B. Аbidov, О. G‘. Аzimov, U. А. Ziyamuhamedova neft-gaz sintezi аsоslаri


O‘rta bosim polietilenining xossalari



Download 3 Mb.
Pdf ko'rish
bet136/178
Sana23.06.2021
Hajmi3 Mb.
#99716
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   178
Bog'liq
neft-gaz sintezi asoslari

O‘rta bosim polietilenining xossalari
Polimer xossasi
Ishlatilgan katalizatorlar
sr
2
O
3
×
 srO
3
,
al
2
O
3
×
SiO
2
MoO
3
–al
2
O
3
Ni/ko‘mir
Molekular og‘irlik
Zichlik, g/sm
3
Kristallik darajasi, %
Erish harorati, ºC
1000 atom uglerodga
to‘g‘ri  kelgan  CN
3
 
guruhi soni
Uzishga
mustahkamlik
chegarasi, kg/sm
2
 
10÷30 ming
0,95–0,96
93
123–133
1,5
285
30–250 ming
0,95–0,97
87
128–131
2,0

100–200 ming
0,94–0,95
80
117–120
20,0

Keltirilgan ma’lumotlar olinayotgan polimerning xossalariga ka-
talizatorlar katta ta’sir o‘tkazishini ko‘rsatadi.
11-jadvalda  turli  usul  bilan  olingan  polietilenlarning  xossalari
o‘zaro taqqoslab berilgan.
11-jadval 
Polietilen xossalarini taqqoslash
 № Ko‘rsatkichlar
p о l i e t i l e n
Q‘uyi bosim
O‘rta bosim
Yuqori bosim
1
1000  uglerod  atomiga
to‘g‘ri kelgan CH
3
guruhi
soni
3

21,3
2
Kristallik darajasi, %
87
93
84
3
Zichlik, g/sm
3
0,94–0,96
0,94–0,97
0,91–0,92


126
4
Uzishga  mustahkamlik
chegarasi, kg/sm

280–300
290–320
120–160
5
Egilishdagi  mustahkam-
lik chegarasi, kg/sm



120–170
6
Mo‘rtlik harorati, ºC
–65

–70
7
Dielektrik  yo‘qotishlar
tangens burchagi


0,0003–0,0005
8
Dielektrik
o‘tkazuv-
chanlik


2,2–2,3
9
Erish harorati, ºC
125–130
127–130
108–110
10 Molekular og‘irlik
70–350 ming 30–200 ming
15–30 ming
1.3. Poliolefinlarning ishlatilishi
Hozirgi  vaqtda  amalda  poliolefinlar  ishlatilmagan  xalq  xo‘ja-
ligining hech bir sohasi yo‘q.
Yuqori bosim polietileni ishlab chiqarish hajmi bo‘yicha birinchi
o‘rinda  turadi.  Polietilen  yuqori  dielektrik  xossalari  suv  bug‘larini
kam  o‘tkazuvchanlik,  uni  turli  aloqa  vositalari  (telefon,  telegraf)da
ishlatiluvchi elektr simlari va kabellarni izolatsiyalashda, signal qu-
rilmalarda, dispetcherlik, teleboshqarish sistemalarida, yuqori chas-
totali qurilmalarda, yuqori kuchlanish texnikasida, suvda ishlaydigan
dvigatel  o‘tkazgich  simlarini  o‘rashda  hamda  suv  osti  kabellarini
izolatsiya qilishda keng ishlatiladi.
Polietilen  bilan  izolatsiya  qilingan  kabel  kauchukli  izolatsiyaga
nisbatan afzalliklarga ega. U yengilroq, ko‘proq egiluvchan, kattaroq
teshib o‘tish kuchlanishiga ega.
Hamma  mavjud  plastmassa  tiplaridan  ko‘ra  polietilen  quvurlar
tayyorlashda eng ko‘p ishlatiladi. Polietilen quvurlari yengil, korro-
ziyaga chidamli, suyuqlik harakatiga kichkina qarshilik, montaj qi-
lishni soddaligi, egiluvchan, sovuqqa chidamli, payvandlashni oson-
ligi kabi xususiyatlarga ega.
Polietilen  quvurlar  o‘z  kimyoviy  chidamliliklari  va  elastiklikla-
ri  tufayli  suvni,  tuz  va  ishqorni,  kislotalarni  transportirovka  qilish-
da,  ichki  va  tashqi  suv  o‘tkazish  tarmog‘ini  barpo  etishda,  sut  va


127
sharbatlarni  uzatishda,  irrigatsiya  sistemalarida  va  sun’iy  yomg‘ir
yog‘dirish qurilmalarida ishlatiladi. Yuqori bosim polietilenli quvur-
lar 60ºC da, quyi bosimdagisi esa 100ºC haroratgacha ishlashi mum-
kin. Bunday quvurlar quyi haroratlarda (–60ºC gacha) va suv muz-
laganda  ham  buzilib  ketmaydi;  ularning  daydi  elektr  toklari  orqali
bo‘ladigan tuproq korroziyasiga ta’siri yo‘q.
Yuqori  bosim  polietilenining  ko‘proq  qismi  boshqa  plyonkalar
(sellofanli,  polivinilxloridli)  bilan  konkurent  bo‘lib,  qadoqlovchi
material  sifatida  kamroq  qismi  esa  sumkalar,  qoplar  tayyorlashda,
qutilarning  yuzini  qoplashda  ishlatiladi.  Plyonkadan  tayyorlan-
gan  qoplar  turli  mashina  mexanik  detallarini  korroziyadan  saqlash 
maqsadlarida  qadoqlash  uchun  yaroqli.  Suv  bug‘lariga  nisba-
tan  kichik  o‘tkazuvchanlik,  ammo  kislorodga  nisbatan  esa  yuqori 
o‘tkazuvchanlik,  egiluvchanlik,  toksik  emaslik,  hidining  yo‘qligi  –
muzlagan go‘sht va tovuqlarni qadoqlashda yuqori bosim ostida po-
lietilenning  ishlatilishiga  asosiy  omillardan.  Polietilendan  plyonka
30 km balandlikkacha ko‘tariladigan aerostatlarni va atmosferaning
yuqori qavatlarida meteorologik va boshqa izlanishlar olib borishda
ishlatiladigan ballonlarni tayyorlashda foydalaniladi. Magistral neft
va gaz quvurlarini korroziyadan himoya qilishda katta iqtisodiy sa-
mara beradi.
Qishloq xo‘jaligida shaffof va qora polietilen plyonkalari ishlatila
boshlandi. Shaffof plyonkalar issiqxona va bug‘xonalarda oynani al-
mashtirishda foydalaniladi. Qora plyonka sabzavotlar yetishtirishda
issiqlikni ushlab qolish maqsadida ekin yuzini qoplash uchun xizmat
qiladi,  shu  kabi  silos  tayyorlanadigan  chuqurliklarni,  suv  havzalari
va kanallarning devorlarini qoplashda ishlatiladi.
Polietilen  plyonkasi  hosilni,  qishloq  xo‘jalik  mashinalarini  saq-
lashda joylardagi devorining tomini yopuvchi material sifatida tobo-
ra ko‘proq ishlatilyapti.
Polietilen plyonka qurilishda imorat fundamenti asosini va nam-
dan qotish paytida beton himoyasida ishlatiladi.
Polietilen  va  polipropilenlar  filtrlaydigan  to‘qimalar,  mebel
g‘iloflari,  arqonlar,  brezentlar,  baliq  tutadigan  to‘rlar  tayyorlashga
yaroqli tolalarga qayta ishlanishi mumkin.
Poliolefin  asosidagi  tolalar  suv  shimmaydi,  demak,  ular  ho‘l-
langanda  mustahkamligi  o‘zgarmaydi.  Ular  ishqorlar,  kislotalar
(bundan nitrat kislota mustasno) ta’siriga chidamli.


128

Download 3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish