ta’minlovchi tizim osti. Tizim ostida birlamchi axborotni kiritish, bankning mijozlar,
bank faoliyatining o‘z vaqtida va tuzatilgan aksiga javob beruvchi tizim osti.
necha marta farq qiladi. Bank biznesini O‘zbekistonda mustahkamlash ushbu
bozorga g‘arb ta’minlovchilarining keng ko‘lamli va qimmatli qarorlari bilan kirib
bozorda mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan taqdim etilgan avtomatlashgan
235
So‘nggi vaqtlarda milliy tizimlar O‘zRMB taqdim etgan funksiyalarning
etarlicha to‘liq to‘plamini, hisob-kitob va hisobotga o‘zgarishlarni qo‘llab
quvvatlashini namoyon etmoqda. So‘nggi avlod tizimlari moslashuvchanlik,
o‘rnatilganlik va arxitetura qarorlari sifati qismlarida xorijiy o‘xshashliklar bilan
raqobatlashishi mumkin.
Xorijiy tizimlar ban funksiyalari sohasida xalqaro bozorda ishlash bo‘yicha
ko‘proq o‘ylangan, ko‘proq ishlangan. Xorijiy tizimlardan foydalanish,
shuningdek, xalqaro auditor kompaniyalari orasida bank imidjiga ijobiy ta’sir
ko‘rsatadi. Biroq, bozorda xorijiy tizimlarning ishtiroki o‘zbek sharoitlariga
moslashtirilmagan: ular milliy standart hisob-kitobga va hisobotlarga past darajada
yo‘naltirilgan, yuqori narxga ega, yuritish bo‘yicha ancha qimmat xizmatlarga ega.
Xorijiy tizimlar, odatda, Rossiya banklarida a’lo darajada tarqalgan qimmatbaho
kompyuter uskunasini qo‘llashga asoslanadi. Shuning uchun, hech narsaga
qaramay, xorijiy tizimlarni o‘zlashtirish – bu etarlicha xarajatli qaror bo‘lib, u
bundan tashqari bankdan Rossiya sharoitlariga tizimga moslashish bo‘yicha muhim
kuchaytirishlarni (vaqt va vosita sarflashda aks etgan) talab etadi.
Bugun ABT bozorida 20ga yaqin firmalar - ABT ishlab chiqaruvchilar, turli
dastur mahsulotlarini yaratuvchilar ishtirok etadi. O’zbekiston bozorida ABTni
dasturiy ta’minotini «FIDO- biznes” tashkiloti ta’minlab beradi. Ko’p banklar
IABS (Интегрированная Автоматизированная Банковская система) ва
GLOBUS dasturlaridan foydalanishadi.
Milliy bozorning fenomeni katta miqdorda shaxsiy ishlab chiqarish
tizimining mavjudligi hisoblanadi. Bunda tizim tavsiflariga bo‘lgan talabchanlik
darajasini oshishi va ularning imkoniyatlari kengayishi doirasida ishlab
chiqarishning narxi va murakkabligi ortadi va oxirda bank mutaxassislari
tomonidan ABT yaratish va ekspluatatsiya qilishning iqtisodiy nomuvofiqligiga
olib keladi. SHu munosabat bilan shaxsiy mahsulotlaridan foydalanadigan banklar
soni doimiy ravishda kamayib boradi, ko‘pchilik banklar har bir konkret bankning
o‘ziga xosligi bo‘yicha moslashadigan tayyor ABTda tanlov qilishni afzal bilishadi.
Ko‘pchilik O’zbekiston ABTlari ikki yoki uch darajali “mijoz-server”
236
arxitekturasida ishlashadi. Barcha ABT turli muhitlarda ishlashi mumin, ular
orasida, tabiiy ravishda, Windows NT va UNIXning turli variantlari OS serverlari
sifatida ustunlik qiladi, biroq boshqa ko‘plari ham sanab o‘tilgan va eng avvalo,
Novell Netware. Agar mijoz ish o‘rniga keladigan bo‘lsak, u erda ham DOSni va
Windowsning turli versiyalarini, hatto «ASOFT» firmasi taqdim etgan Java
ekzotikasini ham uchratish mumin.
Bankda elektron hujjatlarni yuritish.Bankning meyoriy bazasi tashqi va ichki
normativ hujjatlarni o‘z ichiga oladi. So‘nggilariga bank operatsiyalari va
jarayonlarni, ishni tashkillashtirish hamda bo‘limlarning munosabatlarini
reglamentlovchi texnologik dokumentlar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: