Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi



Download 6,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet220/784
Sana26.06.2021
Hajmi6,22 Mb.
#102170
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   784
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi (1)

Siyosiy tizimning 

tarkibiy tuzilishi 

va funksiyalari

2-§.


153

VII bob.

 Jamiyatning siyosiy 

tizimi va davlat

yatida mamlakat siyosiy hayotida qaror topgan siyosiy norma yoki qoidalarni 

qo‘llash

1

.



Mazkur mezonlarga rioya etgan holda siyosiy sistema subyektlari tan-

lab olinadigan bo‘lsa, ular qatoriga davlat, barcha siyosiy partiyalar va ba’zi 

jamoat birlashmalari (ijtimoiy harakatlar) kiritilishi mumkin. Eng asosiy talab 

ularning siyosatga daxldorligi, siyosiy manfaat va maqsadlarni ko‘zlashi hamda 

ularga erishish yo‘lida harakatlana olishidir.

Siyosiy va huquqiy adabiyotlarda siyosiy tizimning tarkibiy tuzilishini 

tashkil etuvchi elementlar siyosiy hokimiyatni shakllantirish va amalga 

oshirishdagi o‘rniga qarab quyidagi qismlardan iborat, deb e’tirof etiladi:



tashkiliy jihat – davlat, siyosiy partiyalar, ijtimoiy harakatlar, jamoat 

birlashmalari, nodavlat tashkilotlar (institutsional element); 



me’yoriy jihat – huquq, siyosiy norma va an’analar, siyosiy hayot doira-

sidagi axloq va madaniyat qoidalari (normativ element);



aloqalar tizimiga oid jihat – siyosiy institutlar o‘rtasidagi aloqa bog‘lash 

vositalari va shakllari: saylovlar, referendumlar, ommaviy muhokamalar, 

majlislar, davlat va siyosiy partiyalarning aholiga murojaatlari, ommaviy 

axborot vositalarining faoliyati va boshqalar (kommunikativ elementlar); 



mafkuraviy jihat – siyosiy ong, jamiyatda hukmron bo‘lgan va uni 

yo‘naltiruvchi siyosiy mafkura (g‘oyaviy, mafkuraviy element). 

Siyosiy tizimni tashkil etuvchi yuqorida qayd etilgan to‘rtta kichik tizim 

siyosiy maqsadlarning amalga oshirilishida muayyan vazifalarni bajaradi. 

Masalan, tashkiliy kichik tizimga kiruvchi davlat va siyosiy partiyalar siyosiy 

maqsadlarni amalga oshirish uchun tuziladi. Qolgan boshqa kichik tizimlar

jumladan, jamoat birlashmalari, nodavlat notijorat tashkilotlari esa, siyosiy 

maqsadlar uchun emas, balki ma’lum guruhlarning madaniy, jismoniy va malaka-

viy manfaatlarini qondirishga xizmat qiladi.

Madaniy-mafkuraviy tizimning vazifasi siyosiy partiyalarning muayyan 

g‘oyalar va qarashlarga tayanishi bilan bog‘liq. Siyosiy partiyalar jamiyat 

taraqqiyotining yo‘nalishlari, hokimiyat uchun kurash uslublari va konsepsi-

yalaridan kelib chiqib, turli g‘oyalarni ilgari surishlari mumkin. Siyosiy partiya-

lar mamlakatda amal qilayotgan qonunlar, huquqiy normalarga to‘la-to‘kis rioya 

qilsalar, jamiyat siyosiy tizimida o‘zlarining munosib o‘rinlariga ega bo‘ladilar, 

aks holda, ularning faoliyati davlat tomonidan to‘xtatib qo‘yilishi mumkin. 

Bugungacha dunyo siyosiy tarixida liberal, konservativ, radikal, mil-

liy, sotsialistik va boshqa turdagi mafkuralar ilgari surilganligi ma’lum. De-

mokratik davlat ma’lum bir mafkuraviy konsepsiyaga tayansa ham, u yoki 

Qarang: Общая теория государства и права. Академический курс в 2-х томах. Отв. ред. 



проф. М.Н. Марченко, Том 1. – М., 1998. – 239–240-betlar.



Download 6,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   784




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish