110
1.
Oldinga engashib, qo‗llarni mushtlab yuqoriga uzatgan holatdan kaftlarni katta
barmoqlar bilan ichkariga va keyinchalik pastga burib (mushtlami pronatsiya qilib) qo‗llar yon
tomonga uzatiladi va so‗ng boshni oldinga engashtirish bilan birga tos-son bo‗g‗inida yanada
ko‗proq egilib, qo‗llar sonlarga olib kelinadi. Qo‗llarni yon tomongacha borishiga e‘tibor qaratish
zarur. Oldin bu mashqni 2-3 marta sekinroq bajarish tavsiya qilinadi.
2.
Dastlabki
holat ilgarigidek, faqat halqalar yelka balandligida ushlab turiladi.
Shu mashqni qo‗llarni yelkadan
aylantirib, tik turib orqada osilish holatida yakunlash.
3.
D.h. bir oyoqda muvozanat saqlab, qo‗llar yuqoriga, past halqalarda qo‗llar
bilan
ushlab turiladi. Osilgan oyoq bilan siltanib va tayanch oyoq bilan depsinib, qo‗l va bosh bilan
shunga muvofiq
harakatlar bajarib, bukilib osilish holatiga kelish.
Mazkur mashqlarni o‗zlashtirgandan keyin baland halqada murabbiy yordamida yelkadan
aylanishni bajarishga o‗tish mumkin. Dastlabki urinishlarda murabbiy shug‗ullanuvchining yon
tomonida turadi va sonlaridan (boldirdan emas) ko‗tarib yordamlashadi. Shuni nazarda tutish
kerakki, bu urinishlarda son ostidan turtib yuborish emas, balki gimnastni oyoq harakatlari
bo‗yicha aynan ko‗tarish kerak.
Yoysimon sakrab tushish. Bunday sakrab tushishni o‗rganish uchun quyidagi mashqlardan
foydalanish zarur. Past halqalarda bukilib osilish holatidan tos-son bo‗g‗inidan yuqoriga keskin
yozilib, bukilmagan qo‗llar bilan halqalarga bosgancha kuch bilan qo‗llarni yuqoriga – yon
tomonga yo‗naltirish kerak. Bu harakat shug‗ullanuvchilarda tanaga qanday kuch berish hisobiga
yuqoriga yoysimon harakatlanishi to‗g‗risida tasavvur hosil qildirish uchun zarurdir. Bu holda
qo‗llarni bukish va tortish xatodir, buning oldini olish kerak. Bir yo‗la 2-3 urinishdan keyin sakrab
tushishni, albatta, o‗qituvchining yordami va muhofaza qilishi bilan o‗rtacha balandlikdagi
halqalarda o‗rgatishga o‗tish mumkin. U yon tomonda turib, gimnastni bir qo‗li bilan belidan
ushlaydi va gimnast oldinga yiqilgudek bo‗lsa, ikkinchi qo‗lini uning ko‗kragidan ushlab qolishga
tayyor turadi.
Yelkalardan orqaga aylanib sakrab tushish (97-rasm). Yelkadan orqaga aylanib sakrab
tushishni o‗rgatishga kirishishdan oldin shug‗ullanuvchilar gimnastika to‗shaklarida yelkadan
orqaga kerilib, umbaloq oshishni bilib olishlari lozim. Bu akrobatika elementi yelkadan aylanib
sakrab tushishda gavda va oyoq harakatlari to‗g‗risida tasavvur hosil qiladi.
Yelkalardan orqaga aylanib sakrab tushishni o‗rganishdan oldin quyidagi mashqlarni bajarish
zarur:
111
1.
D.h. bukilib tik turib, qo‗llar orqaga, barmoqlar mushtlangan, qo‗llarni bosh
barmog‗ini tashqariga burib, ularni yon tomonga va keyinchalik oldinga uzatish. Shuning bilan
birga, tos-son bo‗g‗inidan to‗g‗rilanib, bosh orqaga engashtiriladi (qo‗llarga qaraladi). Mashq sekin
bajariladi.
97-rasm
2.
Shuning o‗zini past halqalardan ushlab bajarish.
3.
Shuning о zini bir oyoqda tik turib, ikkinchisini biroz orqaga uzatib oyoq uchini
polga tekkizgan holda bajarish: erkin turgan oyoq bilan orqaga kerilib, qo‗llar va bosh bilan
muvofiq harakatlanib, mashqni qo‗llarni yuqoriga uzatib, oyoq barmoqlarida turib muvozanat
saqlash («qaldirg‗och») holatida yakunlash.
4.
Past halqalarda bukilib osilish holatidan (yordam bilan) tos-son bo‗g‗inidan
yuqoriga va biroz orqaga keskin yozilib, to‗g‗ri qo‗llar yon tomonga uzatiladi; halqalarga
bosgancha, butun gavdani yuqori holatga ko‗tarishga harakat qilish kerak. Mashq bir yo‗la 2-3
marta bajariladi.
5.
Past halqalarda bukilib osilish holatidan o‗qituvchi yordamida yelkalardan orqaga
aylanishni bajarish. O‗qituvchi yon tomonda turib, bir qo‗li bilan talabaning soni ostidan ushlaydi,
ikkinchi qo‗li bilan esa, talabani butun gavdasini yuqoriga ko‗tarish uchun yelkalaridan ko‗taradi.
6.
Bukilib osilish holatidan o‗qituvchi yordamida sakrab tushishni yaxlit bajarish.
O‗qituvchi talabani yon tomonida turadi va 5-bandda ko‗rsatilgandek harakat qiladi, lekin yordam
bergandan keyin talaba halqalarni erta qo‗yib yuborganda yiqilishidan saqlab qolish uchun bir
qo‗lini yelkalardan ko‗krak ostiga o‗tkazadi.
Kuch bilan ко‗tarilish.
Talabalar
halqalarda
tayanish
malakasini
o‗zlashtirganidan so‗ng, «chuqur» ushlab kuch bilan ko‗tarilishga o‗rgatiladi. Bunda gimnastlar
yakkacho‗pda, halqada bir necha bor tortilishni bajara oladigan bo‗lib qoladilar.
Bundan tashqari, talabalarga qo‗1 mushaklarini kuchini rivojlantiruvchi mashqlar berish
lozim:
1.
Polda yotib tayanish holatida qo‗llarni bukish va to‗g‗rilash.
2.
Qo‗shpoya va halqalarda tayangan holatda qo‗llarni bukish va to‗g‗rilash.
Shu mashqlarni o‗zlashtirib olgandan so‗ng halqada kuch bilan ko‗tarilishni bajarishga
kirishish mumkin.
O‗rgadsh. Ko‗tarilishni past (yelka balandligidagi) halqada bajarishdan boshlash kerak.
Dastlabki urinishlar bukilgan qo‗llarda tayanish holatiga chiqishga imkon yaratadigan darajada
oyoqlar bilan ohista depsinib bajariladi. So‗ngra shuning o‗zini oyoqlar bilan depsinmay bajarish
tavsiya etiladi. Navbatdagi
urinishlarda halqalar,
talabani polda tik turib, to‗g‗ri qo‗llari bilan
«chuqur» ushlash imkoniyatini beradigan balandlikka ko‗tariladi. Bunda talabani osilish holatidan
bukilgan qo‗llarda tayanishga ko‗tarilishi paytida uni belidan ushlab, yordamlashish zarur bo‗ladi.
Doimo qo‗llarni to‗g‗ri turishi holatiga e‘tibor berish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: