uch ish kuni ichida kelgusi davr uchun davlat byudjeti so’rovini tuzish tartibini:
tegishli byudjetlar loyihalarini tayyorlash uchun — tuman va shahar
hokimlariga;
davlat byudjeti so’rovlarini tuzish uchun — Qora-qalpog’iston
Respublikasining respublika byudjetidan, viloyatlarning viloyat byudjetlaridan va
Toshkent shahrining shahar byudjetidan moliyalashtiriladigan davlat byudjeti
tashkilotlari hamda davlat byudjeti mablag’lari oluvchi-larga yuboradi.
Tuman va shahar hokimlari kelgusi davr uchun davlat byudjeti so’rovini
tuzish tartibini olgandan so’ng uch ish kuni ichida tegishli byudjetlar loyihalarini
tuzish to’g’risida va ularni tayyorlash muddatlarini belgilash haqida qarorlar
qabul qiladi.
Tumanlar va shaharlar hokimliklarining moliya bo’limlari qarorlar qabul
qilinganidan so’ng uch ish kuni ichida kelgusi davr uchun davlat byudjeti
so’rovini tuzish tartibini tumanlar va shaharlar byudjetidan moliyalash-tiriladigan
361
davlat byudjeti tashkilotlariga va davlat byudjeti mablag’lari oluvchilarga davlat
byudjeti so’rov-larini tuzish uchun yuboradi.
Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlarini tuzish
jarayonida davlat byudjeti so’rovining juda katta ahamiyati bor.
Davlat byudjeti so’rovi o’z tarkibiga:
- davlat byudjeti tashkilotining, davlat byudjeti mablag’lari oluvchining
va davlat byudjeti mablag’larini taqsimlovchining davlat byudjeti tizimi
byudjetlari mablag’laridan foydalanish bilan bog’liq faoliyatining miqdor va sifat
ko’rsatkichlarini o’z ichiga oluvchi, o’tgan yilda erishilgan natijalar va joriy yilda
kutilayotgan natijalar to’g’risidagi tahliliy hisobotni;
xarajat majburiyatlarining ularni kiritish (ijro etish) uchun asos
bo’ladigan hamda moliyalashtirish manbalari va amal qilish muddatlarini
belgilaydigan normativ-huquqiy hujjatlar, shartnomalar va (yoki) ularning
alohida qoidalari ko’rsatilgan reestrini;
davlat byudjeti mablag’larini taqsimlovchining rivojlantirish dasturini;
davlat byudjeti mablag’larini taqsimlovchining rivojlantirish dasturi
bilan uzviy bog’liq holda tuzilgan kelgusi davr uchun davlat byudjeti
buyurtmasini o’z ichiga oladi.
Tumanlar va shaharlar byudjetidan moliyalashtiri-ladigan davlat byudjeti
tashkilotlari va davlat byudjeti mablag’lari oluvchilar bo’yicha davlat byudjeti
so’rovini ko’rib chiqish tumanlar va shaharlar hokimliklarining moliya bo’limlari
tomonidan, Qoraqalpog’iston Respublikasining respublika byudjetidan,
viloyatlarning viloyat byudjetla-ridan va Toshkent shahrining shahar byudjetidan
moliyalash-tiriladigan davlat byudjeti tashkilotlari va davlat byudjeti mablag’lari
oluvchilar bo’yicha, shuningdek tumanlar va shaharlar byudjetlari loyihalari
bo’yicha davlat byudjeti so’rovini ko’rib chiqish Qoraqalpog’iston Respub-likasi
Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya
boshqarmalari tomonidan, O‘zbe-kiston Respublikasining respublika byudjetidan
moliyalash-tiriladigan tasarrufdagi davlat byudjeti tashkilotlari va davlat byudjeti
mablag’lari oluvchilar bo’yicha davlat byudjeti so’rovlarini ko’rib chiqish esa
davlat byudjeti mablag’larini taqsimlovchilar tomonidan amalga oshiri-ladi.
Davlat byudjeti mablag’larini taqsimlovchilar, Qoraqalpog’iston Respublikasi
byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari loyihalari, shuning-
dek davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlari loyihalari bo’yicha davlat byudjeti
so’rovlarini ko’rib chiqish O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan
amalga oshiri-ladi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi, O‘zbekiston Respublikasi
Davlat bojxona qo’mitasi va boshqa vazirliklar, davlat qo’mitalari hamda
idoralarning Davlat byudjeti loyihasining daromad qismi bo’yicha takliflarini
362
ko’rib chiqish O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan amalga
oshiriladi.
Davlat byudjeti so’rovlari ko’rib chiqilayotganda O‘zbekiston Respublikasi
Moliya vazirligiga davlat byudjeti so’rovlari olinganidan keyin o’n ish kuni
ichida quyidagilarga yozma bildirishlar yuborish huquqi beriladi:
davlat byudjeti mablag’larini taqsimlovchilarga va davlat maqsadli
jamg’armalarini taqsimlovchi organlarga — amalga oshirish uchun asoslar
mavjud bo’lmagan, ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligi past bo’lgan, davlat byudjeti
daromadlarining tegishli o’sishi bilan ta’minlanmagan xarajatlarni kamaytirish
to’g’risida, shuningdek davlat byudjeti tashkilotlari va davlat byudjeti mablag’lari
oluvchilar faoliyatining samaradorlik ko’rsatkichlari pasaygan hollarda
xarajatlarni maqbullashtirish haqida;
Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent
shahar hokimliklari va davlat maqsadli jamg’armalarini taqsimlovchi organlarga
— tegishli byudjetlar va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlari daromadlari
hamda xarajatlarining prognozlari asossiz ravishda pasaytirilgan yoki oshirilgan
hollarda, mazkur prognozlarga tuzatish kiritish to’g’risida.
Davlat byudjeti mablag’larini taqsimlovchilar, Qora-qalpog’iston
Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar hokimliklari va
davlat maqsadli jamg’ar-malarini taqsimlovchi organlar O‘zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligining yozma bildirishlarini olgandan keyin uch ish
kuni ichida mazkur yozma bildirishlarda ko’rsatilgan fikr-mulohazalarni hisobga
olgan holda yangilangan davlat byudjeti so’rovlarini taqdim etishi shart.
Kelgusi davr uchun davlat byudjeti so’rovlari:
Qoraqalpog’iston
Respublikasining
respublika
byudjetidan,
viloyatlarning viloyat byudjetlaridan va Toshkent shahrining shahar byudjetidan,
tumanlar va shaharlar byudjetlaridan moliyalashtiriladigan davlat byudjeti
tashkilotlari va davlat byudjeti mablag’lari oluvchilar tomonidan tegishli moliya
organlariga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan
moliyalashtiriladigan tasarrufdagi davlat byudjeti tashkilotlari va davlat byudjeti
mablag’lari oluvchilar tomonidan davlat byudjeti mablag’larini taqsimlovchilarga
— joriy yilning 1-iyunigacha;
davlat byudjeti mablag’larini taqsimlovchilar tomonidan O‘zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligiga — joriy yilning 1-iyuligacha;
davlat maqsadli jamg’armalarini taqsimlovchi organlar tomonidan
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga — joriy yilning 1-iyuligacha
taqdim etiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi, O‘zbekiston Respublikasi
Davlat bojxona qo’mitasi va boshqa vazirliklar, davlat qo’mitalari hamda idoralar
363
Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg’armalari daromadla-rining prognozi
bo’yicha takliflarni O‘zbekiston Respub-likasi Moliya vazirligiga va davlat
maqsadli jamg’ar-malarini taqsimlovchi organlarga — joriy yilning 15
Do'stlaringiz bilan baham: |