70
talabalarning diqqatini ijro buyrug‗iga qaratish uchun «bо‗lim», «guruh», «diqqat», «ketma-ket»
va h.k. sо‗zlarini ishlatadi. Masalan, «Guruh, ROSTLAN!», «Ketma-ket TО‗XTA!»
Ogohlantiruvchi buyruq tushunarli, baland ovoz bilan va talabalar qanday harakat qilishlari
lozimligini tushunib yetib, shunga shaylanishlari uchun biroz chо‗zibroq aytiladi. Ijro buyrug‗i
lahzalik tanaffusdan keyin qisqa va qat‘iy beriladi.
Buyruqlarni berish chog‗ida ovoz hamda ogohlantiruvchi va ijro buyruqlari о‗rtasidagi
uzilish safning katta-kichikligiga mos bо‗lishi lozim: saf qanchalik katta bо‗lsa, ogohlantiruvchi
buyruq shunchalik chо‗zib aytiladi, ogohlantiruvchi va ijro buyruqlari orasidagi uzilish kattaroq
bо‗ladi, ijro buyrug‗i balandroq ovoz bilan aytiladi.
Harakatni boshlash uchun xizmat qiladigan ijro buyrug‗i bо‗lajak harakatlar ifodasiga mos
ravishda talaffuz etilishi kerak. Masalan, tez sur‘atli yugurishdan oldin buyruqni baland ovoz bilan
va qisqaroq berish zarur bо‗lsa, barcha talabalar buyruqni birdaniga bajara olmaydigan sekin
sur‘atli harakatlarni boshlash uchun esa, buyruqni baland ovoz bilan va biroz chо‗zib aytish zarur.
Shuni esda tutish kerakki, buyruq baland ohangda berilishi shart. Tovush kuchini ham tо‗g‗ri
о‗zgartirib turish lozim. Buyruq zaruratga mos ravishda baland yoki past berilishi mumkin.
О‗rinsiz past va shuningdek, juda baland ovoz orqali buyruqlar qо‗llanilmasligi darkor. О‗qituvchi
tik holatda buyruq berishi kerak.
2.
Har bir ogohlantiruvchi buyruqda talabalar «QOMATNI ROSTLA!» holatini qabul
qiladilar, shuning uchun bu buyruqni tez-tez beravermaslik kerak (ayniqsa, umumrivojlantiruvchi
mashqlarni о‗tayotganda). Agarda «ROSTLAN!» buyrug‗i berilgan bо‗lsa, u о‗rinlatib bajarilishi
kerak.
3.
Ayrim hollarda buyruqlarning о‗miga topshiriq bermoq maqsadga muvofiqdir. Agar
talabalar buyruqqa kо‗ra, ma‘lum dastlabki holatda, belgilangan usul bilan baravariga biror
harakatni bajarishlari kerak bо‗lsa, topshiriq bо‗yicha esa, hisobga kirmagan harakatlarni bir
qancha boshqa usullar bilan bajarishga ruxsat etiladi. Masalan, polda о‗tirgan
guruh uchun
«CHAP-GA!» buyrug‗ini berish о‗miga «CHAP-GA buriling» deb topshiriq berish ma‘qulroq.
4.
Qayta saflanish uchun buyruqlar berishda uning qismlari izchilligiga rioya qilish
zarur:
a)
safning nomi;
b)
harakat yо‗nalishi;
d) bajarish usuli aytiladi. Masalan, bir ketma-ket qatordan tо‗rt ketma-ketga qayta saflanish
uchun buyruq quyidagicha beriladi: «Chap (о‗ng)ga ketma-ketga tо‗rttadan QADAM BOS!» Yurib
ketayotganda, agar harakat yо‗nalishi о‗zgarmasa, buyruq aytilmaydi. Agar yurib ketayotgan guruh
uchun qayta saflanish buyrug‗i beriladigan bо‗Isa, u holda «QADAM BOS!» sо‗zi tushirib
qoldiriladi.
5. Orani ochishda buyruqning ayrim qismlari quyidagicha takrorlanadi: a) yо‗nalishi;
b) oraliqning katta-kichikligi;
d) bajarish usuli aytiladi. Masalan, «Chapga ikki qadam bilan JIPS LAN!»
6. Saf mashqlarining turli harakatlarini о‗rgatayotganda kо‗rsatish, tushuniirish talabaiarni
oldin guruhchalarga bо‗lib о‗rgatiladi. Ushbu harakatlarni bajarish, kо‗rsatish, tushuntirish usuli
birga qо‗shib olib boriladi va keyinchalik bu harakatlar butun guruh bilan bajariladi.
Murak‘cab saf mashqlarini bо‗Iaklarga bо‗lib о‗rgatish kerak. Bunda har bir harakatni
bajarish uchun alohida buyruq beriladi. Masalan, bir qatordan ikki qatorga qayta saflanish uchun
ikkinchi tartib raqamlilarga quyidagi buyruqlar beriladi:
a)
«Ortga chap
oyoq bilan, BIR!»
b)
«Yonga о‗ng oyoq bilan, IKKI!»
71
d) «Chap oyoqni qо‗yib UCH!»
Ushbu harakatlarni bо‗Iaklarga bо‗lib о‗rgatganda talaba о‗z harakatlarini ongli ravishda
bajarsa, uni uzoq esda saqlab qoladi.
О‗qituvchi esa, navbatdagi buyruqni berishdan oldin talabalar yo‗l qо‗ygan xatolami
kо‗rsatib о‗tadi. Turgan joyda va yurib ketayotganda burilishlarni, bir ketma-ketdan yoki qatordan
ikki ketma-ket yoki qatoiga qayta saflanish, shaxdam qadam va joydan joyga kо‗chishning boshqa
turlari, juftlama qadam bilan orani ochishni bо‗laklarga bо‗lib о‗rgatishni tavsiya qilamiz. 7.
O‗rgatishni mashg‗ulotga eng zarur bо‗lgan saf mashqlaridan boshlash kerak. Avvalo saflanishlar,
saf usullari, joydan joyga ко chish usullari va nihoyat, orani ochish va yaqinlashtirish о‗rganiladi.
Ayrim saf usullarini talabalar bilan juft-juft bо‗lib о‗tkazish mumkin, bunda talabaning biri buyruq
beradi, ikkinchisi uni bajaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: