yirik muskullarga birlashadi. Tana muskulaturasi bel muskullari, kо„krak, hamda qorin.
Retikulyar tо‗qima taloq, limfa tugunlari kо‗mikning asosini tashkil etadi. Boshqa
hujayralaridv ham bо‗ladi. Bu tо‗kima xujayralari yulduzsimon shaklda bо‗ladi. Qon tomirlari
devorida ham retikulyar tо‗qima bо‗ladi.
Yeg tо‗qimasi hujayralari yumaloq bо‗lib, ichida yog‗ tomchisi bor. Yog‗ tо‗qimasi
organlar orasidagi bо‗shliklarni tо‗ldirib, ularni silkinishidan saklaydi. Bu tо‗qima elastik bо‗lib,
issikdikni yomon о‗tkazadi. Yog‗ tо‗qimasi organizm uchun zaxira oziq hisoblanadi.
Pigmentli tо‗qima protoplazmasida pigment donachalari bо‗ladi. Bu gо‗kimayorgoq
terisida, sut bezi sо‗rgichida, kо‗zning rangdor va rangdor gomirli pardalarida uchraydi.
Zich biriktiruvchi tо‗qima hujayra elementlariga qaraganda kо‗proq tolali tuzilganligi va
zich takalib joylashishi bilan boshqa tо‗kimalardan fark qiladi. Bu tо‗qima ikkiga:
shakllangmagan zich biriktiruvchi tо‗qima va shakllangan zich biriktiruvchi tо‗kimaga bо‗linadi.
Shakllanmagan zich biriktiruvchi tо‗qima terida tayanch funksiyasini о‗taydi. Shakllangan zich
biriktirvuchi tо‗qimada kollagen tolalar ma‘lum bir tartib bilan joylashadi, bu tо‗qimaga paylar
misol bо‗la oladi.
Tog‗ay tо‗qimasi tog‗ay tо‗qimasi hujayralari bilan asosiy moddadan tuzilgan. Asosiy
moddaning tuzilishiga qarab, gialin tog‗ay va elastik togaylar tafovut qilinadi. Gialin togay
organizmda boshqa tog‗aylarga qaraganda kо‗pro kuchraydi. Nafas yо‗llarining tog‗aylari
kо‗pchilik bо‗g‗in tog‗aylari, burunuchi, qovurg‗alarning oldingi tomoni, gialin tog‗aydan
tuzilgan. Umurtqalararo tog‗aylar, bо‗g‗imi chidagiminsklar tolali tog‗aydan tuzilgan. Quloq
suprasi tog‗aydan, hiqildoq tog‗aylarining bir qismi elastik tog‗aydan tuzilgan. Nervtо‗qimasi.
Nerv tо‗qimasi tashqi muhit ta‘sirida ichki organlarda sodir bо‗ladigan ta‘sirotlarni, ya‘ni
qо‗zg‗alish, turli sezgilarni, nerv pulslarini о‗tkazish vazifasini bajaradi. Nerv tо‗kimasi neyron
va yordamchi struktura-neyrogliyadan tuzilgan. Neyrologiya kо‗p о‗siqli xujayralardan iborat.
Neyrologiya hujayralari orasida nerv qujayralari joylashgan bо‗ladi. Neyrologiya hujayralari
neyronlarga nisbatan tayanch-trofik funksiyani о‗taydi. Neyron bir necha о‗siqlarga ega bо‗lgan
nerv о‗simtalari va nerv hujayrasi tanasidan iborat. Uzun о‗siqlar neyritlar, kalta о‗siqlar
dendritlar deb ataladi.
Nerv hujayralar iturli-tuman shaklda (yulduzsimon, yumaloq, oval va, noksimon) bо‗ladi.
Ular nerv sistemasining turli qismida joylashgan bо‗ladi. Nerv hujayrasidan chiqqan neyritning
uzunligi bir metr va undan uzun bо‗ladi. Kalta tolalari kо‗p tarmoqli bо‗lib, bir nechta bо‗ladi.
Nerv tolasini yogsimon moddadan tuzilgan miyelin parda, uni ustini esa shvann pardasi-
nevrilemma о‗rab turadi. Miyelin parda nerv tolasining ba‘zi qismlarida, biroz torayib, Ranvye
bog‗lamalarini (bо‗g‗imlarini) hosil qiladi. Bu. Pardalar nerv tolalarini bir-biridan ajratadi va
himoya vazifasini bajaradi.
Tuxum qujayraning otalanishi va tо‗qimalarning hosil bо‗lishi.
Yosh organizm rivojlangan sariundagi hujayralarning soni kо‗payadi va tabakalanadi.
Hayvonlar va odam tashqi muhitga muvofiqlasha borishi natijasida organizmdagi tо‗qima va
hujayralar ham о‗zgaradi.
Tо‗qimalar hayvonlarning filogenetik taraqqiyoti bilan bog‗liq bо‗lgan filogenetik tarixga
ega.
Embrionqavatlari-ektoderma, endoderma va mezoderma xosil bо‗lgach, tо‗qima va
organlarga tabaqalanadi.
Yetilgan erkak jinsiy xujayralarni rivojlanishi spermatogenez deb yuritiladi. Bu protsess
odam jinsiy balogatga yetganda organizm jinsiy aaktivligini saqlaguncha davometadi.
Spermatozoidlar erkak jinsiy bezlarining burama kanalchalaridan hosil bо‗ladi. Spermatozoid
о‗zining harakatlanishi va qо‗shilish qobiliyatini 5 kungacha saklab qoladi.
Ayol kishining tuxumdoni bir juft bо‗lib, ular bachadonning har ikkk tomonida joylashgan.
Tuxumdonning kattaligi 3-4 sm, qalinligi 2 sm. Tuxumdonda tuxum xujayray etilibchiqadi.
Tuxum xujayraya droprotoplazmadan tashkil topgan. Qiz bola tuxumdonida 400000 dan 500000
gacha birlamchi folikulyar xujayralar bо‗ladi.
Qiz bola balog‗atga yetgan vaqtdan boshlab tugishqobiliyati tugagunga qadar
tuxumdondan 450-500 tuxum folekulalar yetiladi, bulardan esa tuxum xujayralary etilib chiqadi.
Tuxum hujayra follikulyar suyuqlik bilanbirga qorin bо‗shligiga tushadiva bachadon nayiga
tomon yо‗loladi. Nayning voronka qismida tuxum hujayra 1 yoki 2 ta ba‘zan 3 taspermatozoid
bilan urug‗lanadi.
Xomilaning rivojlanishi. Xomilaning birinchi haftalarida zarodish obolochkalari
rivojlanadi, birinch ioyning oxiridazarodishning kattaligi 10 mmga boradi, ikkinchi oyining
oxirida 3 marta, 4 -oyningoxirida 90 martakattalashadi, 9-oyning oxirida 470 mmga yetadi.
Og‗irligi intensiv ravishda rivojlanaboradi. 3 oylikda 20 g, 6 oylikda 600-700 g, 9-oylikda 2400-
2500 g bо‗ladi.
Ontogenez nazariyasi. Hujayra, tо‗qima, organizmning qarishi vaontogenetik yetilishi
faktorlar I bilan bog‗liq. Qarish, sо‗ng asta-sekin hayotni tо‗xtashi organizmda ketma-ket bog‗liq
bо‗lgan yoshga bog‗liq о‗zgarishlar natijasi hisoblanadi. Bunday о‗zgarishlar juda erta
boshlanadi. Ularni о‗zgartirish uchun org‗anizm qaritishga olib keladigan sabablarni oldini olish
kerak. Yoshga bog‗liq о‗zgarishlarni xarakteri va tezligi odam umrining uzoqligini belgilaydi.
Hozir ontogenez haqida 150 dan ortiq nazariyalar mavjud. Bir nazariyaga muvofiq ontogenezda
oqsillarni о‗zgarishi muhim rol о‗ynaydi, boshqa nazariya bо‗yicha modda almashinevi
natijasida zaxarli moddalarni tо‗planib kolishi hisoblanadi. Ba‘zi olimlarni fikricha hujayralarda
aktivlikni yо‗qotuvchi molekulalarni yirik molekulalrni tо‗planib qolishi bо‗lsa, yana bir
nazariyaga muvofiq orgaiizmni energiyasini sarf etilib qо‗yilishidir.
Ontogenezda muhim faktorlardan molekulada bо‗ladigan о‗zgarishlar hisoblanadi. Nerv
pо‗jayralarida RNK molekula mikdori 8 dan 40 yoshgacha ortib boradi, 55-60 yoshgacha
о‗zgarmay turadi, sо‗nganchagina kamayib boradi.
Yosh ortishi bilan hо‗jayralarda RNK DNK molekulalarida о‗zgarishlar bо‗ladi.
Yosh ortishi bilan endoplazmatik tо‗r strukturasi о‗zgarib turadi. Yosh ortishi bilan
hujayralar sitoplazmasida poliribosomalar soni о‗zgarib boradi; ilk yoshlik davrda
poliribosomalar barcha ribosomalarni 83% tashkil etadi, karilikda esa 72% tashkil etadi.
Mitoxondriyalarni о‗rni almashinadi. О‗sishni intensiv davrida mitoxondriyalarni yangilanish
protsessi ketadi.
Organizm keksaygan sari mitoxondriyalar alohida kompleksga birikib yadrodan ajrala
boshlaydi. Organizm xujayralarining ba‘zilari bir necha minut yokisoat yashaydi, boshka
hujayralar uzoq yashaydi. (Qonning shakli elementlaridan . eritrotsitlar 120 kun yashaydi).
Organizm ba‘zi hujayralari qayta tiklanish, regeniratsiyalanish xususiyatiga ega. Masalan, jigar,
buyrak xо‗jayralari. Jismoniy rivojlanishning kо‗rsatkichlari.
Yangi tug‗ilgan kiz bolaning о‗rtacha ogirligi 3.3 kg, о‗g‗il bolalarniki 3.4 kg bо‗ladi.
Bolaning massasi tug‗ilgandan bir oyda 600 g, ikkinchi oyda 800 g ortadi. Bir yoshli bolaning
og‗irligi 6-7 kg 2 yoshda bola vazniga 2,5-3,5 kg qо‗shiladi. 4, 5, 6 yoshlarda bola og‗irligi
haryili 1,5-2 kg qо‗shilib boradi. 7 yeshdan og‗irligi tez ortib boradi. Ayniqsa jinsiy balog‗at
yoshida har yili о‗smir og‗irligi 6-7 kg ortadi.
Yangi tugilgan bolaning uzunligi 50 sm bо‗ladi. Bir yilda bolaning bо‗yi , 25 sm ortadi.
Bolaning 2,3 yoshida bо‗yi har yili 8 sm ortadi, 4 dan 7 yoshgacha har yili 5-7 smortadi. Jinsiy
balog‗at yoshida har yili о‗smirning bо‗yi 7-8 sm ortadi.
Yangi tug‗ilgan bolaning boshining aylanasi, kо‗krak qafasining aylanasidan katta bо‗ladi.
Yangi tugilgan chaqaloqning boshini aylanasi 34 sm, kо‗krak qafasini aylanasi 33 smbо‗ladi.
Sо‗ng xar yili 2 sm ortib boradi, 6 yoshda bolaning boshining aylanasi 51 sm, 10 yoshda 52 sm,
15-16 yoshda 53 sm bо‗ladi.
Yangi tug‗ilgan bolaning boshining uzunligi tananing umumiy uzunligini 1 A qismini
tashkil
etadi,
2
yoshda
1/5
qismini,
6
yoshda
1/6
qismini
tashkil
etadi.
Yangitug‗ilganboladaqо‗llarininguzunligioyoqlaruzunligigatengbо‗lgan.
O‘sish va rivojlanish jaroyoni tirik materiyaning umumiy biologik qonuni hisoblanadi.
Odamning о‗sish va rivojlanishi tuxum xujayraning otalanishidan boshlanadi. Usish va
rivojlanish tekis ketmay alohida etaplarda о‗zgarishlar, silkinishlar bilan boradi. Boladagi
о‗sish va rivojlanishdagi xususiyatlar bolani tо‗liq qimmatli emasligi hisoblanmaydi. Rivojalnish
deganda son va sifat о‗zgarish jarayonlarini; borishi bilan barcha murakkab tuzilmalarni va
о‗zaro ta‘sirlarni ortishi tushuniladi. Odam organizmi rivojlanishi jarayonida organ va organlar
tizimida sifat о‗zgarishlar vujudga kelib, nerv tizimi murakkablashib boradi, ichki sekretsiya
bezlar umumiy taraqkiy etadi. Rivojlanish о‗zida uch taomilni: о‗sish, organlar va tо‗qimalarni
tabaqalashuvi, shakllanishni о‗z ichigaoladi. Bular bir-biri bilan chambar chas bog‗liq va о‗zaro
ta‘sir etish bilan davom etadi. Bolalarda rivojlanishning xususiyatlaridan biri о‗sish
hisoblanadi, tana massasining ortishi, hujayralarni sonini ortib borishi hisoblanadi. O‘sish
jarayonida hujayralar soni tana massasi va antropometrik kо‗rsatkichlar ortib boradi.
Ba‘zi organlar va tо‗qimalarning (suyak, о‗pka) hujayralar soni ortishi hisobiga boshqalar
(muskul, nervtо‗qima) hujayralarni о‗sishi hisobiga tana. Massasi ortib boradi. Usishning yana
bir belgisi unda oqsillar miqdorini ortishi va suyaklar о‗lchamlarini ortishi xisoblanadi.
Bola organizmi katta odamdan tuzilishi bioximik jarayonlar va alohida a‘zolar butun
organizmni turli yosh davrlarida son sifat о‗zgarishlari bilan farq kiladi. Irsiy omillarni namoyon
bо‗lishi va organizmda yangi sifatlarni paydo bо‗lishida kо‗yidagilar muhim rol о‗ynaydi: 1)
о‗qitish va tarbiya, 2) xulqi, 3) ovqatlanish va gigiyenik hayot sharoiti, 4) jinsiy yetilish.
Alohida a‘zolar va a‘zolar tizimi bir xil о‗sib rivojlanmaydi. Odamni xarakat qilishi,
nutqini rivojlanishi, ovqatga extiyojini qondirish uchun muhim jarayon hisoblanadi. Harakat
yaxshi kayfiyat, insoniy emotsiyalar uchun muhim sharoitdir.
Muskul harakatida tashqi muhit, ichki a‘zolardan axborotlarni nerv tizimiga kelishan
chaortadi. Shunday kilib, о‗sish va rivojlanish ijtimoiy sharoiti bilan bog‗liq. О‗sish va
rivojlanish jarayonida kelgusida о‗sishva rivojlanish moddalar va energiya tо‗planadi.
Organizm katta bо‗lishi jarayonida energiya va moddalarni tejab sarflaydi. Aqliy, jismoniy
mashkkilish, о‗sish, rivojlanishni va aqliy faoliyatni orttiradi.
Ilk bolalik davrida о‗sishga vda xolatini tо‗gri saqlash, yurish, nutqni taraqqiy etishi bilan
bog‗liq.
Bu davrdagi muskullar faoliyati skelet va muskullarni tuzilishi yurak-qon tomirlar, nafas
a‘zolari tizimini takomillashuviga sabab bо‗ladi.
Bolani kо‗krakda najratilishi bilan uning iste‘mol qiladigan ozuqa moddalarining tarkibi
bir ozqattikroq bо‗lishi, suttishlarini chiqishi, hazm tizimini kayta kurilishi, hazm shiralarini
ajralishi, ichak harakati va surilishini о‗zgarishiga sabab bо‗ladi. Bolani 6-7 yoshida yurish,
yugirish mexanizmlari shakllaiadi. Nutqni rivojlanishi davom etadi. Bu davrda tinch xolatda
muskullarni tonusi ancha kamayadi. Bosh miyaning harakat neyronolari katta odamning harakat
neyronlariga о‗xshab ketadi. Bosh miya funksiyalarini ayniqsa tormozlanishini takomillashuvi, 1
kg og‗irlikka nisbatan modda almashinuvi kamayishi, nerv tizimining yurak, nafas faoliyatlariga
ta‘sirini susayishi, uygoq lik davrini ortishiga olib keladi.
Bog‗cha-yoshidan maktab yoshiga о‗tish qо‗l panja muskullari, oddiy mehnat va turmush
kо‗nikmalarini hosil bо‗lishi, mayda aniq harakatlarni vujudga kelishi bilan xarakterlanadi. Bu
davrda bosh miyaning harakat neyronlari rivojlanadi, tormozlanish jaroyonlari-takommilashadi.
Sut tishlarni doimiy tishlar bilan almashinishi bolada hazm tizimI qayta qurilishi bilan davom
etadi. Bu davrda bolaning barcha a‘zolari о‗sib rivojlanadi.
Kichik maktab yoshidan о‗rta maktab yoshiga о‗tish yoki о‗smirlik davri jinsiy yetilishni
boshlanishi, skelet muskullarni funksiyalarini о‗zgarishi. Tez о‗sish va rivojlanishi, yangi
harakat, mehnat kо‗nikmalarini vujudga kelishi bilan xarakterlanadi.
O‘smirda harakat apparat shakllanib tagay boshlaydi. Bosh miyada xarakat nerv markazlari
shakllanib tugaydi. Uning yurak qisqarishi, nafas olishi kamayadi, modda almashinuvi ancha
pasayadi.
Bu davrda о‗smirlarning bо‗yi tez о‗sa boshlaydi, muskullar tolalari va muskullarni kuchi
oshadi.
Akseleratsiya hozirgi vaqtda akselaratsiya termini keng ma‘noda "sekulyarnmytrend" deb
nomlanadi. Bu kengroq tushuncha bо‗lib, katta odamlarni tana razmerlarini ortishini,
odamni umrini uzayishi, hayz kо‗rishni keyinroq tugashi, psixikfunksiyalarva odam
rivojlanishidagi boshqa о‗zgarishlari tushuniladi.
Akseleratsiya
asosan
bо‗yni
о‗sishi
va
tana
massasi
ortishida
kuzatilmokda. Germaniya Demokratik Respublikasida keyingi 50 yilda 14 yoshli о‗smirlarni
bо‗yi 12,5 smga, Amerikada 1880 yildan 1963 yillar orasida . 11 yoshli о‗smirlarda 10 smga,
15 yoshlilarniki-13sm,og‗irligi11 yoshliklarda 7 kg 15 yoshliklarda 14 kg ga ortgan. Moskvada
erkaklarni bо‗yi 10 sm, ayollarda 5 smga ortgan, Oxirgi о‗n yilliklarda suyaklarni suyaklanishi
1-3 yil oldinroq tugamoqda. Doimiy tishlar 6-12 oy avval chiqib tugamoda va.boshqalar.
Akseleratsiyani tushuntirishda olimlarning bir necha nazariyalari mavjud. Ba‘zi mualiflar
akseleratsiyan iultrabinafsha nurlarni bolalar organizmiga kuchli ta‘siri tufayli deydilar, boshqa
olimlar esa ichki sekretsiya bezlariga magnit tо‗lqinlarini ta‘sir etishidan deb tushuntiradilar.
Ba‘zilar kosmik nurlarni bola organizmiga kuchli ta‘sir
;
etishidan deydilar. Yana bir guruh
olimlar bolalar va о‗smirlarni о‗sishi va rivojlanishini tezlanuviga bolalar va о‗smirlarni oqsil,
yog‗, mineraltuzlarvavitamnlarga bо‗lgan extiyojlarini ortishidan deb uqtiradilar. Ba‘zilar
genetik faktorlarni asosiy omil qilib keltiradilar.
Akseleratsiya protsessini ijobiy va salbiy tomonlari mavjud. Odam umrini uzayishi,
psixik funksiyalarni tezroq mukammalroq yetilishi foydali jixati xisoblanadi. Ona qornidan
xomilani katta bо‗lib ketishi о‗lik bolalarning tugilishini kо‗payishiga olib keladi. Akselerant
bolalardan afasorganlari kasalliklari xronik tonzillit, revmatizm, allergik kasalliklari tez-tez
uchrab turadi. Akseleratsiya xodasasi munosabati bilan bolalar sog‗lig‗ini muxofaza qilish,
pedagogik protsessning ilmiy asoslarini ishlab chiqish, bolalar va о‗smirlarni jinsiy tarbiyalash
va boshqa masalalarni xal etishga tо‗g‗ri keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |