Quloq suprasi va uning muskullari hayvonlarda yaxshi taraqqiy etgan. Tashqi eshituv
maxsus bezchalar qulov; kiri (sarig‗i) deb ataladigan yopishqoq moddani ishlab chiqaradi.
Nog‗ora parda oval shaklida bо‗lib, uning qalinligi 0,1 mm. Nog‗ora parda fibroz
tо‗qimadan tuzilgan elastik bо‗ladi. Nogora parda havo tо‗lqinlari ta‘sirida tebranib, bu tebranish
buzulmasdan maxsus eshituv suyakchalari yordamida о‗rta quloqqa о‗tkaziladi. О‗rta quloqqa
nogora bо‗shlig‗idan (о‗rta quloq bо‗shlig‗idan), eshituv suyakchalaridan va Yevstaxiyev
nayidan iborat о‗rta quloq bо‗shligi Yevstaxiyev nayi deb ataladigan maxsus kanal yordamida
burun-xalqumga tutashadi. О‗rta quloq ichida eshituv suyakchalari - bolg‗acha, sandon va
Adolf Faller., Michael Schuenke-The Human Body - ―An Introduction to Structure and
uzangi bor. Bolgacha dastasi bilan nog‗ora pardasiga yopishgan, boshchasi esa sandon asosi
bilan birlashib bо‗gim hosil qilgan bо‗ladi.
Sandon о‗siqlaridan biri uzangi boshchasi bilan bо‗g‗im hosil qilib tutashgan. Uzangining
serbar tomoni oval darchaning pardasiga yopishadi.
Eshituv suyakchalari sistemasi shunday tuzilganki, bu nog‗ora pardasidagi hamma
tebranishlarni takrorlab oval pardaga о‗tkazadi. Eshituv suyakchalari sistemasi tovush
tebranishlarini о‗zidan kuchaytirib о‗tkazadi. YA‘ni oval darcha pardasiga bо‗ladigan *
tebranishni taxminan 50 marta kо‗paytiradi. О‗rta quloq bо‗shligining burun-xalqum bо‗shlig‗i
bilan tutashganligi juda muhim ahamiyatga egadir.
О‗rta quloq bо‗shlig‗idagi bosim tashqi havo bosimiga barobar bо‗lgandagina nog‗ora
parda normal ravishda tebranadi. О‗rta quloq bо‗shlig‗i Yevstaxiyev nayi orqali burun
xalqumiga tutashganligi tufayli nog‗ora pardasining ikki tomonidagi bosim shu tariqa
muvozanatlashib turadi. О‗rta quloq bо‗shlig‗idagi bosim tashqi havo bosimidan farq qiladigan
bо‗lsa, eshituv sezgisining о‗tkirligi buziladi.
Nogora pardaning ikki tomonidagi bosim xaddan tashqari kо‗p farq qiladigan bо‗lsa, bu
parda yirtilib ketishi mumkin. Ichki quloq labirintdan iborat bо‗lib, yumaloq darcha bilan о‗rta
quloqqa tutashadi. Suyak labirintning ichida parda labirint bor. Suyak labirint devorchalari
о‗rtasida kichik bir bо‗shliq bо‗lib, bu bо‗shliq perelimfa degan suyuqlik bilan tо‗ladi. Parda
labirint ichida ham suyuqlik bо‗lib, buni endolimfa deb ataladi. Oval darchaning orqasida ichki
quloq labirint daxlizi, chig‗anoq va yarim doRa ' kanallar bor.
Chiganoq-shilliq qurt chig‗anog‗iga о‗xshash gajakdor suyak kanalidir. Chiganoqning
ichida kortiyev organi turadi. Kortiyev organi tovush sezadigan organdir. Eshituv nervining
shoxchalari shu organda tugaydi. Kortiyev organi ikki turli hujayralardan tuzilgan. Bular tayanch
va qoplovchi hujayralardan iborat bо‗lib, tovush tо‗lqinlarini qabul qiladi.
- Tovush tebranishlarini qabul qilishi. Eshitish sezgisi havo tо‗lqinlarini nog‗ora pardaga
ta‘siri natijasida vujudga keladi. Havoning tebranishi tashqi eshituv yо‗li orqali nog‗ora
pardasini tebratadi. Nog‗ora pardasining tebranishi eshituv suyaklarida takrorlanadi va
uzangining serbar tomoni orqali ichki quloqning oval darchasidagi pardaga о‗tadi. Oval darcha
pardasining tebranishi perelimfaga о‗tadi. Perelimfa tebranib bu о‗z navbatida endolimfaning
tebranishiga sabab bо‗ladi. Endolimfa tebranib - kortiy organidagi tuklarni tebrantiradi va shu
bilan eshituv nervining
oxirlarini
qо‗zgaydi.
Eshituv
nervining
retseptorlaridan kelib chiqqan qо‗zg‗alish impulsi bosh miya yarimsharlar pо‗stlog‗iga eshituv
analizatorlarining miyadagi uchlariga yetib boradi, natijada eshituv sezgisi hosil bо‗ladi.
Kо‗pchilik tomonidan qabul qilingan nazariyaga kо‗ra, kortiyev organining turli tolalari
muayyan tonga sozlangandir. Turli tondagi tovushlarni analiz qilish chig‗anoqdan boshlanadi.
Chig‗anoqning alohida tolalari tovushlarga differensiyalashgan bо‗lib, chiganoq asosidagi kalta
tolalar baland tonlarni sezadi. Odam quloqining tovush sezadigan muayyan chegaralari bо‗lib.
sekundiga 16 martadan to 20000 martagacha tebrinishdagi tovushlarni sezadi. Yosh ortishi bilan
quloqning tovush sezish chegarasi kamayib boradi. Odam qulog‗i 1000 dan 4000 gersdagi
tovush tо‗lqinlariga sezgirroq bо‗ladi. Bundan ortiq yoki kam bо‗lgan havo tо‗lqinlariga eshitish
sezgirligi juda kamayib ketadi.
Bola tutilishi bilan eshitish analizatori funksiyalana boshlaydi. I. P. Nechayevning
kо‗rsatishicha, 4010 gs dan 810 gs bо‗lgan tonlarni bola 4 yoshligida differensiyalaydi, 3010 gs
dan 810 gs gacha bо‗lgan tonlarni bola 4,5-5,5 oyligida differensirovka qiladi.
Eshitish analizatorini funksional rivojlanishi 6-7 yoshgacha davom etadi. 14-15 yoshda
eshitish sezgirligi juda kam bо‗ladi, sо‗ng orta boradi. 40 yoshgacha 3000 gs tovushga eshitish
sezgirligi kamayadi. 40-49 yoshda 2000 gs dan, 50 yoshdan sо‗ng 1000 gs tonlarga eshitish
sezgirligi past bо‗ladi.
Eshitish organini sog‗lom bо‗lishi uchun uning gigiyenasiga rioya qilish lozim. quloqni
toza saqlash lozim. quloq kirini qatgiq narsa bilan tozalash, kavlash mumkin emas, chunki bunda
quloqning nog‗ora pardasini teshib qо‗yish yoki quloqqa turli infeksiya tushishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: