221
4.1.2-ras m. Naqd pulsiz hisoblar axborot texnologiyalarining infratuzilmasi
Bank operatsiyalari va xizmatlari
Umuman olganda, tijorat banklarining operatsiya va xizmatlari etarlicha
murakkab bo‘ladi. 4.1.3-rasmda bugungi kunda bank ishining zamonaviy
nazariyasida qabul qilingan sxemasi keltirilgan.
B
an
k
d
a n
aq
t p
u
ls
iz
h
is
ob
-k
it
ob
la
rn
in
g
А
vt
om
at
las
h
ti
ri
lgan
t
iz
im
i
вафқақа Mijozlarga xizmat ko’rsatishni
avtomatlashtirish
Qimmatli qog’ozlar bozorini avtomatlashtirish
Axborot zahirasi va axborot xavfsizligi
Bank ichki axborot texnologiyalari
Banklararo axborot texnologiyalari va
kommunikatsiyalar
Telekommunikatsiya muhitida faollikni
ta’riflash usullari
222
4.1.3-ras m. Tijorat banklari operatsiyalari tasnifi
Passiv operatsiyalar - bu tijorat banklarining resurslari shakllanishini
ta’minlovchi operatsiyalar majmuidir. Tijorat bankining resurslari shaxsiy va jalb
etilgan vositalar hisobiga shakllantirilgan bo‘lishi mumkin. Shaxsiy vositalarning
asosiy elementi bankning iqtisodiy barqarorligiga kafolat bo‘ladigan nizom
fondidir.
Jalb etilgan vositalar — yuridik shaxslarning hisob-kitobi; O’zbekiston va
chet el valyutasida yo‘qlab olinadigan va tezkor depozitlar; bozorda O’zbekiston va
chet el valyutasidagi depozit, omonat sertifikatlari, obligatsiya, shaxsiy veksellar
sertifikat shaklidagi qarz majburiyatlariga e’tibor qaratish; banklararo kreditlar;
auksionda egallanganyoki O‘zRMBda olingan markazlashtirilgan resurslar, bundan
tashqari, O‘zRMBdan olingan qarzlar; korrespondent va depozitli banklararo
hisobda saqlangan boshqa banklar vositalaridir.
Faol operatsiyalar — bankning shaxsiy va jalb etilgan vositalarini foyda
olish uchun joylash bo‘yicha operatsiyalar. Bankning faol operatsiyalari ularning
iqtisodiy tarkibiga ko‘ra kredit (qarz), investitsion, kafolatli va qimmatbaho
qog‘ozlar operatsiyasiga bo‘linadi. Kredit operatsiyalari bank faollari moddalari
tuzilishida yuqori o‘ringa ega.
Bankning investitsion operatsiyalari — bank tomonidan qimmatbaho
Tijorat banklari operatsiyalari
Passiv
Aktiv
Komissiyali
223
qog‘ozlarda, bank bo‘lmagan tuzilishdagi o‘zining vositalarini qo‘shma xo‘jalik-
moliyaviy va tijorat faoliyat maqsadida, shuningdek, boshqa kredit tashkilotlarida
muddatli omonat shaklida investitsiyalash bo‘yicha operatsiyalar.
Kafolatli operatsiyalar — bank tomonidan ma’luum shartlar yuzaga
kelganda mijozning qarzini uchinchi shaxsga to‘lash kafolati (kafilligi) berish
bo‘yicha operatsiyalar. Qimmatbaho qog‘ozlar bilan operatsiya fond birjalarida
bahosi belgilangan qimmatbaho qog‘ozlar, shuningdek, veksellar (hisobot va qayta
hisobot operatsiyalari, veksellarning protesti, inkassa, domitsilyasiya, aksept,
veksellar indossotsiyasi bo‘yicha, veksel qog‘ozlarini berish, saqlash, ularni
auksionda sotish operatsiyalair) operatsiyasi.
Komission operatsiyalar — bu bank mijozlar topshirig‘iga ko‘ra bajaradigan
va ulardan to‘lovni komission shaklda undiradi. Ushbu operatsiyalar soni doimiy
ravishda o‘sadi, ularning amalga oshishida esa bankni shaxsiy yoki jalb etilgan
vositalar chalg‘itolmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: