Energo -mexanika fakulteti ekologiya fanidan ekologiya sohasida davlat



Download 465,16 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana24.06.2021
Hajmi465,16 Kb.
#100346
  1   2   3
Bog'liq
Ekologiya Mustaqil ish Madatov



NAVOIY KON METALLURGIYA KOMBINATI 

NAVOIY DAVLAT KONCHILIK 

INSTITUTI 

 

 



 

 

 



 

 

 



ENERGO –MEXANIKA FAKULTETI 

EKOLOGIYA FANIDAN  

EKOLOGIYA SOHASIDA DAVLAT  

BOSHQARUVI MAVZUSIDA 

 

 



 

 

Bajardi: 7a-MSM guruh  talabasi 



Madatov Sardor 

Qabul qildi: Urinova X 

 

 

 




 

Mavzu: Ekologiya sohasida davlat boshqaruvi 

a) Ekologiya sohasida davlat boshqaruv tizimi va uning 

xususiyatilari 

b) Ekologiya sohasi davlat boshqaruv organlarining vakolatlari 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 



Ekologiya sohasida davlat boshqaruv tizimi 

va uning xususiyatilari 

                 Ekologiya sohasida davlat boshqaruvini amalga oshiradigan 

organlarning doirasi kengdir. O`zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga 

muvofiq, ekologiya sohasida davlat boshqaruvini amalga oshiradigan organlar 

umumiy va maxsus vakolatga ega bo`lgan davlat organlariga bo`linadi. Maxsus 

vakolatga ega bo`lgan organlar o`z navbatida tarmoqlararo va bir tarmoqqa oid 

turlarga bo`linadi.  Umumiy vakolatga ega bo`lgan organlar qatoriga 

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog`iston Respublikasi 

Vazirlar Kengashi va mahalliy davlat hokimiyati organlari kiradi. Ular 

iqtisodiyot va ijtimoiy sohalarda davlat boshqaruvini amalga oshirish bilan bir 

vaqtda ekologiyaga oid ba'zi bir masalalarni hal qiladilar. Shuning uchun ham, 

ular umumiy vakolatga ega bo`lgan organlar deb nomlanadilar.   

Ekologiya sohasida davlat boshqaruvida Vazirlar Mahkamasining vakolatlari 

O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida (98-moddasi), O`zbekiston 

Respublikasining 1993 yil 6 may “Vazirlar Mahkamasi to`g`risida”gi Qonunini 

(O`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Axborotnomasi, 1993 y. 5-son, 

202modda) 9, 10, 11, 12, 20-moddalarida, O`zbekiston Respublikasining 1992 

y. 9 dekabr “Tabiatni muhofaza qilish to`g`risida”gi Qonunini (O`zbekiston 

Respublikasi Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993 y, 1-son, 38-modda) 

9moddasida hamda tabiiy resurslar to`g`risidagi qonunlarning tegishli 

moddalarida belgilangan. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: tabiiy 

resurslarni muhofaza qilish va ulardan foydalanish masalalari bo`yicha normativ 

hujjatlar (qaror, nizom, qoida va tartiblar) qabul qiladi; tabiatni muhofaza qilish 

va tabiiy resurslardan  oqilona  foydalanish sohasida yagona davlat siyosatini 

amalga oshiradi; tabiiy resurslarni muhofaza qilish va ulardan oqilona 

foydalanish bo`yicha davlat dasturlarini ishlab chiqadi va amalga oshirishni 

tashkil etadi; tabiiy resurslardan foydalanganlik uchun soliqlar va to`lovlar 

miqdorini belgilaydi; atrof tabiiy muhit monitoringi, tabiiy resurslar davlat 

kadastrlari yuritilishini tashkil etadi; maxsus vakolatga ega bo`lgan davlat 

organlarining faoliyatini muvofiqlashtiradi; davlat ekologik nazoratini tashkil 

etadi; yer uchastkalarini egalik qilishga, foydalanishga, shu jumladan ijaraga 

beradi, yer uchastkalariga bo`lgan huquqni bekor qiladi;  yer osti boyliklaridan 

foydalanish huquqini beradi va uni bekor qiladi, yer osti boyliklaridan 

foydalanishning litsenziyalash tizimini tashkil etadi; umumtarqalgan foydali 

qazilmalar ro`yxatini belgilaydi; ekologik jihatdan tang vaziyatlar, tabiiy ofatlar  

va   falokatlarning  oldini  olish  yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqadi; tabiiy 

ofatlar va yirik avariyalarning oqibatlarini tugatish chora-tadbirlarini amalga 

oshiradi; ekologiya sohasida xalqaro aloqalarni o`rnatadi hamda rivojlantiradi. 

Ekologiya sohasida davlat boshqaruvida mahalliy  davlat  hokimiyat 



organlarining vakolatlari Konstitutsiyada (100-modda), O`zbekiston 

Respublikasining 1993 y. 3 sentabr “Mahalliy davlat hokimiyat organlari 

to`g`risida”gi Qonunda (10, 24, 25-moddalari), “Tabiatni muhofaza qilish 

to`g`risida”gi Qonunda (10-modda) va tabiiy resurslar to`g`risidagi 

qonunlarning tegishli moddalarida belgilangan. Masalan, mahalliy davlat 

hokimiyat organlari yer munosabatlarini tartibga solishda muhim o`rin 

egallaydilar va bu masalaga Yer kodeksining 5-7 moddalari bag`ishlangan. 

Mahalliy  davlat  hokimiyati organlari  o`z hududlarida ekologiya sohasida 

davlat boshqaruvining quyidagi vakolatlarini amalga oshiradilar: mintaqada 

(hududda) tabiatni muhofaza qilishning asosiy yo`nalishlarini belgilaydilar, 

tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilishning hududiy 

dasturlarini tasdiqlaydilar; atrof tabiiy muhitga zarar yetkazayotgan obyektlar 

faoliyatini  vaqtincha yoki butunlay to`xtatish va qayta ixtisoslashtirish 

to`g`risida qarorlar qabul qiladilar; foydalanishni tashkil qilish maqsadida tabiiy 

resurslarni taqsimlaydilar (yer uchastkalarini - egalikka, foydalanishga yoki 

ijaraga, suv obyektini tanho foydalanishga, o`simlik dunyosidan pichan o`rish 

yoki mol boqish uchun, aholi punktlarida daraxtlar kesish maqsadida 

foydalanish huquqini beradilar) va shunday foydalanish huquqlarini bekor 

qiladilar; atrof tabiiy muhit  

monitoringi, tabiiy resurslar davlat kadastrlari yuritilishini tashkil etadilar; tabiiy 

resurslardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish ustidan davlat 

nazoratini amalga oshiradilar.  Maxsus vakolatli davlat organlariga ekologiya 

sohasida davlat boshqaruvini amalga oshiruvchi vazirliklar, davlat qo`mitalari 

va idoralari kiradi. Ularning faoliyati asosan ekologik munosabatlarni tartibga 

solish bilan bog`liq bo`lganligi sababli, maxsus vakolatli organlar deb 

nomlanadilar. Ular tarmoqlararo, ya'ni bir necha tarmoqlarni va bir necha tabiiy 

resurslarni idora etuvchi organlarga hamda tarmoqqa oid, ya'ni ma'lum bir tabiiy 

resursni idora etuvchi organlarga bo`linadi.   Ekologiya sohasida davlat 

boshqaruvining maxsus vakolatli organlari ichida markaziy o`rinni O`zbekiston 

Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo`mitasi egallaydi. Tabiatni 

muhofaza qilish davlat qo`mitasi O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 

1996 y. 26 apreldagi Qarori bilan tasdiqlangan Nizomiga (O`zbekiston  

Respublikasi  Oliy Majlis Axborotnomasi, 1996 y., 5-6 son, 70-modda) muvofiq 

tabiatni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan foydalanish va ularni qayta tiklash 

sohasida davlat nazoratini hamda tarmoqlararo boshqaruvni amalga oshiruvchi, 

idoralardan ustun turuvchi hamda muvofiqlashtiruvchi maxsus vakolatli 

organdir. O`zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo`mitasi 

O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga bo`ysunadi va unga hisobdordir. 

Tabiatni muhofaza qilish davlat qo`mitasi quyidagi asosiy vakolatlarni amalga 

oshiradi: atrof muhitni muhofaza qilishda iqtisodiy usullarni keng qo`llash, 

resurslarni tejaydigan, kamchiqit va chiqitsiz texnologiyalarni barcha joylarda 

qo`llanilishini rag`batlantirish, ekologiya sohasidagi fan-texnika yutuqlarini 




joriy etish asosida tabiatni muhofaza qilish faoliyatini kompleks boshqaradi; 

tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan foydalanish yuzasidan respublika 

ekologik normativlar, qoida va standartlarni tasdiqlaydi,  atrof muhitga 

ifloslantiruvchi moddalarni chiqarib tashlash (oqizish) normativlarini belgilaydi 

hamda tabiatdan foydalanuvchilar e'tiboriga yetkazadi;  davlat ekologik 

ekspertizasini o`tkazadi; atrof muhit ifloslanishining ahvoli va unga boshqacha 

zararli ta'sirlar, tabiiy resurslardan foydalanish to`g`risidagi ma'lumotlarning 

respublika yagona ekologik axborot bankini tashkil etadi va yuritadi; 

respublikada qo`riqxonalarga doir ishlarga rahbarlik qiladi, alohida muhofaza 

etiladigan tabiiy hududlar hamda hayvonot dunyosining davlat kadastrini 

yuritishda qatnashadi; ekologik tashviqotni amalga oshiradi, ekologik ta'lim va 

tarbiyani tashkil etish hamda yuritishda qatnashadi; ifloslantiruvchi moddalarni 

atrof muhitga chiqarib tashlash va oqizish,  chiqindilarni joylashtirish va 

ko`mish, suvdan maxsus foydalanishga, ov qilish va baliq tutishga 

ruhsatnomalar beradi, yovvoyi dori-darmon giyohlari, ozuqa o`simliklari va 

manzarali o`simliklarni, texnikaviy xom ashyo va boshqa tabiiy hosilalarni (shu 

jumladan mumiyoni) yig`ish (tayyorlash), ularni respublika hududidan olib 

chiqish va respublikaga olib kirish huquqini beradi;  

tabiatni ifloslantirganlik va tabiiy resurslardan oqilona foydalanmaganlik 

natijasida unga yetkazilgan ziyonni qoplash to`g`risida yuridik va jismoniy 

shaxslarga nisbatan da'vo qo`zg`atadi; bank muassasalariga ekologik qonun 

hujjatlarini buzgan holda ish olib borilayotgan sanoat va boshqa obyektlarni 

loyihalash, qurish, qayta qurish yoki kengaytirish ishlarini mablag` bilan 

ta'minlashni to`xtatish to`g`risida taqdimnoma kiritadi; ekolgik qoidalarga amal 

qilmay ish olib borilayotgan sanoat va boshqa obyektlarni loyihalash, qurish, 

qayta qurish yoki kengaytirishni taqiqlaydi, shuningdek korxonalar, muassasalar 

va tashkilotlarning ishini to`xtatib qo`yadi; ekologik talablarga rioya etmagan 

shaxslarni ma'muriy javobgarlikka tortadi, zarurat bo`lganda huquqbuzarlik 

to`g`risidagi materiallarni huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etadi; 

tabiiy resurslardan foydalanish va muhofaza qilish ustidan belgilangan hollarda 

va tartibda davlat nazoratini olib boradi va qonun hujjatlarida belgilangan 

boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. O`zbekiston Respublikasi Yer resurslari 

davlat qo`mitasi 1998 yil 24 iyuldagi O`zbekiston Respublikasi Prezidenti 

Farmoni bilan tashkil etilgan va uning Nizomi Vazirlar Mahkamasining 1998 y. 

27 iyuldagi 314-sonli qarori bilan tasdiqlangan. Ushbu organ yer monitoringi, 

davlat yer kadastrini yuritadi; yer uchastkalariga bo`lgan huquqlarni davlat 

ro`yxatiga oladi, yer resurslarini davlat hisobini olib boradi, yerdan oqilona 

foydalanish va uni muhofaza etilishi ustidan davlat nazoratini olib boradi; yer 

tuzish ishlarini tashkil etadi va boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. Vazirlar 

Mahkamasining 1996 y. 31 yanvar  44-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomiga 

(QT, 1996 y.,  1-son, 4-m.) muvofiq, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar 

Mahkamasi xuzuridagi Geodeziya, kartografiya va davlat kadastri Bosh 




boshqarmasi shaharlar va boshqa aholi punktlarida yuridik va jismoniy 

shaxslarning yerga bo`lgan huquqlarini davlat ro`yxatga oladi va davlat yer 

kadastrini yuritadi. O`zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish 

qo`mitasi shaharlarda yerlarni foydalanishga ajratib berishda va yerlardan 

foydalanishni rejalashtirishda qatnashadi. O`zbekiston Respublikasi Geologiya 

va mineral resurslar davlat qo`mitasi Vazirlar Mahkamasining 1996y. 9 

dekabrdagi 435-sonli qarori (QT. 1996 y., 2son, 34-m) bilan tasdiqlangan 

Nizomiga muvofiq, konlarni geologik izlanish, mineral resursdan foydalanish 

ustidan davlat nazoratini olib boradi; hududlarni geologik jihatdan 

o`rganilganligini tahlil qiladi; mineral xom ashyo bazasini rivojlantirish 

dasturlarini ishlab chiqadi; geologik o`rganish bo`yicha normativ hujjatlarni 

tasdiqlaydi; konlar to`g`risidagi geologik ma'lumotlar davlat jamg`armasini, 

foydali qazilmalar davlat kadastrini, davlat suv kadastrining yer osti suvlar 

qismini yuritadi; geologik qidiruv ishlarining davlat hisobini yuritadi va 

ro`yxatini olib boradi; qazilma boyliklar joylashgan hududlarni qazilma 

boyliklardan foydalanish bilan bog`liq             bo`lmagan maqsadlarda qurilish  

uchun yer ajratish masalasi bo`yicha xulosa beradi va boshqa vakolatlarni 

amalga oshiradi. O`zbekiston Respublikasi Sanoatda va konchilikda ishlarning 

bexatar olib borilishini nazorat qilish agentligi O`zbekiston Respublikasi 

Prezidentining    2000 yil 7 fevraldagi Farmoniga muvofiq,          foydali 

qazilmalarni qazib olish uchun, shuningdek foydali qazilmalarni qazib olish 

bilan bog`liq bo`lmagan yer inshootlarining qurilishi va ulardan foydalanish  

uchun qon ajratish hujjatlarini beradi; yer osti boyliklaridan foydalanish ustidan 

davlat nazoratini olib boradi.  O`zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo`jaligi 

vazirligi va uning organlari, Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 26 noyabrdagi 

419-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomiga muvofiq, davlat suv hisobini va 

davlat suv qadastrini yer osti suvlarining          iste'mol qilish qismida yuritadi, 

suvdan foydalanishni rejalashtirishda qatnashadi, suvdan limitli foydalanish 

bo`yicha shartnomalar tuzadi; sun'iy suv havzalaridan va kanallardan suvdan 

foydalanish ustidan davlat nazoratini olib boradi. O`zbekiston Respublikasi 

Sog`liqni saqlash vazirligi  O`zSSR Ministrlar Kengashining  1970 yil 19 

yanvardagi 23-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizom (SP. UzSSR, 1970, №1, 9-

m) ga muvofiq ichimlik suvlarning ifloslanishi ustidan sanitar nazoratini, 

atmosfera havosiga zararli fizikaviy ta'sir ko`rsatilishi ustidan davlat nazoratini 

amalga oshiradi.  O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat 

avtomobil nazorati avtotransportlar tomonidan atmosfera havosining ifloslanishi 

ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar 

Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya Bosh boshqarmasi  Vazirlar 

Mahkamasining 1992 yil 9 mart 110-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomga 

muvofiq, davlat suv hisobini va davlat suv kadastrini yuritishda ishtirok etadi, 

suv va atmosfera monitoringini (kuzatuvini) amalga oshiradi.   O`zbekiston 

Respublikasi Qishloq va suv xo`jaligi vazirligi huzurida O`rmon xo`jaligi bosh 




boshqarmasi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2000 yil 7 fevraldagi 

Farmoniga muvofiq o`rmon xo`jaligini yuritishning davlat boshqaruvini amalga 

oshiradi, o`rmonlarning muhofazasini, himoyasini, qayta ko`paytirilishini tashkil 

etadi, o`rmon resurslaridan foydalanish huquqini beradi; o`rmonlarning davlat 

hisobini va davlat kadastrini  yuritadi va boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. 

 

 




Download 465,16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish