34
Odilqoriyev X.T.
Davlat va huquq nazariyasi
davlatning iqtisodiy rolini izohlash, huquqiy tartibga solishning yangi
mexanizmlarini shakllantirish va hokazo.
Nazariy bilish funksiyasini amalga oshirish tufayli davlat va huquq
nazariyasi davlat-huquqiy voqeliklarni chuqur va mukammal o‘rganish asosida
ularning xarakterli belgilari va muhim xususiyatlarini ta’riflab beradi. Davlat
va huquqni xuddi shu tarzda tadqiq etish davlat va huquqning kelgusi rivojlanishi
haqida ilmiy bashoratlar qilish imkoniyatini beradi. Umuman olganda mazkur
fan ilmiy-huquqiy dunyoqarashni shakllantirish funksiyasini bajaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: