Energo -mexanika fakulteti ekologiya fanidan ekologiya sohasida davlat


Ekologiya sohasi davlat boshqaruv



Download 465,16 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana24.06.2021
Hajmi465,16 Kb.
#100346
1   2   3
Bog'liq
Ekologiya Mustaqil ish Madatov

Ekologiya sohasi davlat boshqaruv 

organlarining vakolatlari 

 

Ekologiya sohasida davlat boshqaruv organlarining  vakolatlari deganda, 

ularning shu sohadagi faoliyatlarining alohida turlari tushunilishi lozim. 

Ekologiya sohasida davlat boshqaruv organlari quyidagi vakolatlarni amalga 

oshiradilar: Tabiiy resurslarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish 

bo`yicha me'yoriy hujjatlarni qabul qilish yo`li bilan davlat organlari qonun va 

hukumat qarorlaridagi qoidalarni yanada rivojlantiruvchi va detallashtirilgan 

idoraviy  

normativ hujjatlar qabul qiladilar. Masalan, O`zbekiston Respublikasining Soliq 

kodeksida yer solig`iga oid me'yorlar kiritilgan va uning 99-moddasiga muvofiq, 

yer solig`i stavkalari O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 

belgilanadi. Bundan tashqari yer solig`ini hisoblash va undirish bo`yicha 

munosabatlar O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi  va  Davlat soliq  

qo`mitasi  tomonidan  1997 y. 28 noyabrda tasdiqlangan va Adliya vazirligida 4 

noyabr 1998 y. 401-1 raqam bilan davlat ro`yxatiga olingan “Yer solig`ini 

hisoblash va to`lash tartibi to`g`risida”gi Yo`riqnoma bilan tartibga solinadi. 

Idoraviy me'yoriy hujjatlar asosan me'yoriy hujjatlarda texnik va tabiiy fanlar 

talablarini kiritish lozim bo`lganda qabul qilinadi. Bunday yo`riqnomalar 

geologiya va konlardan foydalanish sohasida ko`p qabul qilingan.  Davlat 

organlari atrof tabiiy muhitning muhofazasini ta'minlovchi normativlarni qabul 

qiladilar. Bularga: suvda ifloslantiruvchi moddalarning yo`l qo`yiladigan 

darajada to`planishi; atmosfera havosida ifloslantiruvchi moddalar va biologik 

organizmlarning yo`l qo`yiladigan darajada to`planishi, fizikaviy omillar 

atmosfera havosiga akustik, elektromagnit, ionlashtiruvchi va boshqa zararli 

ta'sir ko`rsatishning yo`l qo`yiladigan darajalari kiradi.  Ekologik standartlash 

orqali asosan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning ekologik talablarga javob 

berishi belgilanadi. O`zbekiston Respublikasining “Standartlash to`g`risida”gi 

Qo-nunining 8-moddasida Tabiatni muhofaza qilish davlat qo`mitasi va 

Sog`liqni saqlash vazirligi  standartlash organlari sifatida belgilangan va ular 

ekologik standartlashni amalga oshiradilar. O`zbekiston Respublikasining 

“Sertifikatsiyalash to`g`risida”gi va "Tabiatni muhofaza qilish   to`g`risida"gi 



qonunlariga muvofiq, ekologik sertifikatsiyalash sertifikatsiya qilinadigan 

mahsulotni belgilangan ekologik talablarga muvofiqligini aniqlash bo`yicha 

faoliyatdir. Ushbu Qonunning 5-moddasiga muvofiq, ekologiya sohasidagi 

davlat organlarini va boshqa yuridik shaxslar ekologik sertifikatsiya qilish uchun 

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi  O`zbekiston Davlat 

standartlash, metrologiya va sertifikatsiya markazi organlarida akkreditatsiyadan 

o`tadilar, ya'ni ushbu faoliyatni amalga oshirish bo`yicha ruxsat beriladi. Tabiiy 

obyektlar to`g`risida ma'lumot yig`ish maqsadida davlat organlari ularning 

davlat hisobini amalga oshiradilar. Ushbu vakolat orqali tabiiy obyektlarning 

son va sifat ko`rsatkichlari, ya'ni ularning miqdori, tarqalganligi, joylashgan joyi 

va boshqa tavsiflari aniqlanadi. Tabiiy obyektlarni davlat hisobi tabiiy 

obyektlarning monitoringi (ularni kuzatish), inventarizatsiya yoki foydalanishni 

ro`yxatga olish yo`li bilan amalga oshiriladi.  Tabiiy resurslar davlat 

kadastrlarini yuritishdan maqsad tabiiy obyektlar haqida to`g`ri va to`liq 

ma'lumotlar olish, ularning holatini aniqlashdan iborat. Tabiiy obyektlarning 

miqdori va sifati, ularning huquqiy, tabiiy, xo`jalik holati, foydalanish darajasi 

to`g`risidagi ma'lumotlar tizimi tabiiy obyektlar kadastrlari deb nomlanadi. 

Tabiiy obyektlar kadastrlari har bir tabiiy obyekt yuzasidan alohida yuritiladi va 

ularni yuritish tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi. Masalan, davlat yer 

kadastrini yuritish bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 

15moddasi, “Davlat yer kadastri to`g`risida”gi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining  

1998 yil 31 dekabrdagi 543-sonli qarori bilan tasdiqlangan Davlat yer kadastri 

yuritish tartibi to`g`risdagi Nizomi va Yer resurslari bo`yicha Davlat qo`mitasi 

hamda Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Geodeziya, kartografiya va davlat 

kadastri Bosh boshqarmasi 1999 y. 30 martda tasdiqlagan va Adliya vazirligi 

tomonidan 1999 y. 27 mayda 736-raqam bilan ro`yxatga olingan ”Yer 

uchastkalarga bo`lgan huquqlarni davlat ro`yxatiga olish tartibi to`g`risida”gi 

yo`riqnoma qo`llaniladi.  Tabiiy obyektning kadastri shu tabiiy resursni idora  

etuvchi maxsus davlat organlari tomonidan yuritiladi va davlat budjeti 

mablag`laridan moliyalashtiriladi.  Davlat kadastrini yuritishda tabiiy 

resurslardan foydalanuvchilardan olinadigan ma'lumotlarga asoslanadi, masalan, 

yer egalari va yerdan foydalanuvchilar yerdan foydalanishdagi o`zgarishlar 

to`g`risida davlat organlariga ma'lumot berishlari lozim. Davlat kadastri yagona 

tamoyillarga asoslangan holda yuritiladi: jumladan, qonuniylik, ya'ni ular 

qonunda belgilangan talablarga rioya qilingan holda davlat boshqaruvi 

organlarining vakolatlarini va ularning faoliyatlarini belgilaydi; kadastrlarni 

yuritish bo`yicha chora-tadbirlarni o`tkazishning uzluksizligi; kadastrlarni 

yuritish tartibiga rioya etilishining davlat nazoratini amalga oshirish; kadastrga 

kiritiladigan ma'lumotlarning to`g`riligi uchun mas'ul  shaxslarning javobgarligi. 

Kadastr ma'lumotlarining ishonchliligini ta'minlash maqsadida kadastr 

materiallari vaqti-vaqti bilan yangilanib turiladi, masalan, tabiiy obyektning sifat 

va son ko`rsatkichlari o`zgarganda; yangi foydalanuvchilarga tabiiy resurslar 




ajratib berilganda va boshqa hollarda aniqliklar kiritilib turiladi. Tabiiy 

resurslardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish ishlari respublika 

xalq xo`jaligi, viloyatlar, tumanlar, shaharlar va boshqa aholi punktlarining 

rivojlantirish istiqbollarini belgilash chog`ida umumiy vakolatga ega bo`lgan 

organlar tomonidan rejalashtiriladi. Masalan, o`zlashtiriladigan yerlar maydoni 

va ularni qishloq xo`jaligi, sanoat hamda boshqa maqsadlarga ajratish 

mo`ljallanganda. Bundan tashqari, tabiiy resurslardan foydalanish va ularni 

muhofaza qilishning maxsus rejalari tuziladi. Bular tarkibiga yer tuzish 

loyihalari, shaharlarning bosh rejalari, suv xo`jaligi balanslari, suvdan 

foydalanish va uni muhofaza qilish rejalari, o`rmon tuzish loyihalari va 

boshqalar kiradi. Tabiiy resurslardan foydalanish va ularni muhofaza qilishning 

maxsus rejalari umumiy va maxsus vakolatga ega bo`lgan organlar tomonidan 

tasdiqlanadi (Yer kodeksining 13-moddasi, “O`rmon to`g`risida”gi. Qonunining  

16-moddasi). Tabiiy resurslarni taqsimlash va qayta taqsimlash bu vakolatli 

organlarning davlat mulki bo`lgan tabiiy resurslarni davlat nomidan tasarruf 

etib, ulardan foydalanishni tashkil etishdan iborat. Ushbu vakolatni amalga 

oshirish yo`li bilan davlat organlari tabiiy resurslarni foydalanishga ajratib 

beradilar va qaytarib oladilar. Yer uchastkalarini egalikka, foydalanishga va 

ijaraga berish to`g`risidagi qarorlarni O`zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 

4-7, 23-moddalariga muvofiq, Vazirlar Mahkamasi, mahalliy hokimiyat 

organlari  qabul qiladilar. Suvlardan maxsus foydalanish bo`yicha ruxsatnomalar 

Tabiatni muhofaza qilish davlat qo`mitasi organlari tomonidan beriladi 

(O`zbekiston Respublikasining “Suv va suvdan foydalanish to`g`risida”gi 

Qonunning 27-moddasi). O`rmonlardan  

foydalanish huquqi esa o`rmon xo`jaligi davlat organlari yoki ular vakolat 

bergan o`rmon xo`jaligi korxona, muassasa va tashkilotlari tomonidan 

beriladigan ruxsatnomalar asosida vujudga keladi (O`zbekiston 

Respublikasining “O`rmon to`g`risida”gi Qonunning 20-moddasi). Tabiiy 

resurslarni foydalanishga ajratib berish huquqiga ega bo`lgan organlar boshqa 

davlat va jamoat ehtiyojlari uchun, ekologik talablarni buzganlik uchun hamda 

qonun hujjatlarida belgilangan boshqa asoslarga ko`ra shunday foydalanishni 

bekor qilishlari mumkin. Davlat organlarining tabiiy resurslarni hududiy 

joylashtirish vakolati tabiiy resurslardan foydalanishga berish to`g`risidagi 

qarorlarni amalga oshirishga qaratilgan. Tabiiy resurslarni hududiy joylashtirish 

yer tuzish, o`rmon tuzish, qishloq xo`jaligining tabiiy moslashuvi jihatidan 

yerlarni rayonlashtirish yo`li bilan amalga oshiriladi. Masalan, yer tuzish ishlari 

orqali foydalanish huquqini olgan yuridik va jismoniy shaxslarga yer 

uchastkalari joyida (naturada) ajratilib, chegaralari belgilanib beriladi. Tabiiy 

resurslarni hududiy joylashtirishga maxsus vakolatli organlar bo`lmish Yer 

resurslari davlat qo`mitasi, Sanoatda va konchilikda ishlarni bexatar olib 

borilishini nazorat qilish agentligi, o`rmon       xo`jaligi organlarining vazifasiga 

kiradi. Ammo suv va hayvonot dunyosiga nisbatan mazkur vakolat amalga 




oshirilmaydi. Ekologik nazorat vakolati tabiiy resurslardan oqilona foydalanish 

va ularni muhofaza etilishi ustidan kuzatuv va tekshiruvlar orqali amalga 

oshiriladi. Ekologik nazoratni umumiy va maxsus vakolatga ega bo`lgan davlat 

organlari olib boradilar. Bugungi kunda ekologik nazorat to`g`risida me'yoriy 

hujjat bo`lmasa ham, uni amalga oshiradigan organlarning vakolatlari “Tabiatni 

muhofaza qilish to`g`risida”gi  Qonunda, Yer kodeksida, tabiiy resurslar 

to`g`risidagi boshqa qonunlarda hamda Tabiatni   muhofaza qilish davlat 

qo`mitasi, Yer resurslari davlat qo`mitasi, Sog`liqni saqlash vazirligi, Sanoatda 

va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish agentli, Qishloq 

va suv xo`jaligi vazirligi to`g`risidagi nizomlarda o`z aksini topgan. Bundan 

tashqari, ekologik nazoratni amalga oshirish chog`ida O`zbekiston 

Respublikasining “Xo`jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan 

nazorat qilish to`g`risida”gi 1998 y. 24 dekabr Qonunning talablariga, shu 

jumladan ushbu Qonunning 10-moddasi birinchi qismida ko`zda tutilgan 

tekshirishlar davriyligiga rioya etilishi lozimdir. Tabiiy resurslardan foydalanish 

va ularni muhofaza etish chog`ida foydalanuvchilar, davlat organlari va boshqa 

shaxslar o`rtasida kelib chiqadigan nizolarni hal qilishda davlat organlari 

qatnashadilar. Tabiiy resurslarning huquqiy holatini belgilovchi qonunlarda 

ushbu nizolarning hal qilinishi masalasi turlicha yoritilgan. Masalan, Yer 

to`g`risidagi kodeksning 89-moddasida yer to`g`risidagi nizolar faqat sud 

organlari tomonidan hal etilishi belgilangan, “Suv va suvdan foydalanish 

to`g`risida”gi Qonunning 85-moddasida esa O`zbekiston Respublikasi Vazirlar 

Mahkamasi, mahalliy davlat hokimiyat organlari, shuningdek suvlarni idora 

etuvchi maxsus vakolatga ega bo`lgan organlar suvdan foydalanishga doir 

nizolarni hal qiluvchi organlar sifatida belgilangan.  Yuqorida qayd etilgan 

vakolatlardan tashqari, alohida tabiiy resurslardan foydalanish va ularning 

muhofazasi  bo`yicha davlat boshqaruvi organlari maxsus vakolatlarni amalga 

oshiradilar. Masalan, qonun xujjatlarda suvlar zararli  

ta'sirining (suv toshqini, zax bosishi va hokazolarning) oldini olish, o`rmonlarni 

qayta ko`paytirish, yerlarning melioratsiyasini tashkil etish va hokazolar ko`zda 

tutilgan.  


Download 465,16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish