150
Odilqoriyev X.T.
Davlat va huquq nazariyasi
bilan bog‘liq. U muayyan siyosiy irodaning mahsuli sifatida vujudga keladi va
bu irodaning amalga oshirilishiga safarbar etilgan vositalarning institutsiyaviy
(tashkiliy-tuzilmaviy) rasmiylashgan shakli tarzida namoyon bo‘ladi. Siyosiy
tizim kishilar o‘rtasidagi siyosiy munosabatlarning barqaror shakli bo‘lib,
uning yordamida jamiyat a’zolarining barchasiga nisbatan hokimiyat ta’siri
amalga oshiriladi yoxud qat’iy irodaviy qaror qabul qilinadi.
Siyosiy hokimiyat siyosiy tizimning o‘zagini tashkil etadi, uning faoli-
yatiga «ruh» bag‘ishlovchi, ta’bir joiz bo‘lsa, butun siyosiy vujudni «qon» bi-
lan ta’minlovchi sub’stansiya (asos) sanaladi. Siyosiy hokimiyat tuzilmalari va
institutlarini demokratlashtirish, avvalo, «hokimiyat» fenomenini teran anglab
yetishni, u haqida jamiyat ijtimoiy ongida mufassal obyektiv tasavvur (bilim)
hosil qilishni taqozo etadi.
Huquqshunoslik va siyosatshunoslik fanlarida siyosiy tizimlarni turlarga
ajratish g‘oyasi turli mamlakatlar siyosiy tizimlarini qiyosiy tahlil qilish zaru-
rati tufayli paydo bo‘ldi. Hozir dunyoda 280 dan ortiq mamlakatlar bo‘lib,
ularning siyosiy tizimlari ham turli-tumandir.
Turli jamiyatlardagi siyosiy hayot shakllarining rivojiga ko‘ra siyosiy
tizimlar tipologiyasi o‘rganilganda, ularning quyidagi turlari ko‘zga tashlanadi:
1) demokratik siyosiy tizimlar;
2) avtoritar siyosiy tizimlar;
3) totalitar siyosiy tizimlar.
Yuqoridagi siyosiy tizimlar tipologiyasini tahlil etishda «siyosiy rejim»
tushunchasi keng qo‘llaniladi. Bu tushuncha orqali hokimiyatga egalik qilish-
ning u yoki bu shakli, davlat va siyosiy tizimning amal qilishi anglanadi.
Siyosiy rejim indikatorlari sifatida quyidagilar tushuniladi:
1) shaxsning jamiyatdagi mavqei, huquq va erkinliklari darajasi, turli
manfaatlarning imkoniyatlari, ularning ifoda etilishi va ro‘yobga chiqarilishi;
2) fuqarolarning siyosatga jalb etilish darajasi va xususiyati, uning nati-
jalari;
3) o‘zini o‘zi boshqarish va davlat boshqaruvining nisbati, siyosiy hokimi-
yatni amalga oshirish usullari;
Yuqorida qayd etilgan indikatorlar holatiga, darajasiga ko‘ra totalitar, av-
toritar va demokratik siyosiy rejimlar o‘zaro farqlanadi. Shunga binoan, jami-
yatlarning siyosiy tizimlari ham totalitar, avtoritar yoki demokratik belgilariga
ko‘ra tavsiflanadi.
Demokratik siyosiy tizimning asosiy xususiyatlari:
– hukmron va muxolif siyosiy partiyalarning mavjudligi;
– partiyalarning oshkora kurashi sharoitida shakllanadigan umumdavlat
vakillik organi – parlamentning mavjudligi;
Do'stlaringiz bilan baham: |