Kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muxammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti



Download 3,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/77
Sana26.06.2021
Hajmi3,02 Mb.
#102227
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   77
Bog'liq
5f5aff498f8d98.796399621-1613

 
 
 
 
 
 
 


61 
 
1.5. TT ning samarali ishlashini belgilaydigan ko‘rsatkichlar 
 
1.5.1. TTlarda jarayonlar va aloqalar 
 
Yuqorida  qayd  etilganidek,  taqsimlangan  tizim    bu  aloqa  kanallari 
yordamida  mustaqil  kompyuterlarning  o‘zaro  bog‘langan  to‘plami  hisoblanib, 
foydalanuvchi  nuqtai  nazaridan  maxsus  dasturiy  ta’minot  asosidagi  yagona  tizim 
ko‘rinishida tasavvur etiladi, yoki  boshqa so‘z bilan, TT bu foydalanuvchi nuqtai 
nazaridan  yagona  tizim  shaklida  tasavvur  qilinadigan  mustaqil  kompyuterlar 
to‘plami.  
Foydalanuvchi taqsimlangan tizimga bog‘lanib, o‘ziga kerak bo‘lgan resurs 
to‘g‘risida  ma’lumot  beradi,  tizim  resursni  dunyoning  istalgan  nuqtasidan  topib 
unga  taqdim  etadi,  foydalanuvchi  ushbu  resursdan  xuddi  o‘zini  kompyuterida 
joylashtirilganidek foydalanadi. Umuman olganda, foydalanuvchi tomonidan talab 
etilgan  resurs  dunyoning  bir  nechta  nuqtalarida  joylashgan  resurslarning 
yig‘indisidan tarkib topishi mumkin. Bunda tizim ushbu resurslarni topadi, ularni 
jamlab,  «kompozit»  resurs  shakllantiradi  va  foydalanuvchiga  bitta  resurs  sifatida 
taqdim etadi. 
TT doirasida bunday imkoniyatlar uning komponentalari orasida ma’lum bir 
jarayonlarning bajarilishi oqibatida amalga oshiriladi.  
Boshqa  so‘zlar  bilan  aytganda,  TTning  hisoblash  komponentalarida 
bajariladigan hamma masalalar jarayonlar to‘plami asosida tashkil etiladi. 
Jarayon  tushunchasi  bajariladigan  komandalar  to‘plamining  yig‘indisi  va 
ularga bog‘langan resurslar (jarayon bajarilishi uchun kerak bo‘ladigan xotira yoki 
adres  maydoni,  axborot  almashuvini  tashkil  etuvchi  protokollar  «steklari», 
foydalaniladigan  fayllar,  kiritish-chiqarish  vositalari  va  b.)  va  jarayon 
bajarilishining  vaqt  momentlari  (registrlarning  qiymatlari,  dasturiy  hisoblagich  va 
b.) shaklida xarakterlanadi. 
Jarayon  tarmoq  operatsion  tizimi  orqali  boshqariladi.  1.24  -rasmda  jarayon 
bajarilishining diagrammasi keltirilgan. 


62 
 
Jarayonni  boshlanish  («tug‘ilishida»)  holatida  (ya’ni,  TT  ga  qayta  ishlash 
uchun ma’lumot kelib tushgan paytida) unga adres maydoni beriladi. 
Adres  maydoniga  dasturiy  kod  o‘rnatiladi:  tizim  resurslari  va  «stek»  lar 
(ya’ni,  maxsus  interfeyslar)    ajratiladi,  dasturiy  xisoblagichning  boshlang‘ich 
qiymati o‘rnatiladi va u «ishga tayyor» xolatiga o‘tkaziladi. 
Operatsion tizim yoki dispetcherlash serveri (rejelashtirgich) o‘z tarkibidagi 
rejalashtirish  algoritmidan  foydalanib,  kerak  bo‘lgan  «ishga  tayyor»  xolatidagi 
jarayonni tanlaydi  va uni «bajarish» holatiga o‘tkazadi. 
Bajarish  resurslari  yetishmay  qolgan  tizimdagi  boshqa  jarayonlar  «kutish» 
rejimiga o‘tkaziladi. 
Jarayon «bajarish» xolatidan uchta sabab bilan chiqariladi: 
- tizim jarayon bajarilishidan to‘xtatiladi; 
-  qandaydir  shart  bajarilmaganligi  sababli,  jarayon  o‘z  vazifasini  davom 
ettira olmaydi va u «kutish» xolatiga o‘tkaziladi; 
-  hisoblash  tizimida  uzilish  yuz  berganligi  sababli,  jarayon  yana  «ishga 
tayyor» xolatiga o‘tkaziladi. 
Kutilayotgan  shart  bajarilganidan  so‘ng,  jarayon  «kutish»  xolatidan  «ishga 
tayyor» xolatiga o‘tadi va u yana «bajarish» xolatiga o‘tishi mumkin bo‘ladi. 
Jarayon  yakunida  u  «bajarish»  xolatidan,  «bajarish  yakunlandi»  xolatiga 
o‘tadi. 
 


63 
 
 
 
1.24– rasm. TTda jarayon bajarilishidagi holatlarning diagrammasi. 
 
Jarayonning xolatini o‘zgartirish bilan operatsion tizim yoki dispet-cherlash 
serveri  shug‘ullanadi.  Bunda  ular  tomonidan  jarayon  xolatiga  oid  kerakli 
operatsiyalar bajariladi, ular uch ikkilikka birlashtiriladi: 
- jarayonni yaratish            jarayonni yakunlash; 
- jarayonni bir oz to‘xtatish              jarayonni ishga tushirish; 
- jarayonni blokirovkalash              jarayonni blokirovkadan chiqarish. 
Ba’zi  bir  masalani  rejalashtirish  modellarida  qo‘shimcha  «jarayonning 
prioritetini o‘zgartirish» operatsiyasi mavjud. 

Download 3,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish