Menejment nazariyasi


III.  KEYSOLOGNING  JAVOB  VARIANTI



Download 5,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet210/238
Sana26.06.2021
Hajmi5,58 Mb.
#102139
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   238
Bog'liq
menejment nazariyasi

III.  KEYSOLOGNING  JAVOB  VARIANTI
Iqtisodiy  hamkorlik  va  rivojlanish  tashkilotining  korporativ 
boshqaruv  tamoyillari  shuni  belgilab  beradiki,  kompaniyalar  direk- 
torlar  kengashi  (kuzatuv  kengashi)  bir  qator  asosiy  funksiyalarni 
bajarishi,  shu  jumladan,  korporativ  strategiyani,  harakatlarning 
asosiy  rejalarini,  xatarlarni  boshqarish  siyosatini,  yillik  budjetlarni 
va  biznes  rejalarni  qayta  ko'rib  chiqishi  hamda  yo'naltirishi,  faoliyat 
maqsadini  rejalashtirishi,  rejalarning  bajarilishi  va  kompaniya  faoli­
yatini  nazorat  qilishi  lozim.
Bizningcha,  mamlakatimizning  ko'plab  korporatsiyalari  va  xol- 
dinglari uchun  maqbul  keladigan strategiyani  ishlab chiqish  va  amal­
ga  oshirishning  quyidagi  tartibini  tavsiya  etish  mumkin:  Kuzatuv 
Kengashi  kompaniyaning  biznes  maqsadlarini  muhokama  etishi  va 
ma’qullashi,  strategiyani  ishlab  chiqish  jarayoniga  obyektiv  baho 
berilishini  ta’minlashi,  yakuniy  strategik  rejani  tasdiqlashi  zarur. 
Tasdiqlangan  strategiyadan  kelib  chiqqan  holda  Kuzatuv  Kengashi 
kom paniya  ish in ing   yillik  biznes  rejasini  ko'rib  chiqishi  va 
ma’qullashi  lozim.
S tr a te g iy a n i  ishlab  c h iq is h n in g   d as tla b k i  bosq ichida, 
shuningdek,  strategiya  yoki  biznes-rejalarning  ilgari  tasdiqlangan 
maqsadlari o'zgargan hollarda, bizningcha,  kuzatuv kengashi ishining 
yirik  aksiyadorlar,  ekspertlar va  boshqa  manfaatdor  shaxslarni  taklif 
etgan  holda  strategik  masalalar  bo'yicha  uzoq  muhokamalar 
ko'rinishidagi  tashkiliy  shaklni  taklif  etish  mumkin.


M a ’lumki,  har  qanday  aksiyadorlik  kompaniyasi  domiy  ravish­
da  xatarlar  qurshovida  faoliyat  ko'rsatishi  asosiy  muammolardan 
biri  hisoblanadi.  Pirovardida,  kuzatuv  kengashining  xatarlarni 
boshqarish  funktsiyalari  quyidagilardan  iborat  bo'lishi  lozim:
-  xatarlarni  boshqarish  tizimining  barpo  etilishini  nazorat  qilish 
hamda  uning  omillarini  belgilash;
-  Kuzatuv  Kengashining  xatarlarni  boshqarishda  bevosita  ish- 
tiroki  tadbirlarini  belgilash;
-  Kuzatuv  Kengashi  va  menejmentning  muhim  voqealar  haqida- 
gi  axborotni  oshkor  etish  uchun  javobgarligini  belgilash;
-  Kuzatuv  Keiigashini  axborot  bilar  ta’minlash  tadbirini  belgilash.
-  har  qanday  vaziyatda  Kuzatuv  Kengashi  ishlarning  haqiqiy 
ahvoli  to'g'risida  obyektiv  ahborot  olish  imkoniyatini  o'zi  uchun 
ta’minlashi  juda  muhim.
Xolding  kompaniyasida  xolding  tarkibiga  kiruvchi  korxonalar 
faoliyatini  optimal  nazorat  qilish  darajasini  qanday  ailib  aniqlash, 
korporativ  boshqaruvning  samarali  tizimini  qanday  qilib  qurish 
bilan  bog'liq  ko'plab  masaslalar  yuzaga  keladi.
Xolding  kompaniyasida  sho'ba  va  tobe  aksiyadorlik  jamiyat- 
larini  korporativ  boshqarish  mexanizmlari  xolding  bosh  kompani- 
yasining boshqaruv  nazorat  organlari vakillari  orqali  o'zining sho'ba 
va  tobe  korxonalarni  boshqarishdagi  ishtiroki  bilan  chegaralanishi 
lozim.
X o ld in g n i  boshqarish  o rg a n larin in g   ishi  qulay  bo 'lishi, 
shuningdek,  boshqaruvning  umumiy  xarajatlarini  pasaytirish  uchun 
korporativ  boshqaruvning  quyidagidan  iborat  yagona  andozalarini 
qabul  qilish  talab  etiladi:
-  sho’ba  va  tobe  korxonalarni  korporativ  boshqarishning  yago­
na  axborot-uslubiy  bazasini  shakllantirish;
-  xoldingning  barcha  korxonalarida  biznes-rejalashtirish  va 
budjet  jarayonini  tashkil  etishning  yagona  andozalarini  joriy  etish;
-  sho'ba  va  tobe  korxonalar  kuzatuv  kengashlari  hamda  taftish 
komissiyalari  a’zolari  kasb  faoliyatining  yagona  andozalarini  joriy 
etish;
-  butun  xolding  uchun  yagona  bo'lgan  hisobot  va  nazorat  tizi­
mini  joriy  etish.


Xolding  kompaniyasi  iqtisodiy  rivojlanishining  hozirgi  sharoit- 
lari  hamda  mamlakatdagi  iqtisodiy  holatni  hisobga  olgan  holda 
korporativ  boshqaruv  tamoyillari  haqidagi  Kodekslarni  ishlab  chi- 
qishi  maqsadga  muvofiq  bo'ladi.  Shuningdek,  ushbu  kodeksda  quyi- 
dagilar  belgilab  olinishi  kerak:
-  mulkdorlar  (aksiyadorlar),  kuzatuv  kengashi  va  boshqaruvchi- 
lar  (ijroiya  organising  funksiyalari,  vakolatlari  va  javobgarligi;
-  ma’lum qarorlarni qabul  qilish oldidan  muhokama etilishi shart 
bo'lgan  masalalar  ro'yxati;
-  kuzatuv  kengashi  va  boshqaruvchilar  majlislarining  davriyli- 
gi  hamda  ularda  muhokama  etiladigan  masalalar;
-  boshqaruvchilar  tomonidan  aksiyadorlar,  kuzatuv  kengashi 
oldida  hisobot  beriladigan  nazorat  ko'rsatkichlarining  ro‘yxati  va 
bunday  hisobotlarning  davriyligi;
-  boshqaruvchilarni  mukofotlashning  umumiy  tartibi.
Kodeksni  tuzishda  aksiyadorlarning  umumiy  yig'ilishi,  kuzatuv
kengashi  va  ijroiya  organi  o'rtasidagi  funksiyalarning  taqsimlani- 
shiga  e’tibor  qaratish  zarur.
Kodeksda  taftish  komissiyasi  tomonidan  tekshiruv  o'tkazilishi 
tartibi  ham  belgilanishi,  u  kompaniya  moliya-xo'jalik  faoliyati  usti- 
dan  nazorat  qilishning  samaradorligini  ta’minlashi  lozim.
Korporativ  moliyaviy  rejalashtirishning  ahamiyati  quyidagi- 
lardan  iborat:
-  korporatsiya  ko'zlagan  strategik  maqsadlar  moliviy-iqtisodiy 
ko'rsatkichlar:  sotuvlar  hajmi,  sotilgan  tovarlarning  tannarxi,  foy­
da,  investitsiyalar,  pud  oqimlari  va  shu  kabi  shakllarda  namoyon 
bo'ladi;
-  moliyaviy  rejalar  va  ularning  bajarilishi  haqidagi  hisobotlar 
shaklida  moliyaviy axborotning kelib tushishi  uchun  andozalar belgi- 
lanadi;
-  korporatsiyaning  istiqbolli  va  joriy  rejalarini  amalga  oshirish 
uchun  zarur  bo'lgan  moliviy  resurslarning maqbul  chegaralari  aniq- 
lanadi;
-  joriy  va  tezkor  moliyaviy  rejalar  tovarlar,  pul  va  sarmoya 
bozorida  korporativ  moliyaviy  strategiyani  ishlab  chiqish  uchun 
foydali  axborotni  beradi.


