597
uch yil avval 20000 dollar qo’ygan. U vaqtda yillik foiz stavkasi 7% ni tashkil
etgan. O’tgan yili foiz stavkasi atigi 6% bo’lgan va joriy yili stavka yana tushdi –
bu safar 5% gacha pasaydi. Joriy yilning so’ngida uning hisob raqamida qancha
pul bo’ladi?
7. Nozimjonning bankdagi omonati bo’yicha foizlar har yili o’zgaradigan
“suzuvchan” foiz stavkalari asosida yoziladi. Jahongir bankdagi hisob raqamiga
besh yil avval 30000 dollar qo’ygan. U vaqtda yillik foiz stavkasi 8% ni tashkil
etgan va ikki yil amal qilgan. Keying ikki yil davomida foiz stavkasi 6% bo’lgan
va joriy yili stavka yana tushdi – bu safar 4% gacha pasaydi. Joriy yilning so’ngida
uning hisob raqamida qancha pul bo’ladi?
8. Faraz qilaylik, ikki yildan keyin mashina sotib olish uchun birinchi
badalni to’lashga Sizga 2500 dollar kerak bo’lishini bilasiz.
a) “ABC” bank ikki yillik omonat bo’yicha yiliga 4%, “XYZ” bank esa ikki
yillik omonatlar bo’yicha yiliga ikki marta hisoblash sharti bilan 2 % taklif
etayapti. Agar ikki yildan keyin Sizga 2500 dollar kerak bo’lishini bilsangiz,
oldinga qo’yilgan maqsadga erishish uchun “ABC” bankka qancha pul qo’yish
kerak? Shuningdek, “XYZ” bankka qancha pul qo’yish kerak? Qaysi bankni
tanlaysiz?
b) Sizga pullar uch yildan keyin kerak. Bugun “ABC” bankka qancha pul
qo’yish kerak? XYZ” bankka qancha?
9. Hisob-kitoblarga ko’ra Alisher Navoiyning tadbirkorlik faoliyatidan
kunlik topgan mablag’i taxminan 11,25 mln. AQSH dollarini tashkil qilgan. Agar
u bu mablag’ini 30 % ini xayriya va 20 % ini soliq uchun ajratgan bo’lsa,
qolganini reinvestitsiya qilgan. Endi siz Alisher Navoiyni tadbirkorlik faoliyati
bilan 20 yil shug’ullanganini hisobga olib, 20 yil davomida to’plangan mablag’ni
aniqlang. Faraz qiling, 1500-yilda bank mavjud bo’lsin. Agar Alisher Navoiy
to’plangan pulni yiliga 3% evaziga bankka qo’ygan bo’lganda, 2018-yilga kelib,
ya’ni 518 yildan keyin murakkab foizlarni inobatga olgan holda buyuk shoirning
hisob raqamida qancha pul bo’lar edi?
10. To’rt yil davomida har yili Sizga 1500 dollar kelib tushishini
ta’minlaydigan va shu muddat oxiriga kelib mablag’i umuman tugaydigan
jamg’arma tashkil etishingiz lozim. Agar foiz stavkasi yiliga 13% bo’ladigan
bo’lsa, bugun bankka necha pul qo’yishingiz kerak?
11. Buvangiz Sizga 25 mln.so’m miqdorida meros qoldirdi. Siz shu pullarni
yiliga 14% evaziga investitsiya qilishingiz mumkin. Agar olingan merosdan har
yili 3,65 mln.so’mdan sarflaydigan bo’lsangiz, meros qoldirilgan pullar necha
yilga yetadi?
12. Siz “Omad-lotto” o’yinidan 42 mln. so’m jekpot yutib oldingiz. Siz shu
pullarniyiliga 22 % evaziga investitsiya qildingiz. Agar investitsiya qilingan
598
mablag’dan har yili 2,7 mln.so’mdan sarflaydigan bo’lsangiz, pullar necha yilga
yetadi?
13. Siz Toshkent moliya institutiga o’qishga kirganinggiz uchun
buvingizdan 750 dollar miqdorida sovg’a oldingiz va bu pullarni o’qishni to’rt
yildan keyin tugatishingizgacha saqlab qo’ymoqchisiz. Siz bir yillik omonat
bo’yicha yillik 8% to’laydigan “A” bank va bir yillik omonat bo’yicha yarim
yillik 4 % to’laydigan “B” bankdan birini tanlashingiz kerak. Ikkala bank har yili
murakkab foizlar yozadi.
a) Pullaringizni “A” bankka qo’ysangiz, omonatingizning bo’lajak qiymati
to’rt yildan keyin qancha bo’ladi? “B” bankka qo’ysangizchi? Qaysi qaror
ko’proq foyda keltiradi?
b) Ko’pchilik odamlar omonat borasida qanday qarorga keladilar? Ular “B”
bankka qanday munosabatda bo’ladilar?
14. Faraz qilaylik, har yil bankka 1000 dollardan omonat qo’yasiz. Agar foiz
stavkasi yillik 10 %ga teng bo’lsa, ikki yildan keyin pulingiz qancha bo’ladi? Uch
yildan keyinchi? Yetti yildan keyinchi?
15. Faraz qilaylik, har oy 100 dollardan omonat qo’yasiz. Agar foiz stavkasi
yillik 8 %ga teng bo’lsa, ikki yildan keyin pulingiz qancha bo’ladi? Uch yildan
keyinchi? Yetti yildan keyinchi?
16. Yilda hisoblanadigan foiz stavkasi 12% bo’lishi va foizlar har oy
yozilishi sharti bilan qarz oldingiz. Amaldagi yillik foiz stavkasi qanday bo’ladi?
17. Ahror bankka 23103000 so’mni ma’lum muddatga yillik 13% dan
omonatga qo’ydi. Bank unga ushbu davr uchun 1298613 so’m hisoblangan
foizlarni taqdim etdi. Berilgan ma’lumotlardan foydalangan holda quydagilarni
aniqlang:
Do'stlaringiz bilan baham: