O’zbekiston respublikasi qishloq va suv xo’jaligi vazirligi toshkent davlat agrar universitet



Download 229,97 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/11
Sana27.06.2021
Hajmi229,97 Kb.
#103118
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
bozor iqtisodiyotini tartibga solishda davlatning roli



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ 

VA SUV XO’JALIGI  VAZIRLIGI 

 

TOSHKENT DAVLAT AGRAR UNIVERSITET 

 

 

 

Mavzu:

 Bozor iqtisodiyotini tartibga solishda  

davlatning roli 

 

 

 

Tekshirdi:   Jo’rayev.F 

Bajardi:      ___________ 

 

 

 

TOSHKENT-2015 

 



 

 

Bozor iqtisodiyotini tartibga solishda  



davlatning roli 



 



 

Reja: 

1.  Davlatning milliy iqtisodiyotni tartibga solishdagi roli haqidagi 

nazariya va qarashlar. 

2.  Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish, uning maqsadi va 

vazifalari. 

3.  Davlatning iqtisodiyotga ta„sir qilish usullari va vositalari

 



 

Davlatning milliy iqtisodiyotni tartibga solishdagi 

roli haqidagi nazariya va qarashlar 

 

Iqtisodiyot nazariyasi tarixida davlatning iqtisodiyotdagi roli masalasi ilmiy 

asosda dastlab A.Smit tomonidan o‟rganilgan va tegishli nazariy ta„limot berilgan. 

A.Smitning “Xalqlar boyligining tabiati va sabablarini tadqiq qilish haqida”  (1776 

yil)  degan  kitobida  bozor  usullari  orqali  iqtisodiyotning  o‟zini-o‟zi  tartibga 

solishning  zarurligi  ta„kidlab  o‟tilgan.  A.Smitning  fikricha,  xususiy  tovar  ishlab 

chiqaruvchilar  bozori  davlat  nazoratidan  to‟liq  ozod  bo‟lishi  zarur.  Bu  qoidaga 

amal qilinsa, iste„molchilar talabiga mos ravishda ishlab chiqarishni tashkil qilish 

imkoni vujudga keladi. Bunda bozor vositasida tartibga solish, har qanday chetdan 

aralashuvsiz  ishlab  chiqaruvchilarni  butun  jamiyat  manfaatlari  uchun  harakat 

qilishga  majbur  qiladi.  A.Smit  davlatning  iqtisodiy  jarayonlarga  har  qanday 

aralashuvi  oxir  oqibatda  faqat  yomonlashtiradi  deb  hisoblagan.  Biroq,  uning 

mazkur  nazariyasi  1929-1933  yillarda  bozor  iqtisodiyotiga  asoslangan  deyarli 

barcha  mamlakatlarni  qamrab  olgan  iqtisodiy  inqiroz  davrida  tanqidga  uchradi. 

Iqtisodiy  tanazzul  va  ommaviy  ishchizlik  davlatning  iqtisodiy  jarayonlarga 

aralashuvini kuchaytirishni taqozo qildi. 

Davlatning iqtisodiyotdagi rolini oshirishmasalasi J.M.Keynsning “Ish bilan 

bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi” (1936 yil) nomli kitobida o‟z aksini 

topdi.  J.M.Keyns  o‟zining  kitobida  davlat  fiskal  va  kreditli  tartibga  solish 

vositalaridan foydalanib, jamiyatning yalpi talabini rag‟batlantirishni va aholining 

ish  bilan  bandligini  ta„minlashi  zarurligini  isbotlaydi.  Urushdan  keyingi  davrda 

Keyns  nazariyasidagi  ko‟rsatmalardan  bozor  iqtisodiyoti  amalda  ustun  bo‟lgan 

barcha  mamlakatlarda  foydalanildi.  Hozirgi  davrda  davlat  tomonidan  tartibga 

solishning  muhim  maqsadi  sifatida  nafaqat  tsiklga  qarshi  tartibga  solish  va  ish 

bilan  bandliki  ta„minlash,  balki  iqtisodiy  o‟sishning  yuqori  darajasini  va  yaxlit 

takror 


ishlab 

chiqarish 

jarayonini 

optimallashtirish 

(maqbullashtirish)ni 

rag‟batlantirish tan olinadi. 




Ma„muriy-buyruqbozlikka  asoslangan  tizimdan  bozor  iqtisodiyotiga  o‟tish 

sharoitida  lavlatning  milliy  iqtisodiyotga  aralashuvi  quyidagi  holatlar  orqali 

izohlanadi: 

Birinchidan, davlat  o‟ziga  milliy  iqtisodiyotda  bozor  vositasida  o‟zini-o‟zi 

tartibga  solish  orqali  bajarish  mumkin  bo‟lmagan  yoki  samarali  ravishda  amalga 

oshirib bo‟lmaydigan vazifalarni oladi. 

Ikkinchidan,  bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  ishlab  chiqarish  va  iste„molning 

xususiy  tavsifi  bir  qator  ijobiy  va  salbiy  oqibatlarni  tug‟diradi.  Davlat  yakka 

tadbirkor  yoki  iste„molchidan  farqli,  jamiyat  manfaatini  ifodalab,  qo‟shimcha 

ijobiy  samarani  rag‟batlantirishga  va  aksincha  salbiy  samara  bilan  bog‟liq 

faoliyatni tartibga solishi va cheklashga harakat qilishi zarur. 

Uchinchidan,  davlatning  iqtisodiy  jarayonlarga  aralashuvi  shu  sababli  ro‟y 

beradiki, inividual iste„molchilar hamma vaqt u yoki bu tovarni iste„mol qilishning 

oqibatlarini  ob„ektiv  baholay  olmaydi.  Shu  nuqtai  nazardan,  davlat  foydali 

iste„molni  kamaytirish  va  aksincha  sog‟liqqa  salbiy  ta„sir  ko‟rsatuvchi  tovarlar 

iste„molini cheklash vazifasini o‟z zimmasiga oladi. 

To’rtinchidan,  dvlat  o‟z  zimmasiga  bozorning  tabiatian  kelib  chiqadiga 

ayrim holatlari yengillashtirish vazifasini oladi. 



Beshinchidan,  hozirgi  sharoitda  barqaror  izchil  iqtisodiy  o‟sishni 

rag‟batlantirish vazifasi ham davlatning zimmasiga tushadi. 

Iqtisodiyotni  davlat  tomonidan  tartibga  solishning  ma„lum  chegaralari  ham 

mavjud  bo‟lib,  ular  davlatning  ishlab  chiqarish  samaradorligiga  ta„chiridan  kelib 

chiqadi. Iqtisodiyotga davlating har qanday aralashuvi ma„lum xarajatlarni taqozo 

etadi. Ularga eng avvalo tartibga solishni tashkil etish va amalga oshirish bo‟yicha 

xarajatlarni kiritish mumkin.     

SHuningdek,  tartibga  solishning  u  yoki  bu  shakli  bozor  muvozanati,  ishlab 

chiqarish  hajmi,  resurslarning  qayta  taqsimlanishiga  ko‟rsatish  mumkin  bo‟lgan 

ta„sirni  ham  hisobga  olish  mumkin.  90  yillardan  boshlab  iqtisodiyotni  tartibga 

solishda  Keynscha  tendentsiyalar  yangidan  kuchaya  boshladi. Iqtisodiyotni  davlat 

tomonidan  tartibga  solishning  yangi  tipi  davlat  va  xususiy  sektor  o‟rtasidagi 




munosabatlarni  ro‟yobga  chiqarish,  davlat  tomonidan  tartibga  solishning 

moslashuvchanligini oshirish, to‟g‟ridan-to‟g‟ri aralashuv shakllari va byurokratik 

nazoratning namoyishi bilan tavsiflanadi. 

 


Download 229,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish