MAVZUNING AHAMIYATI
Aromatik birikmalar guruhiga molekula tuzilishi, kimyoviy va fizikoviy
xossalari turlicha bo’lgan sintez yoki yarim sintez usullari bilan olingan moddalar
kiradi.
Ushbu guruhga kiruvchi dori moddalar dizenfekciyalovchi,
shamollashga qarshi, og’riq qoldiruvchi, antiaritmik hamda gijjalarga qarshi
farmokologik ta’sirlariga ega.
O’quv uslubiy qo’llanma, o’rganilayotgan guruh dori moddalarining
sifatini nazorat qilish usullari yuzasidan nazariy bilim va amaliy ko’nikmalar hosil
qilishda muhim ahamiyat kasb etib, bu esa keyingi mavzularni o’rganishda
aromatik xalqa, fenol gidroksili, birlamchi aromatik amin saqlagan dori
moddalarning tahlil usullarini o’rganishda kimyoviy xossalarini bilish qo’l keladi.
Dars 12 soat (3 ta laboratoriya darsi) ga mo’ljallangan bo’lib, har bitta
darsning hronologiyasi va tehnologiyasini alohida ko’rsatishni maqsadga muvofiq
deb toptik.
Birinchi dars: Fenollar, tetraciklinlar va paraaminofenol xosilalari
Do'stlaringiz bilan baham: |