1. Sug’urta bozorining mohiyati va tashkiliy-huquqiy asoslari
Bugungi hayotimiz tasodifiy hodisalarga boy va bu hodisalar har doim ham
totli bo’lavermaydi. Ko’pchilik hodisalar sog’liqqa, mol-mulkka, insoniyatning
yashash turmushiga, korxonalarning moliyaviy holatiga zarar keltirishi yoki
ko’zda tutilgan rejalarni o’zgartirib yuborishi mumkin. Bunday sodir bo’lishi
mumkin bo’lgan hodisalar “qaltisliklar” nomi bilan bog’liq. Ko’zda tutilmagan
qaltislikning sodir bo’lishi bilan, tabiiyki uning zararlarini qoplash va oldini olish
zaruriyati yuzaga keladi. Busiz ishlab chiqarish jarayonlarini to’xtovsizligini
ta’minlab, hayot uchun salbiy ta’sirini kamaytirib bo’lmaydi.
Qaltisliklarning insonlar hayoti uchun salbiy ta’sirini kamaytirish bu
“sug’urta” orqali amalga oshiriladi, bunda sodir bo’lgan salbiy hodisalar
oqibatlarini bartaraf etishga ketgan xarajatlarni bir nechta xo’jalik yurituvchi
moliyaviy subyektlar o’rtasida taqsimlash tushuniladi.
Sug’urtaning moliyaviy bozor munosabatlari tizimidagi asosiy tushunchalari
mohiyatini anglamasdan turib sug’urta sektorining muammolarini aniqlash va hal
etish masalasiga nisbatan oqilona yondashib bo’lmaydi. Shulardan eng muhimlari
jumlasiga, quyidagi asosiy tushunchalar kiradi: sug’urta, sug’urta faoliyati,
sug’urta tavakkalchiligi (sug’urta xavfi)
125
, sug’urta bozori, sug’urta bozorining
professional ishtirokchilari. Ushbu tushunchalar, odatda, sug’urta faoliyatini
tushunishga yo’l ochib beradi. Ularning talqini esa sug’urta tashkilotlarining
faoliyatini tartibga soluvchi tegishli me’yoriy-huquqiy hujjatlarda o’z aksini
topgan.
Masalan, O’zbekiston Respublikasining 2002-yil 5-aprelda qabul qilngan
“Sug’urta faoliyati to’g’risida” gi Qonuniga muvofiq “Sug’urta deganda yuridik
yoki jismoniy shaxslar to’laydigan sug’urta mukofotlaridan shakllantiriladigan
pul fondlari hisobidan muayyan voqea yuz berganda ushbu shaxslarga sug’urta
shartnomasiga muvofiq sug’urta tovonini to’lash yo’li bilan ularning
manfaatlarini himoya qilish tushuniladi”. “Sug’urta faoliyati deganda sug’urta
bozori professional ishtirokchilarining sug’urtani amalga oshirish bilan bog’liq
faoliyati” ni anglatadi. Sug’urta tavakkalchiligi (sug’urta xavfi) tushunchasi –
sodir bo’lishi va zarar miqdori tasodifiy bo’lgan hodisalarni anglatadi.
125
O`zbekiston Respublikasi “Sug`urta faoliyati to`g`risida”gi Qonunida “tavakklchilik”, Fuqarolik Kodeksida
“xavf” tushunchalari ishlatilgan. Xalqaro sug`urta sohasida esa “risk” atamasi qo`llaniladi.
699
“Sug’urta bozori - sug’urta xizmati oldi-sottisi amalga oshiriladigan va unga
talab va taklif shakllanadigan iqtisodiy pullik munosabatlarni ayrim sohasidir”.
Hamda shu qonunning 5-moddasida “Sug’urta bozorining professional
ishtirokchilari sug’urta faoliyatining subyektlari hisoblanadi. Sug’urtalovchilar,
sug’urta vositachilari, adjasterlar, aktuariylar, sug’urta syurverlari, shuningdek
assistans sug’urta bozorining professional ishtirokchilaridir. Sug’urta brokeri,
qayta sug’urta brokeri va sug’urta agenti sug’urta vositachilari hisoblanadilar”
126
deb qayd etilgan.
Iqtisodiyot hamda zamonaviy iqtisodiyot nazariyasi nuqtayi nazaridan
sug'urta bozorini sug'urtalanuvchilaming sug'urta xizmatlariga bo'lgan talablari
va sug'urta tashkilotlarimng sug'urta xizmati bo'yicha takliflari bilan
boshqariladigan iqtisodiy makon yoki tizim sifatida tushunish murnkin.
Sug’urta bozorida taklif etilayotgan tovar – sug’urta xizmatlari hisoblanadi.
Uning xarid qiymati bo’lib sug’urta qoplamasi, ya`ni sug’urta himoyasini
ta`minlash hiosblanadi. Sug’urta xizmatlarining narxi sug’urta ta`rifida aks
ettiriladi. U talab va taklifga taqqoslangan raqobat asosida shakllanadi.
Rivojlanayotgan va rivojlangan sug’urta bozorlaridagi asosiy muammo
bo’lib sug’urtalanuvchilarning taklif etilgan xizmatlarni sotib olish qobiliyatiga
ega emasligi tushuniladi. Bu muammoni hal etilishi bir jihatdan aholining sotib
olish qobiliyatini o’sishiga va xo’jalik yurituvchi subyektlarning barqarorligiga,
ikkinchi jihatdan davlatning umummilliy darajada mamlakat makroiqtisodiyoti
miqyosida sug’urta xizmatlarini sotib olishni o’stirishi bilan bog’liq chora-
tadbirlarga asoslanadi.
Sug‘urta xizmatlarining taklif etilishi yetarli darajada ixtisoslashgan va
moliyaviy barqaror, ehtimoldagi sug‘urtalanuvchilarning talablarini qondirishga
layoqatli sug‘urta tashkilotlarining mavjud bo’lishi orqali ta’minlanadi.
Investorlarning sug‘urta kompaniyasiga qiziqishi, sug‘urta ta`riflarini hisoblab
chiqish uchun zarur statistik va axborot bazasining mavjudligi, moliya bozorining
sug‘urta kompaniyalarining investitsiyalarini qaytarilishini va daromadliligini
kafolatlaydigan darajada samarali faoliyat ko‘rsatishi, shuningdek, sug‘urta
kompaniyalarida malakali menejerlaming va sug‘urta xizmati anderraytingi
bo‘yicha mutaxassislaming mavjudligi sug'urta bozorini shakllantirishning
muhim omili bo‘lib hisoblanadi.
Har qanday jamiyatda fuqarolar va ularning jamoasi o'z faoliyatlari
jarayonida bir-birlari bilan tegishli ijtimoiy munosabatda bo'ladilar. Ushbu
munosabatlarni bir qolipga solish uchun ularni tartibga keltirish, ya'ni fuqarolar
va tashkilotlarning xatti-harakat qilish doirasini belgilash zarur. Davlat
126
O`zbekiston Respublikasi 358-II-sonli “Sug`urta faoliyati to`g`risida”gi Qonuni 2002-yil 5-aprel, 3-modda.
700
tomonidan
sug'urtani
huquqiy
tartibga
solish
sug'urta
munosabati
qatnashchilarining xatti-harakatini huquqiy normalar vositasida amalga oshiradi.
O’zbekiston Respublikasining “Sug’urta faoliyati to’g’risida”gi qonuni
sug’urta munosabatlari ishtirokchilarining aniq huquq chegaralarini, sug’urta
faoliyati ishtirokchilari tarkibini belgilab berdi. Sug’urta ikki sohaga, hayotni
sug’urta qilish (jismoniy shaxslarning hayoti, sog’lig’i, mehnat qobiliyati va pul
ta’minoti bilan bog’liq manfaatlarini sug’urta qilish) va umumiy sug’urta
(shaxsiy, mulkiy sug’urta, javobgarlikni sug’urta qilish hamda hayotni sug’urta
qilish sohasiga taalluqli bo’lmagan boshqa sug’urta turlari) sohalariga bo’lindi.
Sug’urta sohalari esa sug’urta tavakkalchiliklari yoki ular guruhlarining va ular
bilan bog’liq majburiyatlarning umumiy xususiyatlariga muvofiq sug’urta
turlariga bo’lindi.
“Sug'urta faoliyati to'g'risida” gi Qonunning 10-moddasida sug'urta
tashkilotlarini davlat ro'yxatidan o'tkazish tartibi aniq ko'rsatib qo'yilgan.
Ma`lumki, qonun hujjatlariga muvofiq, aksiyadorlik jamiyati shaklida tashkil
etilgan sug'urta tashkilotlari O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat
ro'yxatiga olingan. Ammo uzoq vaqt, aniqrog'i, 1998- yilning birinchi
yarmigacha sug'urta faoliyatini tartibga solish vakolati berilgan davlat sug'urta
nazorati organining tashkil etilmaganligi va ilgari Adliya vazirligida davlat
ro'yxatiga olingan tashkilotlaming faoliyati hech kim tomonidan nazorat
qilinmaganligi oqibatida yangi tashkil etilgan sug‘urta tashkilotlarini davlat
ro'yxatiga olishda muammolar paydo bo’lgan.
Sug'urta munosabatlari, avvalo, fuqarolik-huquqiy munosabatga oid
bo'lganligi tufayli 1996-yilda qabul qilingan O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik
kodeksining 52-bobi sug’urtaga bag’ishlangan. Hozirgi kunga qadar amaliyotda
sug'urta tashkilotlari o'z faoliyatlarini amalga oshirishlarida mazkur kodeksning
talab-qoidalariga qat`iy rioya etadilar.
Fuqarolik kodeksining sug'urtaga oid bobida jami 47 ta modda mavjud
bo'lib, ularning har biri sug'urta munosabatlarining u yoki bu jihatlarini tartibga
soladi. Kodeksda ixtiyoriy va majburiy sug'urta, mulkiy sug'urta shartnomasi,
sug'urtalashga yo’l qo'yilmaydigan manfaatlar, mol-mulkni sug'urta qilish,
shartnoma bo'yicha javobgarlikni sug'urta qilish, majburiy sug'urta va uni amalga
oshirish tartibi kabi huquqiy normalar o’z aksini topgan.
Shuningdek, Fuqarolik kodeksida majburiy sug'urtani amalga oshirish tartibi
ko'rsatilgan. Chunonchi, Majburiy sug'urta bunday sug'urta qilish majburiyati
yuklangan shaxs (sug'urta qildiruvchi) sug'urtalovchi bilan sug'urta shartnomasi
tuzishi vositasida amalga oshiriladi.
701
Yuqoridagilar bilan bir qatorda O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik
kodeksida sug'urta siri, sug'urta puli, sug'urta mukofoti va sug'urta badallari,
sug'urta shartnomasining haqiqiy emasligi to'g'risida me'yorlar qayd etilgan.
Bundan tashqari sug’urta faoliyatini tartibga solib turuvchi Prezident
farmonlari va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari hamda Moliya
vazirligining me`yoriy hujjatlari mavjud.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 27-
noyabrdagi 413-sonli Qarori sug’urta faoliyatida muhim yangilik bo’ldi. Ilk bor
sug’urtalovchilarning ustav kapitaliga eng kam miqdorlar belgilandi.
Sug’urtalovchilar va sug’urta brokerlarining sug’urta faoliyatini litsenziyalash
to’g’risida nizom, sug’urta faoliyati klassifikatori tasdiqlandi.
O’zbekiston
Respublikasi
Prezidentining
2007-yil
10-apreldagi
PQ-618-sonli “Sug’urta xizmatlari bozorini yanada isloh qilish va rivojlantirish
chora-tadbirlari to’g’risida”gi Qarori bilan 2007 - 2010 - yillarda O’zbekiston
Respublikasi sug’urta bozorini isloh qilish va rivojlantirish dasturi tasdiqlandi.
Ushbu qaror sug’urta bozorini yanada rivojlantirish, raqobatni
kuchaytirish, sug’urta faoliyatining zamonaviy va yangi turlarini yaratish,
sug’urtalaovchilarning moliyaviy barqarorligini mustahkamlash, ularning
hududiy tarmoqlarini kengaytirish va sug’urtani nazorat qilish shakllarini
takomillashtirish bo’yicha muhim hujjat bo’ldi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 10-apreldagi PQ-618-
sonli qarori bilan tasdiqlangan “2007-2010 yillarda O’zbekiston Respublikasi
sug’urta bozorini isloh qilish va rivojlantirish dasturi” ga muvofiq 2008-yil 21-
aprelda O’zbekiston Respublikasining “Transport vositalari egalarining fuqarolik
javobgarligini majburiy sug’urta qilish to’g’risida” gi qonuni qabul qilindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |