«sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati


Hayvonlarning tana qoplami evolutsiyasi



Download 4,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet275/312
Sana26.06.2021
Hajmi4,78 Mb.
#101651
1   ...   271   272   273   274   275   276   277   278   ...   312
Bog'liq
biologiya 11 uzb

Hayvonlarning tana qoplami evolutsiyasi. 
Hayvonlarning  tana  qoplami, 
asosan,  tashqi  muhit  ta’sirlari  va  zararli  omillardan  himoya  qilish  vazifasini 
bajaradi.  Evolutsiya  jarayonida  bir  organlar  sistemasining  takomillashuviga 
bog‘liq  holda  boshqa  organlar  sistemalarining  paydo  bo‘lishi  va  takomillashuvi 
sodir  bo‘ladi.  Funksiyasining  ortishi  natijasida  dastlab  himoya  organi  bo‘lgan 
teri  nafas  olish,  sezish,  termoregulatsiya  va  ayirish,  sutemizuvchilarda  ter 


209
bezlarining  o‘zgarishi  natijasida  paydo  bo‘lgan  sut  bezlaridan  ajraladigan  sut 
orqali  naslini  oziqlantirishda  ishtirok  etadi.  Mazkur  funksiyalar  teri  qoplami 
tuzilishining  murakkablashuvi,  unda  turli  hosila  va  bezlarning  paydo  bo‘lishi 
natijasida  amalga  oshadi.
Xordali  hayvonlarda  teri:  epidermis  va  dermadan  iborat.  Epidermis 
ektodermadan,  derma  mezodermadan  rivojlanadi.  Boshskeletsizlarda  teri 
qoplamining har ikkala qavati kuchsiz rivojlangan. Terining epidermis qavati 
bir  qavat  hujayralardan,  shuningdek,  bir  hujayrali  bezlardan  iborat.  Terining 
derma  qavati  (g‘ovak),  biriktiruvchi  hujayralardan  tuzilgan.
Evolutsiya  jarayonida  umurtqalilarda  epidermis  ko‘p  qavatli,  pastki 
qavatidagi  hujayralar  tinimsiz  ko‘payadi,  ustki  qavatidagi  hujayralar 
ixtisoslashadi,  muayyan  muddatdan  so‘ng  nobud  bo‘ladi  va  qurib  tushib 
ketadi.  Teri  derma  qavatining  mustahkamligini  ta’minlaydigan  biriktiruvchi 
tolalar  paydo  bo‘ladi.  Umurtqalilarda  teri  hosilalari  paydo  bo‘ladi,  ularning 
xilma-xilligi  hayvonlarning  hayot  tarzi  va  tuzilish  darajasiga  bog‘liq  bo‘ladi. 
Shuningdek, terida turli vazifalarni bajaradigan yog‘ va ter bezlari rivojlangan.
Baliqlarda teri bezlari bir hujayrali, lansetnikiga o‘xshash ular ham shilimshiq 
suyuqlik  ajratadi,  mazkur  suyuqlik  baliq  tanasi  va  suv  o‘rtasidagi  ishqalanish 
kuchini kamaytirib, baliqlarning suvda erkin harakatini ta’minlaydi. Baliqlarning 
tanasi  qaysi  sistematik  guruhga  mansubligiga  qarab  turli  tangachalar  bilan 
qoplangan.  Tog‘ayli  baliqlarning  butun  tanasi,  og‘iz  bo‘shlig‘i,  uning  shilliq 
qavati  plakoid  deb  ataladigan  tangachalardan  iborat.  Plakoidlar  dentindan 
tuzilgan,  usti  emal  bilan  qoplangan  bo‘lib,  tikanga  o‘xshash  shaklga  ega. 
Tog‘ayli  baliqlarning  og‘iz  bo‘shlig‘idagi  tangachalar  oziq  tutish  vazifasini 
bajarganligi  sababli  hajmi  yiriklashgan  va  tish  vazifasini  o‘taydi.
Suyakli  baliqlarda  tangachalar  yumaloq  shakldagi  suyak,  usti  yupqa 
epidermis bilan qoplangan plastinkalardan iborat. Suyakdan iborat tangachalar 
baliq  tanasini  qoplab  turgan  derma  hisobiga  rivojlanadi  (63-rasm).
Suvda  hamda  quruqlikda  yashovchilarning  qadimgi  vakillari  bo‘lgan 
stegotsefallarning tanasi baliqlarnikiga o‘xshash tangachalar bilan qoplangan.
Hozirgi  suvda  hamda  quruqlikda  yashovchilarning  tanasi  yupqa  teri 
bilan  qoplangan  va  ular  tananing  yaxlitligini  ta’minlash,  himoya  qilish  bilan 
birga nafas olishda ishtirok etadi. Suvda hamda quruqlikda yashovchilarning 
terisida  ko‘p  hujayrali  shilimshiq  modda  ajratadigan  bezlar  bo‘lib,  ular  tana 
qoplamini  namlash  bilan  bir  qatorda,  dushmandan  himoya  qiladigan  zaharli 
modda  ishlab  chiqaradi  (64-rasm).
8 – Biologiya 11


210
1
2
1

Download 4,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   271   272   273   274   275   276   277   278   ...   312




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish