Mafkuraviy-tarbiyaviy funksiya. Davlat va huquq nazariyasi davlat
va huquq to‘g‘risidagi g‘oyalarning ilmiy tizimidan iborat. U kishilarda muhim
siyosiy va huquqiy, ya’ni demokratiya, qonunchilik, davlat intizomi, shaxsning
huquqi hamda erkinliklari to‘g‘risida ilmiy tushunchalar, ta’limotlar, konseptual
bilimlarni shakllantiradi.
Fanning mafkuraviy funksiyasi davlat va huquq masalalariga dialektik
nuqtayi nazardan yondashishga, dunyoqarashning mustahkamlanishiga, shuning-
dek kishilar ongida yangi huquqiy ong, zamonaviy demokratik huquqiy tafak-
kur, huquqiy madaniyat va qonunchilikka hurmat hissini tarbiyalashga yordam
beradi.
Davlat va huquq nazariyasi yuqoridagi funksiyalardan tashqari,
siyosiy,
tashkilotchilik, bashorat qilish kabi funksiyalarni ham bajaradi. Demak, davlat
va huquq nazariyasi quyidagi vazifalarni bajarishga ko‘maklashadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |