'risidagi 

Konvensiya" bo'yicha xalqaro shartnoma tuzdi.

Maktabgacha ta'lim tizimida  Konvensiya haqida tushuncha 

va bilim berish  dastlabki jiddiy qadam hisoblanib,  u bolalarga 

nafaqat  odob-axloq  me'yorlariga  rioya  qilish  kafolatini 

beribgina  qolmay,  balki  uni  qonunga  mos  ravishda  harakat 

qilishga undaydi.

Ta'lim-tarbiyaviy jarayonda “Konvensiya" dan foydalanishda 

tarbiyachi tomonidan quyidagi ishlar amalga oshiriladi:

1. Bola  huquqlarini  o'rganish  -   bunda  muammo  bo'yicha 

axborot materiallarni tanlash, ularni o'rganish, tahlil qilish;

2.To'plangan  materiallarga  e'tibor  qaratish  -   istiqbolli 

yo'nalishlar  bilan  tanishish,  huquqiy  muammolarni  insonlar 

tomonidan  qabul  qilinish  hissini  shakllantirish,  xayrixohlik 

hissini tarbiyalash, mashg'ulotlarga qiziqishini rivojiantirish.



290


3. 

Bolalar  muayyan  hayotda  ro'y  berayotgan  jarayonlarda 

ishtirok  etishlari  orqali  kichik  muammolardan  global 

muammolar  kelib  chikishini,  ular  ham  dunyoda  adolat 

va  konstruktiv  o'zgarishlar  bo'lishi  uchun  qilinayotgan 

harakatlarda 

ishtirok 

etayotganlarini 

his 

qilishlari 



shakllantiriladi.

Bu  jarayonlarda  bolalar  inson  huquqlari  bu  -   ulardan 

uzoqdagi  qandaydir  kishilarning  huquqlari. bo'lgan  mavhum 

tushuncha emas, balki o'zlari yashab turgan muayyan muhitga 

tegishli ekanligini tushunadilar.

“Bola  huquqlari  to'g'risidagi  Konvensiya"ning  asosiy 

vazifalari:

-  Yer  yuzida  erkinlik,  adolat  va  tinchlikning  asosi  -   teng 

huquqlilik,  jamiyat  a'zolarining  o'ziga  xos  bo'lgan  qadr- 

qimmatini ta'minlashni ifoda etadi;

-  Insonning asosiy huquqlariga,  inson  shaxsining  sha'ni va 

qadr-qimmatiga bo'lgan ishonchlarini tasdiqlaydi;

-  Har  bir  insonning  irqi,  jinsi,  terisining  rangi,  tili,  dini, 

siyosiy va boshqa e'tiqodlari, milliy yoki ijtimoiy kelib chikishi, 

mulkiy  ahvoli,  tug'ilishi  va  boshqa  holatlar  bilan  bog'liq 

belgilariga qarab har qanday tafovutdan qat'iy nazar o'z huquq 

va erkinliklariga ega ekanligini tasdiqlaydi;

-  Har bir bolaning sog'lom va har tomonlama uyg'unlashgan 

kamoloti uchun u oila g'amxo'rligida, baxt, mehr-muhabbat va 

ongli tushunilish vaziyatida o'sishi zarurligini ta'minlaydi;

-  Bolani  jamiyatda  mustaqil  hayotga  to'la  tayyorlashni, 

ularning farovonligi masalalariga e'tibor qaratadi;

-  Maxsus  tarbiyaga  muhtoj  bolalarga  tug'ilgunga  qadar va 

tug'ilgandan keyin ham munosib darajada g'amxo'rlik qiladi;

-  Bolaning himoya  qilinishi va  uyg'un  ravishda  rivojlanishi 

uchun shart-sharoitlar yaratadi;

-  Bolalarning  turmush  sharoitlarini  yaxshilash  uchun 

zaruriy  chora-tadbirlarni  amalga  oshirish  Konvensiyaning 

asosiy mazmun-mohiyatidan iboratdir.

291



Konvensiyada 

bolalarning  huquq 

va 

majburiyatlari 



quyidagicha aks etadi:

-  “18  yoshga  to'lmagan  har  bir  inson  bola  hisoblanadi. 

Barcha  huquqlar  hamma  bolalarga  taalluqli. 

Bolalar 


diskriminatsiyaning  barcha 

shakllaridan 

himoyalangan 

bo'lishlari  shart"  -   deyiladi.  Bunda voyaga yetganlik yoshi  18 

yosh deb belgilanishi ta'kidlanadi.

-  Har bir bola uchun ko'zda tutilgan barcha huquqlarni, hech 

qanday  kamsitishlarsiz,  irqi,  terisining  rangi,  jinsi,  tili,  dini, 

siyosiy yoki boshqa e'tiqodlari, milliy, etnik yoki ijtimoiy kelib 

chikishi, mulkiy ahvoli, bolaning sog'lig'i va tug'ilishi, uning ota- 

onasi  yoki  huquqiy vasiysi  yoki  biron  bir  boshqa  holatlardan 

qat'iy nazar hurmat qiladilar hamda shu huquqlarni ta'minlab 

beradilar.

Ishtirokchi  davlatlar bola,  uning  ota-onasi,  qonuniy vasiysi 

yoki  boshqa  oila  a'zolarining  qarashlari  yoki  e'tiqodida 

o'z  ifodasini  topadigan  maqom,  faoliyat  asosida  kamsitish 

yoki  jazolashning  barcha  shakllaridan  bolaning  himoyasini 

ta’minlash uchun zarur choralarni ko'radilar.

-  3-modda  -   Bolalarga  nisbatan  barcha  xatti-harakatlarda 

bolaning  manfaatlari  yaxshiroq  ta'minlanishiga  birinchi 

navbatda  e'tibor qaratilishi.  Bolaning  farovonligi  uchun  zarur 

hisoblangan himoya va g'amxo'rlik bilan ta'minlash, ota-onasi 

yoki  vasiysiga  ularning  huquq  va  majburiyatlarini  e'tiborda 

tutishni  oladilar,  qonuniy  va  ma'muriy  chora-tadbirlarni 

ko'radilar.  Bolalar  haqida  g'amxo'rlik  ko'rsatish  va  ularni 

himoya  qilish  uchun  mas'ul  hisoblanga  vakolat  organlari 

tomonidan  belgilab  qo'yilgan  me'yorlarga,  xususan  xavfsizlik 

va sog'liqni saqlash talablariga javob berish.

-  4-modda  -   Iqtisodiy  ijtimoiy  va  madaniy  huquqlar 

imkoniyatlaridan foydalanish.

-  5-modda -  Davlat ota-onalar huquqi va burchlarini hurmat 

qilishi  va  ularning  bolalarning  rivojlanish  qobiliyatlariga 

muvofiq holda nazorat qila olishlarini ta'minlashi lozim.



292


-  6-modda  -   Har  bir  bola  hayot kechirish  huquqiga  ega  va 

davlat bolaning rivojlanishi hamda yashay olishini ta'minlashga 

majbur.

-  7-modda  -   Bola  tug'ilgan  zahoti  ro'yxatga  olinadi  va 

tug'ilgan daqiqalaridan boshlab ism bilan atalishi va fuqarolikga 

ega  bo'lishi,  ularning  g'amxo'rliklaridan  bahramand  bo'lish 

huquqlarini  olishga  haqli  hisoblanadi.  Davlat  bunday 

huquqlarni  o'z  milliy  qonunchiliklariga  muvofiq  amalga 

oshiradi.  Har bir bola  o'z  ismiga,  millafiga  ega bo'lishi  hamda 

o'z  ota-onasini  bilish  va  ularning  vasiyligi  huquqlariga  ega. 

Bolaning  tug'ilganligi  haqidagi  guvohnomasi  -   bola  shaxsini 

tasdiqlovchi hujjatdir.

-  8-modda -  Bolaning o'z individualligi, jumladan, fuqaroligi, 

ismi  va  oilaviy  aloqalaridan  g'ayriqonuniy  ravishda  mahrum 

etilgan bo'lsa, davlat bolani himoya qilishi va zarur bo'lsa uning 

shaxsini  aniqlab  berishi  shart.  Bu  bolaning  ismini,  millatini, 

oilaviy aloqalarini tiklashni o'z ichiga oladi.

-  9-modda  -   Davlat  bola  o'z  ota-onasidan  ularning 

xohishlariga zid ravishda ayrilib qolmasligini ta’minlaydi, ota- 

onaning  bittasida  yoki  har  ikkisidan  ham  ayrilgan  bolaning 

ular  bilan  muntazam  ravishda  shaxsiy  munosabatlar  yoki 

to'g'ridan-to'g'ri  aloqalar  bog'lab  turish  huquqini  hurmat 

qiladi. Bola uchun zararli bo'lgan hollardan tashqari vaziyatda 

u ota-ona bilan yashash huquqiga ega.

-  10-modda  -   Bola yoki  uning ota-onasi  oilani birlashtirish 

maqsadida boshqa davlatga kirish yohud undan chiqish uchun 

bergan  arizalari  shu  davlat  tomonidan  ijobiy,  insonparvarlik 

ruhida va tezkorlik bilan ko'rib chiqilishi lozim. Ota-onasi turli 

davlatlarda yashayotgan bola alohida holatlardan tashqari ota- 

onasi bilan muntazam ravishda shaxsiy munosabatlar, aloqalar 

bog'lab turish huquqiga egadir.

-  11-modda  -   Davlat  bolalarning  g'ayriqonuniy  ravishda 

ko'chirilishiga va  chet eldan  qaytmasligiga  qarshi  kurash  olib 

borish  chora-tadbirlarini  ko'radi.  Bolani  chegara  ortida  ota-



293


onalardan  biri  yoki  boshqa  uchinchi  shaxs  tomonidan  ushlab 

turgani  yoki  bolalarni  o'g'irlagani  uchun  jazo  berishi  va 

ularning oldini olishi shart.

-  12-modda  -   Bolaga  taalluqli  bo'lgan  barcha  masalalar 

bo'yicha  erkin  fikr  bildirishi  va  bu  fikrlar  inobatga  olinishi 

shart.


-  13-modda  -   Bolalar  har  qanday  chegaralardan  qat'iy 

nazar  ularni  qiziqtiruvchi  ma'lumotlarni  olish  hamda  o'z 

nuqtayi  nazarlarini  aytish  huquqiga  egadirlar.  Bular  bola 

shaxsi  huquqlari va  obro'sini  hurmat qilish,  davlat xavfsizligi 

yoki  jamoat  tartibini,  aholining  sog'lig'i  yoki  ma'naviyatini 

muhofaza qilish imkoniyatini yaratadi.

-  14-modda - Davlat bolaning fikrlash, vijdon va din erkinligi 

huquqini  hurmat  qiladi.  Ota-ona  yoki  qonuniy  vasiylarning 

bolaga, uning rivojlanayotganqobiliyatlariga muvofiq keladigan 

usul  orqali  bola  huquqini  amalga  oshirishda  rahbarlik  qilish 

huquqiga egadirlar.

-  15-modda 

-  

Bolaning 



assotsiatsiya 

yig'ilishlar 

huquqini,  ya'ni  bolalar  boshqalar  bilan  uchrashish  huquqiga, 

tashkilotlardan  chiqish  yoki  ularni  o'zlari  tuzish  huquqiga 

egalar.

-  16-modda -  Bolalar o'z shaxsiy hayotlariga, uy-joy daxlsiz- 

ligi  yoki  pochta  orqali  yuboriladigan  narsalarning  maxfiyli- 

giga bo'lgan huquqi amalga oshirilishiga o'zboshimchalik bilan 

yoki  qonunga  zid  ravishda  aralashish  yoxud  uning  sha'ni  va 

obro'siga g'ayriqonuniy tajovuz qilish obyekti bo'lishi mumkin 

emas. Bola qonun yo'li bilan himoyalanish huquqiga egadir.

-  17-modda  -   Davlat  ommaviy  axborot  vositalarining 

muhim mavqeyini  e'tirof etadi.  Bola turli xil  milliy va xalqaro 

manbalarning axborotlari hamda materiallari, ayniqsa ijtimoiy, 

ma'naviy va axloqiy farovonlik, shuningdek, bolaning sog'lom, 

jismoniy  va  ruhiy  rivojlanishiga  ko'maklashishga  qaratilgan 

axborotlardan  bahramand  bo'lishini  ta'minlaydi,  salbiy  ta'sir 

qiluvchi materiallardan himoyalanish huquqini beradi.

-  18-modda  -   Bola  tarbiyalanishi  va  rivojlanishi  uchun

294



ota-onaning  umumiy bir xil javobgarligi,  bolaning  eng yaxshi 

manfaatlari ular ko'rsatadigan asosiy g'amxo'rlikning predmeti 

hisoblanadi.  Bunda  davlat  ota-onalarni  qo'llab-quvvatlaydi 

va  bolalar  muassasalari  tarmog'ini  rivojlanishini  ta'minlaydi. 

Ota-onasi  ishlaydigan  bolalar  uchun  mo'ljallangan  xizmatlar 

hamda bola parvarish qilinadigan muassasalardan foydalanish 

huquqi beriladi.

-  19-modda  -   Davlat  bolaning  jismoniy  va  ruhiy 

zo'ravonlikning,  haqoratlash  va  suiiste'molliklar,  g'amxo'rlik 

ko'rsatmaslik yoki beparvolik bilan muomalada bo'lish, qo'pol 

muomala qilish yoki ota-ona, qonuniy vasiylar yoki bola haqida 

g'amxo'rlik  qiluvchi  har  qanday  boshqa  shaxs  tomonidan 

ekspluatatsiya  qilish, jumladan,  shahvoniy suiiste'molliklarga 

qarshi  zaruriy  qonuniy,  ma'muriy,  ijtimoiy  va  ma'rifiy  chora- 

tadbirlarni ko'radi.

Davlat zo'ravonlikni oldini olish va bundan jafo ko'rganlarni 

himoya qilish dasturlarini ishlab chikishi zarur.

-  20-modda  -   Oila  mahrumligidan  vaqtincha  yoki  doimiy 

mahrum bo'lgan bolalar o'zlariga taalluqli bo'lgan madaniyatga 

muvofiq  maxsus  muassasalar  qaroviga,  muqobil  oilalarga  va 

maxsus himoya qilinish huquqiga egadirlar.

-  21-modda  -   Bolani  farzandlikka  olish  imkoniyatiga  ega 

bo'linsa,  buni  faqat  bola  manfaatlari  to'liq  e'tiborga  olingan 

holda tegishli tashkilotlar nazoratidan o'tkaziladi.

-  22-modda  -   Qochoq  hisoblangan  bolalar  yoki  qochoq 

statusini  olmoqchi  bo'lgan  bolalar  maxsus  himoyaga 

loyiqdirlar.  Davlat qochoq bolaning ota-onasini yoki oilasining 

boshqa  a'zolarini  izlashda,  o'z  oilasi  bilan  qo'shilishi  uchun 

barcha zaruriy choralarni ko'radi.

-  23-modda 

-   Aqliy  va  jismoniy  jihatdan  yaxshi 

rivojlanmagan  bola  o'zining  qadr-qimmatini  ta'minlaydigan, 

o'ziga 

ishonch  tug'diradigan,  jamiyat  hayotidagi 

faol 

ishtirokini  yengillashtiradigan  sharoitlarda  to'laqonli  hamda 



munosib  tarzda  yashash  huquqiga  ega.  O'ziga  nisbatan 

alohida g'amxo'rlik ko'rsatilishini talab  qilish huquqi  beriladi.



295


Shuningdek,  ta'lim,  kasb-kor  tayyorgarligi,  tibbiyot,  sog'liqni 

saqlash,  mehnat  faoliyatiga  tayyorgarlik  ko'rish  sohasidagi 

xizmatlardan  samarali  ravishda  bahramand  bo'lish,  dam 

olish,  bolani  ijtimoiy  hayotga  jalb  etish  kabi  imtiyozlardan 

foydalanadilar.

-  24-modda  -   Bolalar  eng  yuqori  darajadagi  andozalarda 

tibbiy  yordam  olish  huquqiga,  sog'liqni  himoya  qilish 

xizmatlaridan foydalanish huquqiga egalar.

-  25-modda  -   Davlat  tomonidan  bolalarni  tarbiyalash, 

himoyalash  yoki  ruhiy  davolash  maqsadida  joylashtirilgan 

muassasalar muntazam ravishda nazoratdan o'tkaziladi.

-  26-modda -  Bolalar ijtimoiy sug'urtalanishga kiritilganlari 

holida,  ijtimoiy  himoyalanish  imtiyozlaridan  foydalanish 

huquqiga egalar.

-  27-modda  -   Bolalar  ma'naviy,  ruhiy,  jismoniy  aqliy 

rivojlanishiga  muvofiq  keladigan  hayot darajalariga,  turmush 

saviyasiga  ega  bo'lish  huqquqiga  egadir.  Ota-ona  zaruriy 

turmush sharoitinita'minlashda javobgarlikni sezishlari kerak. 

Bu mas'uliyatni amalga oshirishda davlat kafolat berishi shart.

-  28-modda  -   Bolalar  ma'lumot  olish  huquqiga  egalar. 

Boshlang'ich,  umumiy  ma'lumot  bepul  va  majburiy  bo'lishi 

kerak.  Har  bir  bola  uchun  o'rta  ma'lumotli  bo'lish  imkoni 

yaratilgan  bo'lishi  shart.  Oliy  ma'lumotli  bo'lish  huquqiga 

hamma  o'z  qobiliyatiga  ko'ra  ega.  Maktab  intizomi  huquq  va 

bolalar  qadr-qimmatini  hisobga  olgan  holda  ta'minlanishi 

zarur deyiladi.

-  29-modda  -   Ma'lumot  olish  huquqi  bolada  ruhiy  va 

jismoniy  qobiliyatlarini,  uning  jismoniy  va  ruhiy  iste'dodini 

o'stirishi lozim. Bolalarga jamiyatning huquqiy a'zolari sifatida 

o'zi va boshqalarning madaniyatini hurmat qila oladigan shaxs 

darajasida tarbiya berish zarur,

-  30-modda -  Agar bolalar mayda millat vakillariga taalluqli 

bo'lsa, o'z madaniyati, o'z dini va o'z tiliga ko'ra hayot kechirish 

huquqiga ega.

-  31-modda -  Bolalar dam olish, o'ynash, madaniy va badiiy 

tadbirlarda ishtirok etish huquqiga ega.



296


-  32-modda  -   Bolalar  rivojlanish,  ma'lumot  olish,  sog'lig'i 

uchun xavfli bo'lgan ishlarda ishtirok etishdan, iqtisodiy ta'qib 

qilinishdan himoyalanish huquqlariga ega.

-  33-modda  -   Bolalar  giyohvand  moddalarni  iste'mol 

qilishdan,  shuningdek,  bu  giyohvand  moddalarni  ishlab 

chiqarish  va  tarqatishga  jalb  qilinishdan  himoyalanish 

huquqlariga egalar.

-  34-modda  -   Bolalar  pornografiya,  fohishabozlik  hamda 

shunga  o'xshash  zo'ravonlik va  seksual  ekspluatatsiyalardan 

himoyalangan bo'lishlari shart.

-  35-modda  -   Davlat  bolalarni  o'g'irlash,  sotish,  qilishning 

oldini olishning imkoni bo'lgan barcha chora-tadbirlarni qabul 

qilishi zarur.

-  36-modda  -  Davlat  bolani  uning  farovonligiga  oid  har 

qanday  jihatdan  zarar  yetkazadigan  narsalardan  himoya 

qiladi.


-  37-modda -   Har qanday bolakay qiynov,  qo'pol  muomala, 

ta'qiblar,  noqonuniy hisobga  olinish yoki  ozodlikdan  mahrum 

bo'lishdan muhofaza qilinmog'i shart.

-  38-modda  -   15  yoshdan  kichik  bo'lgan  bolalar  qurolli 

nizolarda  bevosita  ishtirok  etishlari  mumkin  emas.  Qurolli 

nizolarga daxldor bo'lgan bolalar maxsus himoya va vasiylikka 

loyiqdirlar.

-  39-modda -  Qurolli nizolarni, qiynoqlarni, zo'ravonliklarni, 

ta'qibni boshidan kechirgan bolalar sog'ayishlari uchun kerakli 

davolash va ijtimoiy reintegratsiyalarni oladilar.

-  40-modda -  Qonunni buzgan bolalar ulardagi chin insoniy 

fazilatlarni  ko'zlovchi  va  muhofaza  qiluvchi  har  qanday 

yuridik  va  boshqa  imtiyozlardan  to'laqonli  foydalanish 

huquqiga egadirlarki, ularga jamiyat uchun foydali inson bo'lib 

yetishishlarida ko'mak bo'Iadi.

Bolalar huquqlarini  ta'minlash  butun jamiyatning vazifasi- 

dir.  Bola  huquqlarini  ta’minlash,  ularning  har  tomonlama 

sog'lom va xavfsiz kelajagini ta'minlash maqsadida fuqarolarni 

birgalikda  ishlashga  ilhomlantiradi.  Bolalar  kattalardan,

297



tarbiyachi-pedagoglardan  oladigan  axborotlari  orqali  o'z 

huquqlari  haqidagi  tasavvurlarga  ega  bo'Iadilar,  huquqiy 

me'yorlarga  nisbatan  mas'uliyat  tarbiyalanadi.  Maktabgacha 

yoshdagi bolalarni “Bolalar huquqlari to'g'risidagi Konvensiya" 

bilan  tanishtirish  -   bevosita  O'zbekiston  Respublikasi 

Konstitutsiyasi,  "Oila"  Kodeksida  yoritib  berilgan  vazifalarni 

uzviy hamkorlikda o'rganish imkoniyatini yaratadi.


Download 18,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   423




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish