ega bo’lishi kerak. Hujayra devorini ultratovush yoki lizotsima fermenti bilan
parchalash mumkin. Bunda hujayra sitoplazmatik membrana bilan o’ralgan
sitoplazma va uning ichidagi organoidlar bilan birgalikda shar shaklini oladi.
20
Hujayra devori bakteriyalarning ko’payishida va genetik materialning
taqsimlanishida muhim rol o’ynaydi.
1884 – yilda daniyalik olim Gramm bakteriyalarni bo’yashni taklif qildi.
Bo’yashda hujayra devori bo’yoqni o’ziga olishi aniqlandi. Bakteriyalar
gensianviolet moddasi bilan bo’yalib, yod eritmasi bilan ishlov berilgandan
so’ng ayrimlari spirt ta’sirida rangini yo’qotsa, boshqalari ko’k ( havo rang )
ligicha qoladi. Bakteriyalarning bu xususiyatidan foydalanib, ular ikki guruhga
bo’lingan: Gramm bo’yicha bo’yaladiganlar – gramm ijobiy, gram bo’yicha
bo’yalmaydiganlar – gramm salbiy bakteriyalar deb nomlangan. ( 8 - rasm ).
Bakteriyalarning Gramm bo’yicha bo’yalishi yoki bo’yalmasligi hujayra
devorining kimyoviy tarkibiga bog’liqligi aniqlangan. Bakteriyalarning Gramm
bo’yicha ranglanishidan farqi hujayra devori tarkibidagi murein miqdori va
uning joylashishi bilan izohlanadi. ( 9 - rasm).
Bakteriya hujayrasi aksariyat hollarda shilimshiq qavat bilan
qoplangan bo’ladi. Bu shilimshiq qavat kapsula deyiladi. Kapsulalar
makrokapsula ( qalinligi 0,2 mkm. dan ortiq ), mikrokapsula ( qalinligi 0,2 mkm.
dan kichik ), eruvchan shilimshiq va shilimshiq qavatlarga bo’linadi.
21
8 – rasm. Bakteriyalarning Gram bo’yicha bo’yalishi.
9 – rasm. Bakteriya membranasining tuzilishi.
Membrana plasmatica – plazmatik membrana; lipopolisaccaridi –
lipopolisaxaridlar; porina – to’siq; protein di membrana – membrana oqsillari
22
Kimyoviy tarkibiga ko’ra bakteriya kapsulalari ikki guruhga bo’linadi:
polisaxarid va polipeptid tarkibli kapsulalar. Lekin lipidlardan va
geteropolisaxaridlardan tuzilgan kapsulalar ham uchrab turadi. Kapsulaning
98% suvdan iborat. Ayrim bakteriyalarning kapsulasi hujayra devori atrofida
shilimshiq qavat holida uchramasdan atrofga tarqaladi, ya’ni diffuziyalanadi.
Shilimshiq hosil qiluvchi bakteriyalar suyuq substratda o’stirilganda
muhitni to’liq shilimshiq massaga aylantirishi mumkin. Bu hodisa ayrim
vaqtlarda shakar ishlab chiqarishda kuzatiladi. Bu jarayonni Leuconostoc
mesenteroides ( leykonostok ) bakteriyasi sodir qiladi.
Kapsula bir qancha foydali xususiyatlarga ega:hujayrani mexanik
shikastlanishdan, qurib qolishdan saqlaydi, qo’shimcha osmotik to’siq
vazifasini bajaradi, faglar bilan zararlanishdan himoya qilish vazifasini
bajaradi. Ayrim vaqtlarda kapsula qo’shimcha ozuqa moddasi vazifasini
bajaradi. Ko’pgina bakteriyalar noqulay muhitga tushganlarida shilimshiq hosil
qilish qobiliyati kuchayadi.
Do'stlaringiz bilan baham: