Pensiya, nafaqa va to’lov xarajatlarini moliyalashtirish tartibi.
Amaldagi me’yoriy hujjatlarga muvofiq Pensiya jamg’armasi quyidagi
yo’nalishlarga xarajat qilinadi
83
.
1) ishlamaydigan fuqarolarga:
davlat pensiyalarining barcha turlari (yoshga doir, nogironlik va
boquvchisini yo’qotganlik pensiyalari);
qonun
hujjatlariga
muvofiq
Jamg’arma
mablag’laridan
moliyalashtiriladigan kompensatsiya to’lovlari va boshqa to’lovlarni to’lash
uchun;
2) ishlaydigan fuqarolarga:
davlat pensiyalarining barcha turlari (yoshga doir, nogironlik va
boquvchisini yo’qotganlik pensiyalari);
dafn marosimi uchun nafaqalar (ushbu nafaqalarni moliyalashtirish 2019-
yilning 1-yanvaridan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan
amalga oshiriladi
84
);
16 yoshgacha bo’lgan nogiron bolaning ota-onalaridan biriga (vasiyga,
homiyga) bir oyda qo’shimcha dam olish kuni uchun to’lovlar;
qonun
hujjatlariga
muvofiq
Jamg’arma
mablag’laridan
moliyalashtiriladigan kompensatsiya to’lovlari va boshqa to’lovlar uchun
sarflanadi.
Ishlamaydigan va ishlaydigan fuqarolarga pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar va
kompensatsiya to’lovlari va boshqa to’lovlarni moliyalashtirish uchun
Jamg’armaning
hududiy
bo’linmalari
tomonidan
G’aznachilikning
83
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan
tashqari Pensiya jamg’armasi to’g’risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 2010-yil 19-fevraldagi 30-son qarori
84
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2019-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlari prognozi va davlat byudjeti
parametrlari hamda 2020-2021 yillarga byudjet mo’ljallari to’g’risida” gi 26-dekabr 2018-yilda qabul qilingan PQ-4086-son
Qarori 28-band.
308
bo’linmalarida hisob raqamlari ochiladi. Jamg’armaning hududiy boshqarmalari
to’lov to’lanadigan har bir oyning 15-kunigacha ishlamaydigan va ishlaydigan
fuqarolarga pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiya to’lovlari va boshqa
to’lovlar to’lash uchun mablag’larga bo’lgan ehtiyoj hajmini belgilaydi hamda
Jamg’armaning ijro etuvchi apparatiga buyurtmanoma taqdim etadi.
Jamg’armaning ijro etuvchi apparati Jamg’arma xarajatlarini O‘zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilangan tartibda:
joriy to’lov oyining 15-kunigacha — o’tgan oyning ehtiyoji hisob-
kitobidan kelib chiqib 50 foiz miqdoridagi summani;
joriy to’lov oyining 27-kunigacha — amaldagi ehtiyojning taqdim etilgan
miqdoridan qolgan summani moliyalashtiradi.
Jamg’armaning tuman (shahar) bo’limlari pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar,
kompensatsiya va boshqa to’lovlar uchun mablag’larni aloqa tashkilotlari va
banklarning hisob raqamlariga o’tkazadi.
Jamg’armaning
tuman
(shahar)
bo’limlari
tashkilotlarning
buyurtmanomalari bo’yicha ishlaydigan pensionerlarga pensiyalar, dafn
marosimi uchun nafaqalar (mablag’lari davlat byudjetidan qoplanadi), 16
yoshgacha bo’lgan nogiron bolalarning ota-onalaridan biriga qo’shimcha dam
olish kunlari uchun va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa to’lovlarni
to’lashga mablag’larni moliyalashtiradi.
Jamg’armaning hisob raqamlaridan mablag’larni qonun hujjatlarida nazarda
tutilmagan maqsadlarda o’tkazish va vaqtincha olib qo’yish taqiqlanadi.
Jamg’armaning hududiy boshqarmalari har yili 15 iyundan kechikmay
Jamg’armaning ijro etuvchi apparatiga joriy yil uchun xarajatlarning kutilayotgan
ijrosini va kelgusi yilga Jamg’arma xarajatlari prognozini taqdim etadi. Kelgusi
yilga manbalar va foydalanish yo’nalishlari bo’yicha Jamg’armaning daromadlari
va xarajatlari prognozlari Jamg’armaning ijro etuvchi apparati tomonidan ishlab
chiqiladi va Jamg’armaning Kuzatuv kengashiga ko’rib chiqish uchun kiritiladi.
O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti belgilangan tartibda qabul
qilingandan va kelgusi yilga uning asosiy parametrlari tasdiqlangandan keyin
Jamg’armaning ijro etuvchi apparati besh kun muddatda:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasiga — mintaqalar
bo’yicha kelgusi yilga Jamg’arma daromadlarining tasdiqlangan asosiy
parametrlarini;
Jamg’armaning hududiy boshqarmalari va tuman (shahar) bo’limlariga —
turlar va mintaqalar bo’yicha kelgusi yilga Jamg’arma xarajatlarining
tasdiqlangan asosiy parametrlarini (yo’nalishlarini) etkazadi.
Jamg’arma daromadlari va xarajatlarining tasdiqlangan ko’rsatkichlarini
bajarish:
309
yuridik va jismoniy shaxslardan majburiy to’lovlar, badallar va boshqa
to’lovlar tushishining va yig’ilishining to’liqligi yuzasidan — davlat soliq xizmati
organlari tomonidan;
Jamg’arma mablag’larini belgilangan tartibda o’z vaqtida va to’liq
moliyalashtirish, o’z vaqtida tayinlash, to’lash va manzilli ravishda sarflash,
shuningdek Jamg’arma mablag’laridan maqsadli va samarali foydalanilishini
nazorat qilish yuzasidan — Jamg’armaning hududiy boshqarmalari va tuman
(shahar) bo’limlari tomonidan ta’minlanadi.
Jamg’armaning hududiy boshqarmalari Jamg’armaning ijro etuvchi
apparatiga:
har oyda, hisobot oyidan keyingi oyning 10-kunigacha — hududlar
bo’yicha to’langan pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiya to’lovlari va
boshqa to’lovlar to’g’risidagi tezkor axborotni;
tasdiqlangan shakl bo’yicha yuridik shaxslarning choraklik va yillik
hisobotlari taqdim etilgandan keyin 15 kun mobaynida — mablag’lardan
foydalanish to’g’risidagi hisobotni taqdim etadi.
Jamg’armaning Kuzatuv kengashi Jamg’armani boshqarishning yuqori
organi hisoblanadi, uning tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori
bilan tasdiqlanadi. Jamg’armaning Kuzatuv kengashi vakolatlariga quyidagilar
tegishli bo’ladi:
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda
Jamg’armaning daromadlari va xarajatlari prognoz parametrlarini, shuningdek
Jamg’arma xarajatlarining har yilgi smetasini ko’rib chiqish va tasdiqlash;
Jamg’arma ijro etuvchi apparati, hududiy boshqarmalarining amalga
oshiriladigan ishlar to’g’risidagi hisobotlarini eshitish va tasdiqlash;
vazirliklar va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa
tashkilotlar mas’ul xodimlarining Jamg’arma vakolatiga tegishli bo’lgan
masalalar bo’yicha hisobotlarini eshitish;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasining Jamg’armaga
majburiy ajratmalar, badallar va boshqa to’lovlarning to’liq va o’z vaqtida
to’lanishini ta’minlash to’g’risidagi axborotini eshitish;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Jamg’armaning ijro
etuvchi direktorini, uning o’rinbosarlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan
ozod qilish to’g’risida taqdimnoma kiritish;
Jamg’armaning hududiy boshqarmalari to’g’risidagi namunaviy nizomni
tasdiqlash;
310
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari
Pensiya jamg’armasining Pensiyalar tayinlash bo’yicha tuman (shahar) bo’limi
komissiyalari to’g’risidagi namunaviy nizomni tasdiqlash;
Jamg’armaning ijro etuvchi apparati faoliyatini, ayniqsa Jamg’arma
daromadlarini shakllantirish, uni o’z vaqtida moliyalashtirish va undan maqsadli
foydalanish yuzasidan nazorat qilish;
topshiriqlar, vedomostlar va pochta o’tkazmalari bo’yicha to’lanadigan
pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiya va boshqa to’lovlar jo’natilishi va
etkazib berilishi bo’yicha xizmatlarga haq to’lash miqdorlarini tasdiqlash;
Jamg’arma faoliyati hamda fuqarolarning ijtimoiy ta’minotga va davlat
ijtimoiy sug’urtasiga bo’lgan davlat tomonidan kafolatlangan huquqlari amalga
oshirilishi bilan bog’liq boshqa funksiyalarni amalga oshirish.
Jamg’armaning ijro etuvchi apparatiga Jamg’arma Kuzatuv kengashining
taqdimnomasi bo’yicha, belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining qarori bilan lavozimga tayinlanadigan ijro etuvchi direktor
boshchilik qiladi. Ijro etuvchi direktor Jamg’armaga yuklangan vazifalarning
bajarilishi va o’z funksiyalarining amalga oshirilishi uchun shaxsan javob beradi.
Jamg’arma ijro etuvchi direktorining birinchi o’rinbosari va o’rinbosari
Jamg’arma Kuzatuvchi kengashining taqdimnomasi bo’yicha, O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan lavozimga tayinlanadi.
Jamg’armaning Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent
shahar boshqarmalari boshliqlari Jamg’arma ijro etuvchi direktorining
taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining qaroriga
muvofiq lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod etiladilar.
Jamg’armaning Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent
shahridagi boshqarmalari boshliqlarining o’rinbosarlari, Jamg’armaning tuman
(shahar) bo’limlari boshliqlari Jamg’armaning tegishli hududiy boshqarmalari
boshliqlarining taqdimnomasi bo’yicha Jamg’armaning ijro etuvchi direktori
tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
Jamg’armaning ijro etuvchi apparati, uning hududiy boshqarmalari va tuman
(shahar) bo’limlari yagona markazlashtirilgan tizimni tashkil etadi hamda quyi
boshliqlarning yuqori boshliqlarga hamda Jamg’arma Kuzatuv kengashining
raisiga bo’ysunishi va hisob berishi asosida ishlaydi.
Jamg’armaning ijro etuvchi direktori:
jamg’arma faoliyatiga rahbarlik qiladi;
o’z vakolatlari doirasida ijro etuvchi direktorning o’rinbosarlari hamda
hududiy boshqarmalar, tuman (shahar) bo’limlari rahbarlari Jamg’arma o’rtasida
lavozim vazifalarini taqsimlaydi;
311
o’z vakolatlari doirasida hududiy boshqarmalar va tuman (shahar)
bo’limlari rahbarlari Jamg’arma tomonidan bajarilishi majburiy bo’lgan
buyruqlar, yo’riqnomalar chiqaradi va ko’rsatmalar beradi;
belgilangan mehnatga haq to’lash fondi va xodimlarning soni doirasida
ijro etuvchi apparatning shtatlar jadvaliga o’zgartirishlar kiritadi va uni
tasdiqlaydi, Jamg’armaning tarkibiy boshqarmalari to’g’risidagi nizomni
tasdiqlaydi;
jamg’armaning ijro etuvchi apparati xodimlarini, Jamg’armaning
Qoraqalpog’iston
Respublikasi,
viloyatlar
va
Toshkent
shahridagi
boshqarmalarining boshliqlari o’rinbosarlarini, Jamg’armaning tuman (shahar)
bo’limlari boshliqlarini lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi;
pul mablag’lari va moddiy boyliklarning buxgalteriya hisobi yuritilishini,
statistika va buxgalteriya hisobotlari tuzilishini va belgilangan tartibda taqdim
etilishini tashkil qiladi;
jamg’armaning vaqtincha bo’sh mablag’larini tijorat banklaridagi
depozitlarga va boshqa moliyaviy vositalarga joylashtiradi;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalar va vakolatlarni amalga
oshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |