Bank tizining texnik ta’minoti
Axborot texnologiyalar (IT) sohasidagi har qanday qaror mavjud axborot
va texnologik muhit bilan qo‘llab quvvatlanishi kerak. Tarmoqlar, serverlar, ishchi
stansiya va boshqa texnik jihozlar har qanday dastur mahsulotining tizim talabi
ro‘yxatiga kirishi mumkin.
Tizimli talab, odatda quyidagi apparat va dastur vositalarining texnik
parametrlari bilan belgilanadi:
protsessorlar bilan — tizim boshqaruvini bajaradigan va ma’lumotlarni qayta
ishlashni amalga oshiradigan qurilma;
tizim xotirasi bilan—axborotni saqlash uchun taqdim etilgan ko‘plab
qurilmalar bilan;
interfeyslar bilan — texnik qurilmalar mexanizmlarining o‘zaro va tashqi
muhit bilan munosabati;
kommunikatsiya tizimi yoki tarmoq bilan — tizim komponentlari orasida
axborot almashinuvini amalga oshiradigan tuzilish va mexanizmlar;
operatsion tizimlar bilan — tizimning texnik komponentlari bilan boshqarish
uchun funksiyalarning asosiy to‘plami bilann ta’minlaydigan dasturiy
ta’minot.
Oddiy tizimlar uchun bitta kompterga talab belgilanadi. Odatda bu barcha
tizim ishini ta’minlay oladigan shaxsiy kompter. Bunday arxitektura
markazlashtirilgan tizim deb ataladi. Kompter asoslanadigan kuchiga ko‘ra
markazlashtirilgan tizimlar yanada global vazifalarni hal etishlari mumkin. SHaxsiy
kompterni ko‘p foydalanuvchili katta, supermini yoki miniEHMga almashtirish
yagona markaziy tizim doirasidagi ko‘plab vazifalarni markazlashtirishga imkon
beradi. Biroq ushbu qarorning yuqori narxi, shuningdek, etarlicha mutaxassis
230
yo‘qligi hamda markaziy kompyuterga asoslangan dasturiy echimlarning kam soni
bu kabi tizimlardan foydalanishni chegaralaydi.
Murakablik, axborot hajmi va bir vaqtning o‘zida amalga oshiriladigan
jarayonlar o‘sishi natijasida texnik talablar bitta qurilma chegarasidan chiqadi va
taqsimlangan tizimlar yaratilishiga olib keladi.
Taqsimlangan hisoblash— qayta ishlash tarmoqqa ulangan bir nechta
kompyuterlar bilan amalga oshiriladigan kompyuter tizimi. Bunda shakliga ko‘ra
istalgan kompyuter tizimi mavjud va har bir kompyuter o‘z vazifasini yuajaradi,
tarmoq esa tizim ishlashini bir butun sifatida qo‘llab quvvatlaydi.
«Mijoz-server» — taqsimlangan hisoblash muhiti modeli, bunda vazifaning
interfeys qismi foydalanuvchi mashinasida amalga oshiriladi, ko‘p resurslarni talab
qiluvchi so‘rovlarni qata ishlash bir yoi bir necha serverlar bilan amalga oshiriladi.
1.
Klasterlar — avtonom tizimlarga (komterlarning) nisbatan umumiy
disklar xotirasi (umumiy fayl tizimlari bilan), mashinalararo munosabat vositalari
va ma’lumotlar bazasi yaxlitligini qo‘llab quvvatlashning jamuljamligini aks
ettiruvchi hisoblash tizimi. Klasterlarni qo‘llash tizim foydaliligi va ishonchliligini
oshiradi, bitta kompyuterning to‘xtab qolish holatida uning ishini o‘ziga boshqasi
oladi. Foydalanuvchi nuqtai nazaridan klaster yagona tizim sifatida haraatlanadi.
Bu arxitekturalar bir-birini rad etmaydi, arxiteturaning bir qismi uchun
“mijoz-server”dan foydalanish boshqa resurslar uchun tarqatilgan hisoblashni olib
borish bilan birlashtirilishi mumkin.
Taqsimlangan tizimni tuzishda eng birinchi vazifa - qanday resurs shakllari
taqsimlanishini belgilash bo‘lishi shart. Hissoblash kuchini bo‘lish kerak bo‘lgan
holatda, taqsimlangan hisoblash tizimi yoki “mijoz-server” arxitekturasi ko‘rib
chiqiladi. Agar tizim ma’lumotlarning juda katta oqimi va ularni saqlashni qayta
ishlashni amalga oshirsa, unda klaster mexanizmlari tahlil qilinadi.
«Mijoz-server» texnologiyalari axborot tizimni tashkil etuvchi ixtisosliklar
tamoyiliga asoslanadi. Bunda ikki turdagi komponent: server va foydalanuvchining
ish o‘rni (Desktop) belgilanadi.
Server—ixtisoslashtirilgan yoki umumiy vazifalarni echish uchun xizmat
231
qiladigan dasturiy ta’minotdir.
Foydalanuvchining ish o‘rni – bu konkret foydalanuvchi vazifasini echish uchun,
masalan, tizimning foydalanuvchi interfeysini amalga oshirish uchun xizmat qiladigan
axborot tizimi komponentlaridir.
«Server» atamasi ikki tomonlama talqin qilinishi mumkin: ham konkret
kuchli ajratilgan kompyuter, yoki xizmatlardan bittasini amalga oshiradigan
dasturiy ta’minot. Ushbu bobda ayrim vazifalarni mustaqil bajarishni
ta’minlaydigan dastur server deb ataladi. Bunda vazifa ajratilgan kompyuterda ham
ishchi stansiyasida ham bajarilishi mumkin. Oxirgi qaror ko‘pincha tizimni ishlab
chiqaruvchilar tomonidan foydalaniladi.
“Mijoz-server” arxitekturasini tanlashda, birinchi navbatda, qaror serverlarga
ko‘chiriladigan vazifalar ro‘yxati hajmini aniqlash zarur. Odatda, bu vazifalar
umumiy kirishni yoki ko‘proq hisoblash kuchini talab etadigan bo‘lishadi. Quyida
server sifatida eng ko‘p foydalaniladigan axborot xizmatlari ro‘yxati keltirilgan.
Domen serveri tarmoq segmenti foydalanuvchilari ro‘yxatini, shuningde, ularning
kirish huquqini belgilaydi. Birlashish monitoringini amalga oshiradi. “Mijoz-server”
tamoyili bo‘yicha ishlaydigan istalgan tarmoq operatsiyasining yadrosi hisoblanadi.
Fayl-server fayl shaklidagi axborotni unga taqsimlangan kirish maqsadida saqlash
uchun xizmat qiladi. Ularning har biriga kirishga nazoratni amalga oshiradi. Fayl-
server sifatida shaxsiy disk masofada foydalanishga ruxsat beradigan istalgan
kompyuter xizmat qilishi mumkin. Biroq, ko‘plab tarmoq operatsiya tizimlari fayl-
serverni boshqarish uchun qo‘shimcha servislarning katta miqdorini taqdim etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |