14-MAVZU: MOLIYA VA RISKLAR
REJA:
1. Risklarning mazmun-mohiyati.
2. Moliyaviy risklarning tasniflanishi.
3. Iqtisodiyotning turli bo‘g‘inlarida risklar.
1. Risklarning mazmun-mohiyati
Ma’lumki, moliya sohasida risklarni minimallashtirishga risk strategiyasini
ishlab chiqish orqali erishish mumkin.
Moliyaviy risklarni boshqarish tizimi riskning yuzaga kelishini oldindan
234
xom-cho‘t qilish, risk tufayli yuzaga keladigan salbiy xolatlarga yo‘l qo‘ymaslik
yoki ularning ta’sirini kamaytirish borasida chora-tadbirlar, usullar yig‘indisini
o‘z ichiga oladi.
Moliyaviy risklarni boshqarish tizimining obyekti moliya sektori faoliyatida
yuzaga keluvchi risklar bo‘lsa, uning subyekti sifatida riskga o‘z ta’sirini
o‘tkazuvchi guruh, moliya sohasi hodimi yoki menejeri hisoblanadi.
Moliyaviy risklarni boshqarish strategiyasini ishlab chiqish uchun bank
faoliyatini chuqur bilish, moliyaviy korxonalari bajaradigan operatsiyalarning
samaradorligini aniqlay bilish, banklarning kredit, investitsiya, valyuta siyosati va
boshqa faoliyatlari bo‘yicha optimal qarorlar qabul qilishga erishish, mijozlarning
xo‘jalik faoliyati va ularning moliyaviy ahvoli, tarmoqlar faoliyatining
xususiyatlari va boshqalarni bilish lozim.
Moliyaviy risklarni boshqarish strategiyasi xo‘jalik yurituvchi
subyektlarning barcha imkoniyatlaridan to‘la foydalanish, korxonalarni
rivojlantirish istiqbollarini belgilab berish va moliyaviy risklarni oldini olib
banklar faoliyatining samaradorligini oshirishga imkon yaratadi.
Hozirgi paytda O‘zbekistonda ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini
shakllantirish jarayoni moliya-bank sektorini barqaror faoliyat yurituvchi tizimini
yaratishni ko‘zda tutadi. Chunki moliya-bank sektori bozor infratuzilmasining
muhim tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi. Ularning barqarorligi davlat
ahamiyatiga egadir.
Markazlashgan iqtisodiyot sharoitida barcha xo‘jalik subyektlari qat’iy
yo‘riqnomalar, buyruqlar, me’yoriy xujjatlar bo‘yicha faoliyat olib borganligi
uchun risk va uning darajasini o‘ylashga to‘g‘ri kelmasdi. Oldindan qancha foyda
olish yoki zarar ko‘rish mumkinligi aniq bo‘lar edi. Ko‘rilgan zarar odatda,
korxonaning yuqori tashkiloti yoki vazirlik tomonidan, ba’zi xollarda turli xil
yo‘qotishlar bilan birga budjet mablag‘lari hisobidan qoplanardi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida faoliyat ko‘rsatish korxonalardan faoliyatning
yuqorida keltirilgan tamoyillarini o‘zgartirishni talab qiladi. Zamonaviy moliya-
bank tizimini risksiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Moliya sohasini risksiz
operatsiyasi yo‘q, uning barcha operatsiyalari risk bilan bog‘liq bo‘lib, ularning
darajasi operatsiya turiga qarab har xil bo‘lishi mumkin. Moliya-bank amaliyotida
riskni umuman yo‘q qilish mumkin emasligi bois, uni oldindan ko‘ra bilish, uni
kamaytirish choralarini ko‘rish lozim.
Qadimgi zamonlardan risk foydani shakllantirish omili hisoblanadi. J.B.Sey va
KurselSeneylar fikricha risk foydaning faqat bir qismini shakllantirish omili
hisoblanadi
64
. 19-asrlarda odamlarning risk qilishga tayyorligi ular foydasining
64
Найт Ф.Х. Риск,неопределённость и прибыль. Пер.с англ. - М.: Дело, 2003. – С. 35.
235
shakllanishi va o‘zlashtirilishiga olib kelishi bilan izohlanardi. Hozirgi kunda
shakllanayotgan foydaning asosiy qismi riskni samarali boshqarishdan vujudga keladi.
“Risk” atamasi yevropaning ko‘p tillarida mavjud. Misol uchun greklarda
“ridsikon” so‘zi mavjud bo‘lib, u qoya, cho‘qqi ma’nosini bildiradi. Italiyaliklar
tilida “risiko” so‘zi xatar, tahdid ma’nosini, “risicare” so‘zi qoyadan mohirona
o‘tish ma’nosini bildiradi. Fransuzlardagi “risdoe” so‘zi tahdid, qoyani aylanib
o‘tmoq ma’nosini beradi. Iqtisodiy lug‘atlarda risk – xavf-xatar, zarar va
yo‘qotish ehtimoli, xavf ehtimoli yoki muvaffaqiyat umidida xavf tomon borish
ma’nosida kelishi ko‘rsatilgan.
“Risk” so‘zi ispancha-portugalcha so‘zdan olingan bo‘lib, “suv ostidagi
qoya” degan ma’noni bildiradi. Taniqli lug‘atshunos S.I.Ojegovning rus tili izohli
lug‘atida “risk - bu muvaffaqiyatga intilish, baxtli hodisaga umid” degan ma’no
anglatadi deyilsa, mashhur Vebster lug‘atida riskka “xavf, zarar va talafot
ehtimoli” deb qaralgan. V.T. Sevryuk “risk - bu hol, bir ishlab chiqaruvchining
situativ holati” degan ta’rifni bergan bo‘lsa, rus olimi A.Ol shanskiy “risk - bu
zarar ko‘rish yoki manfaatni qo‘ldan chiqarish bilan bog‘liq ehtimollar
o‘lchamidir”
65
, degan ta’rifni keltiradi.
Risk nazariyasini o‘rganishda klassik maktab namoyondalari muhim hissa
qo‘shishgan. A.Smit risk va foyda o‘rtasidagi o‘zaro proportsionallik tushunchasini
oydinlashtirishga harakat qilgan. Uning ta’kidlashicha, “riskli holatlar yuqori bo‘lgan
maydonda qonun bo‘yicha daromad kichik bo‘ladi, bu esa o‘z navbatida kutilayotgan
daromad darajasini ko‘paytirish uchun usullar salmog‘i yanada ortib boradi”.
Taniqli lug‘atshunos S.Ojegovning rus tili lug‘atida “risk - bu muvaffaqiyatga
intilish, baxtli hodisadan umid” ma’nolarini anglatadi deyilsa, mashhur Vebstera
lug‘atida “risk - bu xavf, zarar yoki talofat ko‘rish ehtimoli”
66
, deb ifodalangan.
Professor V.Usoskin “risk doimo noaniqlik bilan birga kelib, oxirgi, o‘z navbatida
oldindan ko‘ra bilish qiyin yoki mumkin bo‘lmagan voqealar bilan bog‘liq bo‘ladi”,
deya izohlaydi. ye.Stoyanova fikricha: “risk - bu rejalashtirilgan variantga nisbatan
daromad ola bilmaslik yoki zarar ko‘rish ehtimolidir”.
Risk to‘g‘risidagi fikrlarni umumlashtirilgan holda prof V.V.Kovalyov
quyidagicha ta’rif berib o‘tadi:
Risk bu moliyaviy yo‘qotish darajasini belgilab:
a) qo‘yilgan maqsadga yetib bormaslik;
b) noaniqliq holatda natijani belgilash;
c) subyektiv holatda belgtlangan natijani baholash.
Investitsiya faoliyati ma’lum miqdordagi moliyaviy resurslarni talab qiladi.
Bu sarflangan resurslardan investorlar ma’lum daromad, foyda olishni ko‘zlaydi.
65
Гвезденко А.А. Основы страхования. - М.: Финансы и статистика, 1999.– С. 148.
66
Севрук В.Т. Банковские риски. Москва: Дело, 1995. - С. 3
236
Mazkur foyda esa investorlarning xarajatlarini, inflyatsiya omilini, tadbirkorlik
riskini qoplashi lozim. Ammo amaliyotda investorlar har doim ham kutilgan,
rejalashtirilgan natijalarga erisha olmaydilar. Buning asosiy sabablaridan biri -
risklarning mavjudligidir.
Risk bilan noaniqlikning farqi shundaki, natijalar ehtimolligi joriy davr
ma’lumotlari asosida baholanayotgan vaqtda risk e’tiborga olinadi. Noaniqlik esa
bunday ehtimollik o‘tgan va kelasi davr ma’lumotlari yetishmasligi yoki to‘liq
emasligi sababli subyektiv aniqlangan vaqtda e’tiborga olinadi. Har qanday holda
ham kelgusi iqtisodiy holatlar istiqbolini belgilash (inflyatsiya, foiz stavkasi, talab
va taklif, ishlab chiqarish, sotish hajmi va boshqalar) kelajakning ma’lum
emasligi sababli faqat taxminiy va noaniq natijalar bo‘lishi mumkin. Chunki
o‘tgan davr ma’lumotlari asosida faqat noma’lum kelajakda yuz berishi mumkin
bo‘lib o‘tgan rivojlanish tendensiyasini aniqlash mumkin.
Noaniqlik va risklarning har ikkalasi ham loyihadagi yo‘qotish va zararlarga
bog‘liq bo‘lganligi uchun ularning bir-biri bilan uzviy aloqadorlikda ifodalash
maqsadga muvofiqdir.
Investitsion loyihalar kelajakka qaratilganligi sababli, ularni amalga oshirish
natijalarini aniq taxmin qilish muammodir. Bunday loyihalar kutilishi mumkin
bo‘lgan risklar va noaniqliklarni hisobga olgan holda bajarilishi kerak.
Investitsion qaror bir qator kutilishi mumkin bo‘lgan oqibatlarga ega bo‘lgan
hollarda, qaror riskli yoki noaniqliklarga ega deb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |