huquq va majburiyatlarni amalga oshirish hujjatlari(harakatlari)dir.
Bu yerda so‘z huquqiy munosabat ishtirokchilarining huquq normalariga rioya
etish, bajarish va foydalanish shaklidagi real amaliy xatti-harakatlari, xulq-
atvori haqida bormoqda. Mazkur harakatlar sodir etilishi bilan qonun chiqaruvchi
idora rejalashtirgan maqsad amalga oshadi hamda huquqiy tartibga solish
mexanizmi faoliyati yakun topadi.
Huquqni qo‘llash hujjatlari vakolatli davlat idorasining, mansabdor
shaxsning davlat-hokimiyat xarakteridagi hujjatidir. Bu hujjatlar huquqiy nor-
ma talablarini huquqiy munosabat orqali bevosita hayotga joriy etadi. Lozim
bo‘lgan hollarda huquqni qo‘llash hujjatlarining bajarilishi davlatning majbur-
lash kuchi bilan ta’minlanadi. Huquqni qo‘llash hujjatlari – qaror, farmoyish,
buyruq, hukm va boshqa shakllardan iborat. Bu hujjatlarda huquqiy munosabat
ishtirokchilarining huquq va burchlari aniq ko‘rsatib beriladi.
Huquqiy tartibga solishning eng oliy
shakli –
Do'stlaringiz bilan baham: |