Metodologik  nuqtai  nazardan  moliyaviy  rejalashtirish  uchta 
asosiy  tarkibni  o'z  ichiga  oladi:
-  moliyaviy  faoliyatni  bashorat  qilish;
-  moliyaviy  faoliyatni  joriy  rejalashtirish;
-  moliyaviy  faoliyatni  tezkor  rejalashtirish.
Moliyaviy  strategiya  kompaniyani  iqtisodiy  rivojlantirish  umu­
miy  strategiyasining  bir  qismi  hisoblanadi  va  unga  bo'ysunadi, 
shuning  uchun  kompaniyaning  maqsadlari  va  yo'nalishlari  bilan 
uyg'unlashishi  lozim.  Kompaniyaning  moliyaviy  strategiyasini  ish­
lab  chiqish  jarayonining  asosiy  bosqichlari  quyidagilardan  iborat:
-  moliyaviy  strategini  shakllantirishning  umumiy  davrini  aniq­
lash;
-  tashqi  moliyaviy  muhit  va moliyaviy  bozor konyukturasi  omil- 
larini  tahlil  qilish;
-  moliyaviy  faoliyatning  strategik  maqsadlarini  shakllantirish;
-  moliyaviy  faoliyatning  alohida  jihatlari  bo'yicha  moliyaviy 
siyosatni  ishlab  chiqish;
-  moliyaviy  faoliyat  sohasida  qabul  qilingan  boshqaruv  qaror- 
larining  amalga  oshirilishini  samarali  nazorat  qilish;
-  ishlab  chiqilgan  moliyaviy  strategiyani  baholash.
M oliyaviy  faoliyatning  alohida  jihatlari  bo'yicha  strategik
me’yorlar  sifatida  quyidagilarni  taklif  qilish  mumkin:
-  ichki  manbalardan  shakllanadigan  moliyaviy  resurslarning 
o'rtacha  yillik  o'sish  sur’atlari;
-  foydalaniladigan  sarmoyaning  umumiy  hajmida  o'z  sarmo- 
yasining  eng  kam  ulushi;
-  o'z  sarmoyasining  rentabellik  koeffitsienti;
-  kompaniyaning  aylanma  va  aylanmadan  tashqari  aktivlari- 
ning  o'zaro  nisbati;
-  korxonaning  joriy  to'lov  qobiliyatini  ta’minlovchi  pul  aktiv- 
larining  eng  past  darajasi;
-  investitsiyalar,  o'zini-o'zi  moliyalashning  eng  past  darajasi;
-  xo'jalik  faoliyatining  asosiy  yo'nalishlari  doirasida  moliyaviy 
xatarlarning  chegara  darajasi.
Shuni  alohida  ta’kidlash  joizki,  moliyaviy  faoliyatning  eng 
muhim  jihatlari  bo'yicha  moliyaviy  strategiya  va  moliyaviy  siyo-


satni  ishlab  chiqish  kompaniyani  moliyaviy  rivojlantirish  bilan 
bog'liq  qabul  qilinadigan  boshqaruv  qarorlari  samaradorligini  oshi­
rish  imkonini  beradi.

Download 5,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   238




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish