11-rasm. Moliyaviy vositachilarning eng umumiy tarkibi.
Ayrim mamlakatlarda banklar deyarli har qanday moliyaviy funk-tsiyalarni
bajaruvchi moliyaviy vositachilar hisoblanadi. Ular mijozlarga faqat pullarni
o‘tkazish va qarz berish bo‘yicha turli operatsiyalarni bajarishga oid xizmatlarni
taklif etibgina qolmay, balki o‘zaro fondlar va sug‘urta korxonalari funksiyalarini
ham bajaradilar. Masalan, Germaniyada universal banklar deb nomlanuvchi
banklar ko‘proq ixtisoslashgan moliyaviy vositachilarga xos bo‘lgan deyarli
barcha moliyaviy funksiyalarni bajaradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |